O`zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi d enov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Download 21.77 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi21.77 Kb.
#1513101
1   2   3   4
Bog'liq
Annotatsiya Us-WPS Office

2.Tashkiliy tuzilmalar turlari.
Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog’liqlikka ega va qonuniyatlarga buysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi.Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo’g’inlari yuqori bosqichdagi raxbarga bevosita buysunushi bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada xar bir xodim bitta raxbarga buysunadi va yuqori tizim bilan fakat u orqali boglangan bo’ladi. chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Xar bir raxbar butun mexnat jamoasi faoliyati natijalari bo’yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish xuquqi markazlashishiga olib keladi. Chiziqli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bulmagan, bu masalalar yechilishi oson bo’lgan xollarda qo’llash maksadga muvofiqdir. Sof xolda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo’lim, shirkat, kichik korxonalarda qo’llaniladi. Chiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo’g’inlar koordinasiyasi puxta bulmaydi. Raxbar universal mutaxassis bo’lishi va unga buysnuvchi barcha bo’g’inlar faoliyatining xamma tomonini kamrab olishi lozim. Funksional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funksional bo’g’inlar va raxbarlar urtasida taksimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog’liq xolda vujudga kelgan.Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko’rsatmalar nisbatan malakali bo’ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo’g’inlar soni ortishi bilan xar bir bo’g’in mustaqil ravishda xal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning moxiyati xar bir bo’g’in o’z masalasini birinchi navbatda xal qilishdan manfaatdor bo’lishida emas, balki bitta xam bo’g’in bu masalani yetarli darajada asoslangan xolda va to’g’ri xal kila olmasligi, yechimlar maydalashib, tulik bulmay kolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi. Chiziqli tuzilmani tashkil etish va fnukisonal tuzilmaning kamchiliklari kushma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funksional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab
Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo’g’inga ega xar bir bo’g’inida ayrim muxim muammolar bo’yicha shtablar to’ziladi. Shtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma raxbari tasdiklab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinasiya kiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati xshilanadi, lekin avzifalar miqdori ko’p bo’lsa raxbari vazifalari xam ortadi. Shu sababli, amaliyotda boshqa kushma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funksional tuzilmadir. Chiziqli-funksional strukturada, funksional zvenolar quyi turgan bo’linmalarga o’zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetensiyasiga taalukli bo’lgan aniq belgilangan savollar bo’yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo’limi sex boshligiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo’yicha buyruq berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa sexda xisob va xisobotni yaxshilash bo’yicha va x.k. Chiziqli funksional strukturasining ustunligi uning boshqaruv prinsiplarini buyruq berishning yagonaligi prinsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik strukturada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyixa bo’yicha boshqarish; matrisali struktura va boshqalar.
Loyixa bo’yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o’zgarishi bilan bog’liq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo’lgan korxona va tashkilotlarda qo’llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun fakatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi to’ziladi. Boshqaruvning loyixa bo’yicha organi vaqtinchalik tashkilot xisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan sung u tugatiladi. Matrisali struktura chiziqli va loyixa bo’yicha boshqaruv strukturalarining birlashtirilishi natijasida quriladi. chiziqli boshqaruv prinsipi saqlanib qolinadi, loyixa bo’yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo’yicha dasturlar, loyixalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish maxsulotini tayyorlash, sotish va x.k.lar tashkil qilinadi. Boshqaruvni tashkil qilishning matrisali strukturasida loyixa yoki dastur raxbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga qo’yilgan masalalar maksadli xal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo’yicha raxbarning ma’suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo’yicha raxbarning ma’suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada kiskartirishga, boshqaruvning xar-xil darajalari va xar bir zveno chegarasida aloxida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, xalq xo’jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo’jalik mustaqilligini ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar to’ziladi.
Xulosa.
Shunday qilib, boshqaruvning tashkiliy tuzilishlari juda keng imkoniyatlarga eag bo’lib, ular moxirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini tanlashda asosan tashkilot boshqaruvchisini oldiga qoyilgan maqsadi va uning malakasiga bog’liq bo’ladi.Har bir tashkiliy tuzilmani o’ziga xos qulayliklari va kamchiliklari mavjud. Menejment tashkiliy tuzilmalari deganda menejment bo'g'ini, bo'g'in tarkiblari soni, ularning bir-biriga bo'ysunishi, o'zaro bog'liqligi tushuniladi. Menejmentning tashkiliy tuzilmalaridagi oddiylik va tushunar- lilik uning ish qobiliyati kafolatidir.M illiy xo'jalikning um umdavlat boshqaruv organlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud organlariga bo'linadi. Ular milliy xo'jalikning ko'p sonli tarmoqlarini bir butun bog’lab turadi.Menejment tashkiliy tuzilmalari chiziqli-funksional, chiziqli- shtabli turlarga bo'linadi.Barcha menejment funksiyalari bajarilishini ta’minlovchi eng yaxshi boshqaruv apparatini tashkil etish menejment tuzilmalarini takomillashtirishning asosiy masalasi.

Download 21.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling