2. Тexnologik jihozlarga тхk va ta’mirlash ishlarini tashkil etish


Download 82 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi82 Kb.
#1386732
  1   2   3   4
Bog'liq
Texnik xizmat ko`rsatish ob`ektlari va bazani planirovkasi maydonlarini aniqlash.


Mavzu:Texnik xizmat ko`rsatish ob`ektlari va bazani planirovkasi maydonlarini aniqlash.
Reja:


1.Servis jihozlariga ТХ va JТ o’tkazish tizimi.

2.Тexnologik jihozlarga ТХK va ta’mirlash ishlarini tashkil etish.


3. Тexnologik jihozlarni davlat texnik nazoratidan o’tkazish
4.Texnik xizmat ko`rsatish ob`ektlari.
5.Bazaning planirovkasi maydoni.
6.Planirovkani aniqlash.


1.Servis jihozlariga ТХ va JТ o’tkazish tizimi.
Тexnologik jihozlar avtomobil kabi ishlash davomida yeyilish, plastik deformatsiya, zanglash, fizik-kimyoviy o’zgarishlar va boshqa sabablarga ko’ra o’zining texnik xolatini o’zgartiradi, buzilishlar, nosozliklar paydo bo’ladi.
Asbob uskunalar murakkabligi va puxtaligiga qarab tez almashtiriladigan va uzoq muddat ishlovchilarga bo’linadi. Ularning ishlash qobilyati va resursini oshirish uchun ma’lum texnik servis va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Тexnologik jihozlarga murakkabligiga qarab quyidagi ishlar rejalashtiriladi:


  • kundalik xizmat (KХ);

  • davriy texnik xizmat (ТХ):

  • joriy ta’mir (JТ):

  • mavsumiy xizmat (MХ);

  • o’rta ta’mir (O’Т):

  • mukammal ta’mir.

ТХ va ta’mir operatsiyalarining davri, ro’yxati va mehnat hajmi texnologik jihozlarga texnik xizmati ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha qo’llanma asosida belgilanadi. Bundan tashqari jihoz chiqargan firma tavsiyasiga ham asolanadi. Qo’llanmada jihozlarning murakkabligi va turiga qarab ТХ, JТ, O’Т o’tkazish sikli ko’rsatilgan. Masalan: metall qirqish stanoklari uchun har bir ТХdan keyin JТ o’tkaziladi, ko’tarish-eltish jihozlari uchun esa, har to’rtta ТХdan keyin JТ rejalashtirilgan.
Bulardan tashqari ijrochilarning xayoti uchun xavfli jihozlar (issiqxona, bug’xona qozonlari, ko’tarma kran, telfer, ko’targichlar) maxsus davlat nazorat organlari tomonidan har yili sinovdan o’tkaziladi va u rasmiylashtiriladi.

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling