Mashg‘ulot fakultet F.Q. konlar muzeyida aniq namunalar misolida olib boriladi. Bunda talabalar qoldiq va nurash oqibatida hosil bo‘lgan ma’danlar bilan tanishadi.
Olingan bilim va ma’lumotlar namunalar asosida rasmiylashtiriladi. Chizmalar, kesmalar yordamida yozma qisman og‘zaki ravishda qabul qilinadi.
Nazariy savollar:
1.Ekzogen konlar sinfiga qanday konlar kiradi?
2.Ekzogen konlarning qanday turlarini bilasiz?
3.Qanday konlar nurash konlari deyiladi?
4.Qanday konlar qoldiq konlar deyiladi?
5-amaliy mashg‘ulot: Metamorfik konlar.
Ishdan maqsad: Yuqori harorat,bosim va plitalarning bir-birga urilishi natijasida xosil bo‘lgan konlar. ma’dan hosil qiluvchi elementlarini yer qobig‘idagi o‘rni,konlarning tarkibi, tarqalishi va o‘zaro joylashuvini tahlil qilish.
Masalaning qo‘yilishi: Ma’danli jismlar asosini tashkil etuvchi qism – ularni mineral va kimyoviy tarkibi hisoblanadi. Demak kon ma’danini tarkibi haqidagi ma’lumotlar qancha ko‘p bo‘lsa, ularni tashkil qiladigan elementlarini tarqalish hususiyatlari, sturuktra, tuzilish holati, shakillari va boshqa, malumotlarga ega bo‘lamiz. Bularning ichida eng avvalo koni kelib chiqishi (genezisini) aniqlab olishimiz lozim. Shu yo‘l bilan koni kavlab olish, ishlash yo‘llari va yangi usillarini tanlash va yaratish lozim.
Amaliyotni bajarish tarkibi. Ma’dan jinslari faqatgina foydali minerallardan va nokerak jinslardan tashkil topganlagini aniqlash lozim. Masalan ingichka konida sheyelit ma’danida, sulfidlar foydali minerallar hisoblansa granit proksenli skarn esa shu minerallarni o‘z ichiga oladigan tog‘ jinslari ekanligini aniqlash lozim. Shu yo‘l bilan magmatik cho‘kindi metomorfik va ma’dan formatsiyalari haqidagi tushinchalarni boyitish lozim. Jumladan geologik formatsiya tarkibi va kelib chiqishi bilan yaqin va yer qobig‘ini ma’lum qismlarida bir xil geologik jinslar hosil qiluvchi moddiy borlik bo‘lsa, ma’danli formatsiya kelib chiqishi, mineralogik tarkibi va boshqa xususiyatlari bilan ma’lum geologik farmatsiyalar (magmatik cho‘kindi metomorfik) orasida shular bilan genetik yoki paragenetik aloqada bo‘lgan ma’dan hosil qiluvchi (to‘plam) joylar. Shularni amaliyotda chizmalar yordamida yoki yozma shaklida batafsil tahlil qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |