O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi organ
Download 0.66 Mb.
|
Ziyodillo (2)
2. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi organ.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining ijro hokimiyati oliy organi – Hukumati hisoblanadi. 1993-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi barcha sohalarda markaziy boshqaruvni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining vakolati mamlakatning butun hududi doirasida ta’sir etadi. Uning faoliyati va vakolatlari respublika hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi organidir. Ya’ni, u shunday organki, davlat funksiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishini, mamlakatda ma’muriy-siyosiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishni ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasining bu xususiyati uning davlat boshqaruvi organlari tizimi yuqorisida turishini belgilab beradi. Ijro etuvchi hokimiyat organi o‘z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslanadi.Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Hukumat boshlig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining tuzilish tartibi Konstitutsiya va qonunda belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu holat quyidagicha ifodalangan: «Bosh vazir va uning o‘rinbosalari, Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladilar va keyinchalik bu masala Oliy Majlis tasdig‘iga kiritiladi». Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish maqsadida maxsus apparat tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tashkiliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borilishini tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining apparati va uning bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini ta’minlash maqsadida, uning doimiy tuzilmasi sifatida, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining apparati asosiy tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladi.Vazirlar Mahkamasi a’zolari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda pul to‘lanadigan boshqa lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emaslar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, avvalo, Konstitutsiya bilan belgilangan. Shuningdek, «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunning 4-bobi Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlariga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari ham Vazirlar Mahkamasining vakolatlari doirasini belgilab beradi. Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini shartli ravishda quyidagi uchta katta guruhga ajratish mumkin: 1) xo‘jalik qurilishi sohasidagi vakolatlari; 2) ma’muriy-siyosiy sohadagi vakolatlari; 3) ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma’muriy-siyosiy boshqaruv sohada juda keng vakolatlarga ega. Aynan Vazirlar Mahkamasi: – respublika boshqaruv tuzilmasini takomillashtirib boradi; – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;6 – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, – vazirlar, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari va bosh boshqarmalar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; – O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo‘riqlashni ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinligini ta’minlash va himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi; – davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi; – O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi va ularni bajarish choralarini ko‘radi. Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy sohadagi asosiy vakolatlari doirasida: – iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi: mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi; – xo‘jalik yuritishning yangi shakllari – konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi, xalq xo‘jaligi va aholi talablarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi; – O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini va ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; – respublika budjetini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy-madaniy sohalarda ham keng vakolatlar doirasiga ega. Xalq ta’limiga rahbarlik, ilmiy, madaniyat-ma’rifat ishlari, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, mehnatni tashkil etish va kadrlar tayyorlashni tashkil etish ijtimoiymadaniy sohadagi vakolatlari sirasiga kiradi. -Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; -fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini ta’minlash choratadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi; -sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini amalga oshirish, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari va Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan umummajburiy qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari doirasida amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda bajarilishi uchun javobgar boʻladi; 2) barqaror iqtisodiy oʻsishni, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish boʻyicha choralar koʻradi; 3) aholini, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi; 4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilmaxillikni saqlash, iqlim oʻzgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; 5) yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi, oilani qoʻllab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash boʻyicha choralar koʻradi; 6) fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini taʼminlaydi; 7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 8) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi; 9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; 10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni taʼminlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish boʻyicha choralar koʻradi; 11) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzalarni taqdim etadi; 12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar 7Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq oʻz faoliyatini davom ettirib turadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan soʻng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi isteʼfoga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va maʼqullashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi. Bosh vazir lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda maʼqullangan hisoblanadi. Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari ularning nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki aʼzosini isteʼfoga chiqarishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli. Vazirlar Mahkamasi aʼzosining hisobotini eshitish yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri: 1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar boʻladi; 2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi; 3) xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi; 4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga isteʼfoga chiqadi. Vazirlar Mahkamasi bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga oladi, ya’ni iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson hamda fuqaroning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi va hamkorligi, shuningdek ochiqlik va shaffoflik Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari. Vazirlar Mahkamasi tarkibi: Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zolari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi: -samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi; -fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir choralarni amalga oshiradi; -vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni ta’minlaydi; -O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, q8arorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; -O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni taqdim etadi; -davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini, idoralarni va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi; -strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari davlat boshqaruvi tizimiga joriy etilishini ta’minlaydi; Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim hamda ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar hamda “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘radi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada, ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot sohasidagi vakolatlari: Vazirlar Mahkamasi: -iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini va industrial siyosat olib borilishini ta’minlaydi; -barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o‘zgartirish, milliy iqtisodiyotni 9diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi; -iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlari joriy etilishini va uning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalari shakllantirilishini ta’minlaydi; -sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirishni, innovatsion ishlanmalarni va energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishni, shuningdek atom energetikasini rivojlantirishni ta’minlaydi; -iqtisodiyot tarmoqlarini strategik jihatdan rivojlantirish davlat dasturlarini, davlat rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; -turizm industriyasini rivojlantirish va turizm infratuzilmasini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratadi; -erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirishni va monitoring qilishni amalga oshiradi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi; -davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron hukumat prinsiplari asosida takomillashtiradi, bozor prinsiplariga asoslangan xo‘jalik boshqaruvi hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi; -qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, agrar sektorni modernizatsiya qilish hamda jadal rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, resurslarni tejovchi va intensiv zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yer resurslari sifatini saqlash va yaxshilash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish choralarini ko‘radi; -urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan tartibga solinishini va davlat uy-joy siyosati amalga oshirilishini, yer uchastkalariga nisbatan zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi; -erkin tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, “xufiyona” iqtisodiyot ulushini qisqartirish, iqtisodiy jarayonlarda davlatning ishtirokini maqbullashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, shu jumladan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish orqali shart-sharoitlar yaratadi; -tadbirkorlar, shu jumladan chet ellik investorlar murojaatlari bilan ishlash, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni ta’minlash bo‘yicha samarali tizimni joriy etish choralarini ko‘radi. Vazirlar Mahkamasi:10 -budjet, moliya, pul-kredit siyosati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; -O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, respublikani iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini va eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda soliq hamda budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishini va bajarilishini tashkil etadi; -xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlash choralarini amalga oshiradi; -samarali fiskal siyosat olib boradi, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligi tizimining sifati va samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi. -bank tizimining barqarorligini ta’minlaydi, ushbu tizimning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, shuningdek sug‘urta, lizing va boshqa moliya institutlarini rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy sohadagi vakolatlari Vazirlar Mahkamasi: -ijtimoiy sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; -ta’lim tizimi rivojlantirilishini, uning sifati va samaradorligi oshirilishini, uzluksiz ta’limdan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi; -maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi; -ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; -sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy yordamning sifati, samaradorligi va hamma uchun ochiqligini oshirish, aholi sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi; -jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda sport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi; -ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, mehnat bozori infratuzilmasi rivojlantirilishini, fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini, ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlarining ishlashini ta’minlaydi; -oila, onalik va bolalikni himoya qilishga ko‘maklashadi, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish choralarini ko‘radi; -ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi, fuqarolarning haqiqiy daromadlarini oshirish, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash hamda aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi. Vazirlar Mahkamasi: -madaniy-gumanitar sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; -ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi; -madaniyatni, san’atni rivojlantirishga, madaniy qadriyatlardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda to‘la huquqli tarzda ishtirok etishiga ko‘maklashadi; -teatr-tomosha, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar hamda muzeylar faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi; -tarixiy va madaniy merosning muhofaza qilinishini, mamlakatning butun hududida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat tilining har tomonlama rivojlantirilishi hamda amal qilishini ta’minlaydi; -xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda rivojlantirish choralarini ko‘radi va tayyorlaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqini qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi o‘zi kiritgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini tayinlaydi. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlariga va faoliyatiga kiritilgan ishlarlarni va boshqa vakolatlarni o‘zi amalga oshirishi mumkin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling