O‘zbekiston respublikasi “oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi”
I-bob Auditorlik faoliyatining milliy standartlarining tuzilishi
Download 299.71 Kb.
|
shaxobiddin B kurs ishi audit (2)
I-bob Auditorlik faoliyatining milliy standartlarining tuzilishi
1.2 Auditorlik faoliyati milliy standartlarini asosini tashkil etuvchi tamoyillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3946 sonli qarorining qisqacha mazmuni Oʻtgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini taʼminlashga imkon yaratdi. Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, xususan: birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan maʼmuriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda; ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish boʻyicha mavjud cheklovlar va tanlovlar oʻtkazish amaliyoti koʻp hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda; uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega boʻlib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan, auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini taʼminlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda; toʻrtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy taʼsir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini koʻrsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora koʻrish imkonini bermayapti; 396 beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umumeʼtirof etilgan xalqaro audit standartlariga toʻliq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish koʻnikmasining shakllanishini taʼminlamayapti. Auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri D.A.Qoʻchqorov auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishni taʼminlasin: auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning taʼsirchan tizimini shakllantirish; yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan, professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan faol hamkorligini taʼminlash; auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan, auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qoʻllash masalalarida faol uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qoʻllash sohasida jahonning ilgʻor tajribasini ommalashtirish boʻyicha faoliyatini faollashtirish. 2. Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (V.Pak), Adliya vazirligi (N.Joʻrayev), Iqtisodiyot vazirligi (M.Mirzayev), Davlat soliq qoʻmitasi (B.Musayev), Toshkent moliya instituti (U.Azizov) va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari 397 rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq: tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilmagan boʻlsa, oʻz nomida “auditorlik tashkiloti” soʻzlaridan foydalanishga haqli emas; auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beradi; auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan, pul mablagʻlaridan shakllantiriladi; auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida toʻrt nafar shtatdagi auditordan iborat boʻladi; aynan bitta xoʻjalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket yetti yildan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi; Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan oʻtkaziladi; auditorlik tashkilotlari oʻzlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari toʻgʻrisidagi axborotni xoʻjalik yurituvchi subyektning identifikatsiya maʼlumotlarini va auditorlik xulosasini koʻrsatgan holda eʼlon qiladi. Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2019-yilning 1-apreliga qadar mazkur qarorda belgilangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni toʻliq toʻldirilishini taʼminlasin. 4. 2019-yil 1-yanvardan: auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir; auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan oʻtishi boʻyicha; ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) toʻplami 50 foizdan ortiq boʻlgan 398 korxonalarda tashqi auditni oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxat ichidan tanlov asosida tanlash toʻgʻrisidagi talablar bekor qilinsin. 5. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan: a) hisobot yili yakuni boʻyicha quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim: aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa; mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum eng kam ish haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa; xodimlarning oʻrtacha yillik soni 100 kishidan ortiq boʻlsa; b) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi; v) majburiy auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida eʼlon qilinadi. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibida toʻrtta shtat birligidan iborat professional tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish boʻlimi tashkil etilsin, shunga mos ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni oshirilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtgan jamoat birlashmalariga majburiy aʼzoligini belgilash boʻyicha takliflarni kiritsin. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin: 399 auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini oʻn yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish; xalqaro buxgalter sertifikati mavjud boʻlganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam boʻlmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud boʻlganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish; “buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari boʻyicha magistr diplomiga ega boʻlgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam boʻlmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, oʻrindoshlik asosida) ega boʻlish talabini oʻrnatish; 8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagilarni taʼminlasin: a) har yili 1-iyulga qadar majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida quyidagi axborotni oʻz veb-saytida joylashtirish: xoʻjalik yurituvchi subyektning identifikatsiya maʼlumotlari (soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami); auditorlik tashkilotining identifikatsiya maʼlumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami); auditorlik xulosasining nusxasi; b) majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan oʻz vaqtida choralar koʻrish; v) quyidagilar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish:majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida; majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻllanilgan moliyaviy sanksiyalar toʻgʻrisida. 9. Toshkent moliya instituti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro amaliyotni oʻrganish asosida: 2018/2019 oʻquv yili davomida buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishini kompleks tahlil va monitoring qilsin hamda 400 ularni yanada takomillashtirish va oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish choralarini koʻrsin; buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv reja va dasturlariga xalqaro audit standartlari va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari boʻyicha fanlarni kiritsin. 10.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: a) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining maʼlumotlar bazasi bilan taqqoslash orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz firma nomida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasidan foydalanishning qonuniyligini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilishini taʼminlasin; b) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-apreliga qadar muddatda auditorlik tashkilotlari hamda buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan oʻzaro elektron hamkorlikka moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Audit” dasturiy majmuasini ishlab chiqishni taʼminlasin; v) manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvariga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin: Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun xalqaro audit standartlarining oʻz vaqtida tan olinishini taʼminlash maqsadida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan xalqaro audit standartlarini mahalliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish; auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish; g) 2019-yilning 1-yanvarigacha faoliyat yuritayotgan va mazkur qaror talablariga javob beradigan auditorlik tashkilotlariga yangi namunadagi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishni taʼminlasin; d) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-aprelidan keyin mazkur qaror talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish choralarini koʻrsin; e) Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin: Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun xalqaro audit standartlarining oʻz vaqtida tan olinishini taʼminlash maqsadida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan xalqaro audit standartlarini mahalliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish; auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish; g) 2019-yilning 1-yanvarigacha faoliyat yuritayotgan va mazkur qaror talablariga javob beradigan auditorlik tashkilotlariga yangi namunadagi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishni taʼminlasin; d) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-aprelidan keyin mazkur qaror talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish choralarini koʻrsin; e) Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDITORLIK FAOLIYATINING MILLIY STANDARTI (4-SON AFMS) AUDITORLIK TASHKILOTLARINING ICHKI STANDARTLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-sentabrda 1624-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (4-son AFMS) “Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo‘yiladigan talablar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti 4-sonli AFMS “Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo‘yiladigan talablar” I. UMUMIY QOIDALAR 1. Mazkur Auditorlik faoliyatining milliy standarti (bundan keyin matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 2. Mazkur Standartning maqsadi, auditorlik tashkilotlarining ichki standartlarni ishlab chiqishdagi yondashuv va prinsiplarni, shuningdek ularning qo‘llanilishi ustidan ichki nazoratni tashkil etish va tartibiga qo‘yiladigan talablarni unifikatsiyalashdir. 3. Standartning vazifalari quyidagilar hisoblanadi: a) auditorlik tashkilotlarining ichki standartlarini ishlab chiqishdagi umumiy prinsiplarni belgilash; b) ichki standartlarni ishlab chiqishda auditorlik tashkilotlariga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilash; v) auditorlik tashkilotlari auditorlari (xodimlari) tomonidan ichki standartlarning talablariga rioya qilinishi ustidan ichki nazoratni amalga oshirish tartibining tavsifi. 4. Ichki standartlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 5. Mazkur Standart auditorlik faoliyatini amalga oshirishda professional jihatlar doirasidan tashqaridagi masalalar bo‘yicha auditorlik tashkilotlarining ichki tartibga soluvchi hujjatlarini tayyorlash tartibi, shakli va mazmunini muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Download 299.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling