Fan va texnologiyalar unversiteti


Download 157.45 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi157.45 Kb.
#1753716
Bog'liq
Matematika Barno


Uskunalarni ta`mirlash va yangilanish masalasini yechish
Tuzuvchi: “Fan va texnologiyalar unversiteti” moliya va moliyaviy texnologiyalar yo`nalishi 123-gurux talabasi Shermatova Barno
Reja:
1.Servis jihozlariga ТХ va JТ o’tkazish tizimi.
2.Тexnologik jihozlarga ТХK va ta’mirlash ishlarini tashkil etish.
3. Тexnologik jihozlarni davlat texnik nazoratidan o’tkazish

Тexnologik jihozlar avtomobil kabi ishlash davomida yeyilish, plastik deformatsiya, zanglash, fizik-kimyoviy o’zgarishlar va boshqa sabablarga ko’ra o’zining texnik xolatini o’zgartiradi, buzilishlar, nosozliklar paydo bo’ladi.


Asbob uskunalar murakkabligi va puxtaligiga qarab tez almashtiriladigan va uzoq muddat ishlovchilarga bo’linadi. Ularning ishlash qobilyati va resursini oshirish uchun ma’lum texnik servis va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
ТХ va ta’mir operatsiyalarining davri, ro’yxati va mehnat hajmi texnologik jihozlarga texnik xizmati ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha qo’llanma asosida belgilanadi. Bundan tashqari jihoz chiqargan firma tavsiyasiga ham asolanadi. Qo’llanmada jihozlarning murakkabligi va turiga qarab ТХ, JТ, O’Т o’tkazish sikli ko’rsatilgan. Masalan: metall qirqish stanoklari uchun har bir ТХdan keyin JТ o’tkaziladi, ko’tarish-eltish jihozlari uchun esa, har to’rtta ТХdan keyin JТ rejalashtirilgan.
Тexnologik jihozlarni o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jihoz ishlab chiqargan firma vakillari yoki avtoservis korxonasi bosh mexanik xizmatchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bosh mexanik bosh muxandisga bo’ysinadi. Ushbu xizmat xodimlari texnologik jihozlarni umumiy ro’yxatini olib boradi, ТХ va ta’mir o’tkazish rejalarini tuzadi, xisobotlar tayyorlaydi, jihozlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomalarini tuzadi. Bundan tashqari xodimlarni yangi jihozlar bilan ishlashga o’qitadi, malakasini oshiradi hamda texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishni ta’minlaydi.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish QOIDALARI O’zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’ining 2009 yil 9 sentabrdagi 172-son buyru’gining 1-ilovasiga asosan avtotransport korxonalarida foydalaniladigan texnika qurilmalarining ba’zi turlari:
1. 0,07 MPa dan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan jihozlar (qozonlar, bosim ostida ishlaydigan idishlar, bug’ quvurlari), isitish uskunalari, issiqlik punktlari va issiqlik tarmoqlari jihozlari, yuqorida nomlari keltirilgan jihozlarni foydalanishda ishlatiladigan avariyaga qarshi himoya, signalizatsiya va nazorat vositalari, asboblari va tizimlari;
Yuk ko’tarish mashinalari va almashuvchi yuk ilish moslamalari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008 yil 17 dekabrdagi 75-sonli buyru’gi bilan va Davlat texnik nazorati (Davtexnazorat) tomonidan tasdiqlangan 46-sonli “Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari”ga asosan ekspluatatsiya qilinadilar. Bundan tashqari ular “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Yuk ko’tarish kranlarini ekspluatatsiya etish va qurish” qoidalari talabiga ham mos kelishi kerak.
Yuk ko’tarish qobiliyatlari 1 tonnadan oshmaydigan qo’l kuchi yordamida boshqariladigan pnevmatik yoki gidravlik ko’tarish silindriga ega bo’lgan qo’z’galuvchan yoki konsolli kranlardan tashqari, barcha turdagi kranlar Davtexnazorat tashkiloti tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lishlari shart.
Davtexnazorat ro’yxatiga olinishi zarur bo’gan yuk ko’tarish mashinalari ularni yangi joyda o’rnatgandan, qayta jihozlagandan va kapital ta’mirdan o’tkazilgandan so’ng ishlatilishga ruxsat olinadi. Ushbu turdagi ruxsatni olish uchun mashina egasi Davtexnazort tashkilotiga uning texnik ko’rikdan o’tkazilganligi to’’grisidagi dalolatnomani taqdim etadi. Davtexnazort tashkilotining maxalliy inspektori yuk ko’tarish mashinasi holatini qayta nazorat tikshiruvidan o’tkazishi, hamda nazorat va texnik xizmat ko’rsatish korxonasini ham tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Dinamik sinovlar yuk ko’tarish mashinasi mexanizmi va tormozini ishlashini yuk ko’tarish qobiliyatidan 10% ortiq yuklangan holatda tekshirishdan iborat. Buning uchun yuklar qayta-qayta ko’tarilib tushiriladi, va boshqa mexanizmlarning ishlashi tekshiriladi. Dinamik sinovlarni ishchi yuk bilan o’tkazishga ruxsat etiladi.
Тexnik qarovlar o’tkazilgandan so’ng qarovni o’tkazishga ma’sul bo’lgan shaxs tomonidan yuk ko’tarish mashinasining texnik pasportiga zarur bo’lgan yozuv kiritiladi.
Almashuvchi ilgak moslamalarini 25% ortiq yuklanishda ko’zdan kechirish va sinash talab etiladi.
mablag'larning natijasida miqdori kredit va qarz oluvchilar uchun to'lovlar ketadi, va dividend to'lovlarining shaklida barcha aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadi qismi daromad tashkilot hisoblanadi.
bir chegirma yordamida amalga oshirilgan tahlil ko'ra, bir mutaxassis ishlab chiqarish jarayonini, kelajakda daromadlarini oshirish maqsadida, boshqa loyihalarga pul mablag'larini jalb imkoniyatlarini yaxshilash mumkinligini haqida xulosa qiladi.
Osma kajavalardan foydalanishga ularni faqat hisoblangandan 50% ortiq statik yuklanishda hamda hisoblangandan 10% ortiq dinamik yuklanishda sinalgandan keyin ruxsat beriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Agar ishlab chiqaruvchining texnik shartlari yoki yo’riqnomasi bilan boshqa muddatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa, sinovlar kamida olti oyda bir marta o’tkaziladi.
Osma kajavani ko’tarish uchun ishlatiladigan po’lat simlar hisob bilan tekshirilgan bo’lishi va to’qqiz baravardan kam bo’lmagan mustahkamlik darajasiga ega bo’lishi kerak. Osma kajavalarni ko’tarish uchun xizmat qiladigan yuk ko’tarish kranlari kranlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanishning belgilangan talablariga javob berishi lozim.
Davriy texnik qarov vaqtida domkratlar pasport bo’yicha ruxsat etilgan yuk ko’tarish qobiliyatidan 10% ortiq yuk bilan shtokning eng yuqori holatida 10 minut davomida tutib turilib statik yuklanishda sinaladi.
Gidravlik domkratlarda sinov tugamaguncha tizimdagi suyuqlik bosimining pasayishi 5% dan oshmasligi kerak.
Bosim ostida ishlovchi si’gimlarni o’rnatish, tamirlash va ekspluatatsiyasi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Bosim ostida ishlovchi idishlarni xavfsiz ekspluatatsiya etishni tashkil etish” Qoidalari talablari asosida amalga oshiriladi.
suyultirilgan gazlar uchun sisterna va bochkalar (50°S haroratda bu’glarning bosimi 0,07 MPa dan ortiq bo’lmagan);
suyultirilgan gaz, suyuqlik, bosimsiz yoyiluvchan moddalar uchun, lekin 0,07 MPa dan ortiq bosim ostida bo’shab qoluvchi si’gim va idishlar;
bosimi 0,07 MPa dan yuqori bo’lgan siqilgan, suyultirilgan va eruvchi gazlar uchun ballonlar.
Ishchi bosimi 0,07 MPa dan past bo’lgan uskunalar, suv harorati 115°S dan past bo’lgan qozonlar va bosim bilan hajm ko’paytmasi 25PV 200 atrofida bo’lgan si’gimlarning texnik qarovdan o’tkazish va ishlashini nazorat qilish avtotransport korxonasi ma’muriyati zimmasiga yuklatilgan.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Download 157.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling