O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini


Download 0.92 Mb.
bet2/44
Sana15.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1484912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
3.2.

Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi: Jahon va O‘zbekiston Respublikasi miqyosida yashil energetikaning zamonaviy holati; yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari (QE) yordamida quyosh nurlanishi energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga o‘zgartirish va energiyani uzatish, o‘zgartirish mexanizmlari, taqsimlash va iste’mol qilishda samaradorlikni oshirish muammolari va ularni hal etish yo‘llari; energetika ekologiya muammolari va ularni hal etish yo‘llari; elektr energiyasini yarimo‘tkazgichli QE foydalanib elektr energiyasiga o‘zgartirishning zamonaviy holati, fundamental muammolari va istiqbollari bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
Modulning vazifalari:

  • yashil energetika taraqqiyotining zamonaviy holati va muammolarini o‘rganish;

  • yarimo‘tkazgichli QE asosidagi energetik qurilmalardan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarishning samaradorligi, ekologik muammolari va ularni hal etish yo‘llarini o‘rganish;

  • gelioenergetika yunalishida muhim fizik-texnik muammolardan biri yangi materiallarning quyosh elementlariga tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganish;

  • yarimo‘tkazgich va termoelektrik materiallarning fizik xossalarini chuqur o‘zlashtirish, uzoq ishlash muddatiga ega, arzon, Markaziy Osiyoning issiq iqlim sharoitlariga moslashish imkoniyatiga ega mavjud quyosh elementlari, quyosh energiyasidan issiq suv olish jarayonlari va qurilmalari ustida zarur bilimlarni egallash,

  • bugungi kunda dunyo miqyosida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borishini nazarda tutib yangi turdagi QE ustida tadqiqotlar holati bilan tanishish.

Shu sabab, quyosh energiyasidan sanoat ko‘lamida foydalanish sohasida yuqori texnologik ishlanmalarni amalga oshirish, fotoelektrik stansiyalarida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning tannarxini kamaytirish, quyosh energetikasidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish, quyosh energiyasi potensialidan optimal foydalanish kabi muammolar ustida tadqiqotlarni olib borishni talab etadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling