O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi Termiz Davlar Universiteti “Axborot texnologiyalari” fakulteti Sirtqi ta’lim 219S-guruh talabasi Amonqulov Sherzodning “Kompyuter modellashtirish” fanidan yozgan


Modellashtirish bilan bog’liq murakkabliklar


Download 34.61 Kb.
bet5/5
Sana10.02.2023
Hajmi34.61 Kb.
#1186216
1   2   3   4   5
Bog'liq
KOMPYUTER MODELLASHTIRISHDAN MUSTAQIL ISH-1

Modellashtirish bilan bog’liq murakkabliklar

Birinchi va eng umumiy ogohlantirish “nimani eksang, shuni o’rasan” maqolidan kelib chiqadi. Model unga qo’yilgan dastlabki farazlardan yaxshiroq bo’lishi mumkin emas. Doimo shuni esda saqlash muhimki, matematika dastlabki farazlardan mantiqiy xulo­salarga ega bo’lish vositasi sifatida samaralidir, bunda model validligi matematik apparatga emas, bu farazlarga bog’liq degan fikr kelib chiqadi. Modellarda eng ko’p uchraydigan kamchilik - juda soddalashtirilgan dastlabki farazlardir. Bu holatda modelni ishlab chiquvchi model qo’llanilishining kutilayotgan chegarasini ko’rsa­tishi muhim ahamiyatga ega.
Agar model o’zining dastlabki farazlari yordamida mukammal berilgan bo’lmasa, model eksperimental tekshiruvdan o’tishi shart.
Nihoyat, modelning bergan natijalari tabiiy tilga to’g’ri ko’chirilishi shart. Modellashtirishdagi odatiy xato shundan iboratki, tadqiqotchi yetarlicha tor modeldan olingan xulosalarni to’g’ridan-to’g’ri izohlay boshlaydi va bu yo’l bilan uning xulosalari umumiyligiga haddan ziyod yuqori baho beradi. Bu keng tarqalgan insoniy zaiflik – o’z ijodiga haddan tashqari berilib ketish, haqiqatda qodir bo’lmagan xususiyatlarni qayd etish matematiklar orasida “Pigmalion sindromi” sifatida ma’lum­dir. Aytilganlarni jamlab shuni qayd etish mumkinki, matematik modellar tabiiy tilga nisbatan katta darajada ko’pgina dastlabki farazlardan murakkab xulosalarni qo’lga kiritishda ilgari harakatlanishga yordam beradi. Siyosiy va ijtimoiy hodisalarni modellashtirish murakkab vazifa bo’lib, bu murakkablik siyosiy xulqni modellashtirish bilan bog’liq quyidagi ikki implikatsiyada namayon bo’ladi.
Birinchidan, modellashtirish nisbatan oddiy va muntazam kuzatiladigan xatti-harakatlardan boshlanadi va keyingina nisbatan murakkab tiplarga o’tadi. Natijada, ba’zi modellashgan voqealar arzimas ko’rinadiki, bu vaqtda “yirik masalalar”ga birdan kirishish qiyin bo’ladi yoki mumkin bo’lmaydi.
Ikkinchidan, siyosiy muammolar tahlili uchun zarur bo’lgan matematik vositalar, ehtimol, an’anaviy tabiiy-ilmiy muammolarni yechishda qo’llanadigan vositalarga qaraganda rang-barang va murakkab bo’lishi shart.

  1. Texnikada modellash. Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo’linadi.

1-tip - geometrik o’lchamlari o’xshashligi. Ko’rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo’llaniladi. Jumladan bunday modellar o’quvchilarni texnika obyektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo’nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalar va rasmlar orqali tanishadilar, ya’ni obrazli-belgili ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular obyekt to’g’risida to’la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. Shu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda.
2-tip - fizikaviy o’xshashligi. Bu faqat tashqi qiyofasini anglatmasdan balki o’rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o’zaro bog’liqligi qonuniyatlari, xususiyatlari va o’xshashliklarini ko’rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat obyektlarning tuzilishini o’rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o’rganish ham ko’zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, ya’ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi.
Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b.
3-tip - funksional o’xshashligi - tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo’lishini ta’minlash maqsadida ko’p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o’xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida ishlash o’quvchilar uchun juda qiziqarli bo’lib, bunda modelni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.
Modellar dinamik va statik bo’lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruktsiyalash elementlarini o’rgatish tajribasi qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko’rsatadi: chizmalar eskizlarini o’qish va tayyorlanadigan detallar konstruktsiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruktsiyalarini o’zgartirish, ana shu o’zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo’llarini belgilash; detallarni yig’ish jarayonida ularni o’rnatish joylarga ko’ra konstruktsiyalash; konstruktsiyada yetishmaydigan detallar va uzellami konstruktsiyalash; texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo’yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig’ish va modelni ishda sinab ko’rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko’rish va dizaynlash.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Джарол Б.Мангейм, Ричард К.Рич. Политология. Методы исследования.
2. http://www/intertrends.ru/
3. http://www.uza.uz
4. http://www.cer.uz


Download 34.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling