16-rasm.Ingichka skarn koni kesuvchi ruda gavdalarining tuzilishi (N.K.Jamolitdinov buyicha). 1-yig‘indi jins; 2-granit; 3-marmar; 4-skarn ruda gavdasi.
Rudali minerallar magnetit, gematit va turli temir va mis sulfidlaridan tashkil topgan. Magnetit va gematit sanoat rudalarini tashkil etuvchi minerallar bo‘lib, sulfidlar deyarli ahamiyatga ega bo‘lmay, yo‘ldosh minerallar sifatida uchraydi.
Bulardan tashqari, cho‘kindi va magmatik jinslarini kesish, dayka shakllariga leykokrat granitlari ham uchraydi. Rudali skarnlar granodiorit va leykokrat granitlarining ohaktoshlar bilan bo‘lgan kontaktida hosil bo‘lgan. Ular asosan tabaqa, linza, tarmoq va tutash shakllarida bo‘lib, gedenbergit, salit, granat, amfibol, vezuvian, vollastonit va boshqa skarn minerallaridan tashkil topgan. So‘nggi stadiyalardagi gidrotermal o‘zgarishlari natijasida ohak skarnlar kvarslashi brudali minerallardan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan sheyelitdan tashqari, molibdenit, pirit, xalkopirit, pirrotin va boshqalar hosil bo‘lgan.
Nazorat savollari
1. Fanning geologik nazariy asoslari deganda nimalarni tushunamiz?
2. Skarn koni deb nimaga aytiladi?
3. Magnezial skarn konida qanday tog‘ jinslari uchraydi?
4. Ohakli skarn konidagi asosiy minerallarni sanab bering?.
Фойдаланилган адабиётлар
1.Adilxanov K.X. Mineralogiya. Darslik. – T.: «MRITI» DK, 2010.
2.DolimovT.N., ShoyoqubovT.SH. vaboshqalar. O‘zbekiston Respublikasining geologiyasi va foydali qazilmalari. Toshkent, «Universetet» nashriyoti, 2002.
3.Roziqov O.T., Mirxodjayev B.I., Abduraxmanov A.A., Usmanaliyev E.A. «Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari» Darslik. «Mineral resurslar instituti» DK, Toshkent 2016.
4.Metodicheskoye rukovodstvo po otsenke prognoznix resursov tverdix polezn.iskop. Tashkent, IMR Goskomgeologii Respubliki Uzbekistan.
4-mavzu. Ekzogen konlar. Nurash, cho‘kindi, sochma konlari va ularning turlari.
Reja:
1. Ekzogen konlar haqida tushuncha.
2. Nurash jarayonlarining hosil bo‘lishi.
3. Ekzogen konlaridagi foydali qazilmalar hosil bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |