B)Nurash qobig‘ining rivojlanishida geologik sharoitning ahamiyati.
Ekzogen konlaridagi foydali qazilmalar hosil bo‘lishi. Ekzogen konlarining xosil bo‘lish muxiti nurash qobig‘i bilan chegaralanadi. Nurash qobig‘ining ostki qismi V. Vernadskiy-ning fikricha kislarod yuzasi (ya’ni erkin xoldagi kislarod kirib borgan chuqurlik satxi) dan nariga o‘tmaydi. Bu yuza taxminan zamin suvlarining satxiga to‘g‘ri keladi va 60-100m, ba’zida 200m, juda kam xollarda esa 1,5km chuqurlikka boradi.
Nurash qobig‘ining rivojlanishida iqlim relef, tub jins-larining tarkibi, geaologik sharoitlar katta axamiyatga ega.
Cho‘llarda parlanish tez bo‘lganidan pastdan yuqoriga qarab sizma suvlar oqimi xarakatda bo‘ladi. Ularda erigan xlorid va sulfat tuzlari yer yuzida yig‘ilib maxsus sho‘r «po‘stloq» xosil qiladi.
Suptropik va tropik zonalarda turli xil nurash konlari xosil qiluvchi loterit profil mavjuddir. Bunday profillarda glinozyom bilan kremnizyom butunlay parchalangan xolda bo‘ladi. Kremnezyom juda kam bo‘lgani uchun bu zonalarning asosiy minerallari alyuminiy gidrooksidi (gibbsit) temir oksidlari va gidrooksidlaridan iborat. Bu profilda nurash qobig‘iga xos hamma konlar mavjuddir.
Nurash qobig‘ining rivojlanishida relef ham muxim omil-lardan biri xisoblanadi. Qoyali baland tog‘larda suv turmagani uchun fizik yemirilish kimyoviy protsesslardan tezroq sodir bo‘ladi. Bunday joylarda xatto yer yuzida ham birlamchi sulfit minerallarini uchratish mumkin. Shuningdek, tekis vodiylar ham nurash qobig‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nurash konlarini xosil qiluvchi kimyoviy nurashning rivojlanishi uchun eng qulay landshaft o‘rtacha tog‘lik va yassi tog‘liklardir, chunki bunday joylarda suv sizilib almashinib turadi.
Tub jinslarning tarkibi nurash minerallari kompleksining xosil bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunda asosan ikki tipdagi minerallar kompleksi xosil bo‘lib, ular o‘ta asos va asos jinslar, hamda nordon jinslar turkimiga xosdir (2-jadval). Tabiatdagi boshqa jinslarning nurashidan esa mana shu ikki grupaning biriga yaqin komplekisda minerallar xosil bo‘lishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |