O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Download 0.66 Mb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1494440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ziyodillo (2)




Vazirlar Mahkamasining apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tashkiliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borilishini tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining apparati va uning bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


Vazirlar Mahkamasining faoliyatini ta’minlash maqsadida, uning doimiy tuzilmasi sifatida, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining apparati asosiy tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladi.Vazirlar Mahkamasi a’zolari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda pul to‘lanadigan boshqa lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emaslar.Hozirgi davrga kelib bu uchala organlar tizimi juda takomillashganliging yaqqol isbotini ko‘ryapmi


Xulosa
Shuni xulosa qilib ayta olamanki, har bir davlat mustaqil bo‘lishi uchun o‘z boshqaruv hokimiyatiga, aholisiga, hududiga, pul birligiga va hokimiyat tizimiga ega bo‘lishi kerak.Chunki hokimiyat tizimi bo‘lsa, davlatni boshqarish oson va qulay bo‘ladi. Hokimiyat tizimi bo‘lishligi davlatni har bir sohada rivojlanishga yordam beradi.Hokimiyat tizimi haqida ham Konstitutsiyamizning 11-moddasida aytib VA belgilab o‘tilgan.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga asoslanadi.O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham hokimiyat tizimi haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tganlar. “Qonun chiqaruvchi,ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo‘ladi”. Ya‘ni shu hokimiyat tizimi bo‘lishligi ham davlat uchun ham xalq va fuqarolar uchun ham juda yaxshi deb o‘ylayman. Bu orqali davlat boshqaruvi ma‘lum bir izchilikda rivojlanadi.
Biz shu nafaqat davlat balki, hokimiyat tizimi rivojlanishi varavnaq topishi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.Shuningdek ,Harbiy xizmatchilar ijtimoiy himoyasini ta’minlash – muhim masala Тinchlik, barqarorlik va millatlararo totuvlik hukm surgan davlat rivojlanadi, yuksaladi, taraqqiy etadi. Shu bois, islohotlarning yangi davrida mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. dolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish borasida ham tizimli ishlar bajarilgan. Jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan mehnat bozorida talab yuqori kasb-hunarlarga o‘qitish maqsadida 78 ming nafar xotin-qizlarning manzilli ro‘yxati shakllantirilgan.
Shuningdek, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish, reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha tegishli shartnomalar imzolangan. Xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularni reintegratsiya qilish maqsadida 80,2 ming nafarga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Vazirlar Mahkamasining “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023 yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqilyapti. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, bu yo‘nalishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, inson huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlash masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash to‘g‘risida kelishuv, yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash to‘g‘risida kelishish tartibi, servitut to‘g‘risidagi kelishuv ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilanmoqda. Bundan tashqari, yer uchastkalarini ajratmasdan va servitut belgilamasdan yerdan foydalanish, ommaviy servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitut egalarining huquq va majburiyatlari, ommaviy servitutni bekor qilish asoslari va boshqa qoidalar bilan to‘ldirilmoqda.Bu kabi qarorlar va loyihalar kelajakda davlat rivojlanishi uchun juda kerak va zarur.Chunki bu qarorlar va loyihalar kelgusida boshqa ishlarda juda muhim xarakter kasb etadi.














Kazus
Pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi. Ta’lim muassasalarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasida attestatsiyadan o‘tadi. Ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari yoki lavozimlari ushbu ta’lim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi.
Savol: Pedagog kadrlar attetsiyadan o‘tish kerakmi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi tasdiqlanishi kerak. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin degan qaror qabul qilindi.


Savol: Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qanday fikrlar bergan bo‘lar edingiz?

Davlat va jamiyat rivojiga, taraqqiyotiga, xalqning adolat va qonuniylikka bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi keskin kurashish xalqaro va milliy miqyosdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi . Olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida fuqarolarda jinoyatchilikka qarshi kurashishga va huquqbuzarliklarning oldini olishga daxldorlik hissi shakllandi. Ayniqsa, bu borada fuqarolik jamiyati institutlarining tegishli davlat organlari bilan hamkorligi kuchaymoqda. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish korrupsiya holatlarining oldini olishda muhim mexanizm rolini bajarmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar qanchalik harakat qilmasin, bu salbiy illatga murosasiz bo‘lish, unga qarshi kurashish ustidan ta’sirchan davlat va jamoat nazoratini o‘rnatmasdan, ayniqsa bu ishlarni muvofiqlashtirib, tizimli asosda izchil davom ettirmasdan samarali kurashishni tashkil etib bo‘lmaydi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling