O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini


- amaliy mashg‘ulot: Quyosh elementlari tayyorlashning diffuziya yordamida strukturalar olish usullarini tadqiq etish


Download 0.92 Mb.
bet38/44
Sana15.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1484912
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
3.2.

3- amaliy mashg‘ulot: Quyosh elementlari tayyorlashning diffuziya yordamida strukturalar olish usullarini tadqiq etish.
Ishdan maqsad: Quyosh elementlari tayyorlashning diffuziya yordamida strukturalar olish usullarini tadqiq etish.
Hozirgi zamon QE texnologiyasida diffuziya yordamida tuzilmalar tayorlash asosiy yunalishlardan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda tayyorlanayotgan kremniy asosidagi QE larining asosiy qismi diffuzion texnologiya vositasida olinadi. Qisqacha diffuziya jarayonini ko‘rib o‘tamiz.
Diffuziya jarayonida modda oqimining zichligi Fikning birinchi qonuniga asosan quyidagicha ko‘rsatiladi.
Ia = D grad C (3), grad C = dC/dx (4)
YA’ni bu jumla X o‘ki yo‘nalishida konsentratsiya o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bu erda, D – diffuziya koeffitsienti, sm2/sek o‘lchanadi va bu koeffitsient berilgan konsentratsiya gradienti qiymatida moddalar oqimining qiymatini ko‘rsatadi. Fikning ikkinchi qonuniga asosan konsentratsiyaning vaqtga nisbatan o‘zgarishi
DC/dt = D d2C/dx2 (5)
ga teng bo‘ladi.
Umuman yarim o‘tkazgichli asbobsozlik texnologiyasida keng imkoniyatliligi, samaradorligi va ko‘p qavatli qatlamlar olish imkoniyati osonligi, kirishmalar konsentratsiyasini o‘zgartirish imkoniyati mavjudligi bilan boshqa usullardan farq qiluvchi usul bu diffuziya usulidir. Kirishmalarni diffuziya hududiga etkazish imkoniyatini hisobga olgan holda bu usulni quyidagi yunalishlarga bo‘lish mumkin.
A) Gaz yoki bug‘ holatidan foydalanib diffuziya qilish.
B) Iqtidorligi chegaralangan manbadan diffuziya qilish (M: elektrolitik yoki vakuumda uchirish yo‘li bilan olingan yupqa qatlamlardan diffuziya qilish).
V) YArim o‘tkazgichli material ustiga ma’lum usullar bilan o‘tqazilgan (surtilgan yoki sentrifuga yordamida o‘tqazilgan yupqa qatlamlarga kerakli kirishma uning tarkibida bo‘lgan) yupqa oksid qatlamlardan diffuziya qilish.
G) Asosiy materiali inert va unga aktiv kirishma kiritilgan qattiq jismlardan diffuziya qilish usuli.
Kremniyda diffuziya jarayoni FIK qonuniga to‘liq bo‘ysinadi va unga asosan kirishmalar konsentratsiyasi taqsimoti chegaralanmagan quvvatli kirishma manbai holi uchun quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling