O‘zbekiston respublikasi “oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi”
Download 299.71 Kb.
|
shaxobiddin B kurs ishi audit (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik faoliyatining milliy standartlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI “OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI” BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI VA STATISTIKASI” KAFEDRASI “AUDIT” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “Auditorlik faoliyatining milliy standartlari” 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)” Bajardi: Bolqiboyev SHaxobiddin Xolmumin o`g`li Ilmiy rahbar: _________________________ Topshirgan sana:______________________ Himoya qilgan sana:___________________ Baho:_______________________________ Buxoro-2023 KIRISH………………………………………………………………………………...……3 I-bob Auditorlik faoliyatining milliy standartlarining tuzilishi ……………….. 1.1 Auditorlik faoliyati milliy standartlarining kelib chiqish tarixi ……………… 1.2 Auditorlik faoliyati milliy standartlarini asosini tashkil etuvchi tamoyillar………….. II-bob Tijorat banklarini audit tekshiruvidan o’tkazishda AFMS ning o’rni………… 2.1 …… bankda audit tekshiruvini o’tkazish tartibi …………………………………….. 2.2 ……. Bankda audit tekshiruvini o’tkazishda foydalaniladigan audit standartlari ……… III-bob Audit tekshiruvlarini samarali o’tkazishda AFMS ning istiqbollari………………. 3.1 Xalqaro audit standartlariga bosqichma-bosqich o’tish tamoyillari …………………… 3.2 AFMS ni professional standartlarga o’tkazishning dolzarbligi…………………………. KIRISH Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to’plangan tajribalarini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, u yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O’zbekistonda auditorlik faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli ekanligini ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro tajribani hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999-2013 yillarda 21 ta auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS) ishlab chiqildi va Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, auditorlik amaliyotida qo’llanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda. Moliyaviy hisobot auditi – bunday tekshiruv moliyaviy va buxgalteriya xodimlari tomonidan o’tkazilib, asosan korxonaning to’lov qobiliyati, moliyaviy natijalar, sotish jarayonlarining hisobotlarda qanchalik darajada aks ettirilganligi tekshiriladi. Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me’yoriy asoslari tarkibida auditorlik standartlari muhim o’rin tutib, u ushbu kasb bilan shug’ullanishning muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditning milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga 17 tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O’zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo’jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim. Audit – xo’jalik yurituvchi sub’ektni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar - auditorlar (auditorlik tashkilotlari) bajaradi. Fanning predmeti auditorlik faoliyatining xalqaro tajribasi, xalqaro auditorlik standartlarini ishlab chiqish va auditorlik faoliyatini unifikatsiyalash masalalarini o’rganish hisoblanadi. Fanning ob’ekti xalqaro audit modellari, jahon mamlakatlarida auditorlik faoliyatining rivojlanish tendentsiyalari, xalqaro auditorlik tashkilotlari va kompaniyalari faoliyati, xalqaro auditorlik standartlari bo’lib hisoblanadi. “Xalqaro audit” fani “Amaliy audit”, “Ichki audit”, “Moliyaviy hisobot auditi” va “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanlari bilan bevosita bog’liq. “Xalqaro audit” fanida ichki audit va moliyaviy hisobot auditining xorijiy tajribalari o’rganilsa, amaliy auditda qo’llaniladigan auditning milliy standartlarini xalqaro standartlar bilan taqqoslash imkoniyati tug’iladi. Bundan tashqari “Xalqaro audit” fani moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirish uslubiyatini ham yoritib beradi. Download 299.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling