O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 431.04 Kb.
|
iqt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikromarketing
6. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil
etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‘rganadi. Iste‘molchi va bozorni to‘liq o‘rganish natijasida xaridorlarga mo‘ljallangan marketing strategiyalarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Marketing menejment maqsadli bozorlarni tanlash hamda ular bilan manfaatli aloqalar o‘rnatish ilmi va san‘atidir. Marketing bo‘yicha menejerning maqsadi - maqsadli xaridorlarni saqlab qolish va ko‘paytirish uchun tovarni yaratish, etkazish va uzatish bilan bog‘liq qadriyatlar yaratishdan iborat. Maqbul marketing strategiyasini ishlab chiqish maqsadida marketing bo‘yicha menejer 2 ta savolga javob topishi lozim: qanday xaridorlarga xizmat qilamiz (maqsadli bozorimiz qaysi?) va bu xaridorlarga qanday qilib yaxshiroq xizmat qilishimiz mumkin (qanday qadriyatlarni taklif etyapmiz?) Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya‘ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta‘minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi. Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, uning iste‘molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. SHuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta‘sir etadi. Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste‘molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon‘yunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta‘sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. Marketing korxonani boshqarish bilan bog‘liq vazifalarni o‘zida qamrab oladi. Marketing mahsulot, moliya, buxgalteriya va inson resurslarini hisobga olgan holda birgalikda ishlashi kerak. Bunda nafaqat joriy iste‘molchilar talabi, balki kelgusida uzoqqa mo‘ljallangan talabni o‘rganish muhimlashadi. Korxona oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma‘lumotlar asosida bozorni o‘rganish; tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish; tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma‘lumotlar to‘plash va tahlil qilish; tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma‘lumotlar olish;to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot yig‘ish; tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketingni vazifalari quyidagi 1-chizmada berilgan. Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: bozorni egallash; rentabellik; moliyaviy barqarorlik; ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta‘minlash; bozordagi mavjud va prestijni tashkil tadbiq mustahkamlash. Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‘zaro bog‘liq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar. 2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar. 3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar. Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi. Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda uning 2 darajada amal qilishini – mikromarketing va makromarketing turlari mavjudligini alohida ta‘kidlash zarur. Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritdi va ularni xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o‘xshash tashkilotlarga nisbatan ham qo‘lladi. Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan iste‘molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir.21 Uning asosiy vazifasi talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo‘lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo‘lajak talab tarkibini o‘rganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste‘molchiga axborot berish yo‘llari bilan qondirish maqsadini ko‘zlaydi. Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o‘zaro farq qilinadi. Korxona darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlari va shunga o‘xshash faoliyat ko‘rsatadi. Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, me‘yoriy va boshqa resurslarning majmui bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo‘naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir. Download 431.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling