Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Download 1.34 Mb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1518071
1   2   3   4   5
Bog'liq
K.G mustaqil

3D grafik texnalogiyalar

1-rasm. 3D printerlar
Hozirgi kunda uch o‘lchamli haykallar, yirik ob’yektlarning kichraytirilgan modellari (mashinalar, samolyotlar, binolar), shuningdek, turli ilmiy ishlanmalar modellarini yasash imkoniyati mavjud. Misol uchun, Lockheed Martin korporatsiyasi uchuvchisiz boshqariladigan "Polecat" samolyoti uchun jihozlarning katta qismini tezkor uch o‘lchamli bosma texnologiyasi asosida chiqarmoqda. Uch oʻlchamli chop etilayotgan mahsulotlarning narxi pasayishini inobatga olsak ushbu texnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Boeing kompaniyasi oʻz samolyotlarining 200 dan ortiq detallarini 3D chop etish asosida ishlab chiqmoqda.
3D-printerlarda narsa-buyum yasash konsepsiyasi, bizga yana bir bor "uchinchi olam"ning mo‘jizalardan iborat ekanligini ko‘rsatmoqda. Organovo va Invitech kompaniyalari (AQSh, San-Diyego), inson organlarini chop etuvchi bioprinter yaratishdi.
Ushbu printer chop etuvchi ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismi chop etiluvchi organ shaklini yaratuvchi gelni sepadi, ikkinchisi esa shaklni tabiiy toʻqimalar asosida yaratilgan hujayralar bilan toʻldiradi.

2-rasm. Bioprinter (inson organizmlarini yaratadi).
3D-printerlar qatorida bugungi kunda jahоn bоzоrida 3D displеylar faоl ilgari surilmоqda. 3D displеy – koʻzоynak yoki bоshqa qoʻshimcha qurilmalarsiz insоn tоmоnidan hajmdоr sifatida idrоk etiluvchi tasvirni chiqara оlishga qоdir qurilmadir. 3D displеylar 3 turga boʻlinadi:
1. Autоstеrеоskоpik. Hajmdоr sahnaning ikki rakursi takrоrlanib, ulardan biri chap, bоshqasi oʻng koʻz uchun moʻljallangan. Autоstеrеоskоpik 3D displеylar koʻrgazmalar, savdо zallarida istе`mоlchilarni jalb etish uchun kеng qoʻllaniladi, bunda ular оddiy plazmali panеllarga nisbatan koʻprоq his-hayajоnga sabab boʻladi.(3-rasm)

3-rasm. Autоstеrеоskоpik displeylar tuzilishi
2. Vоlyumеtrik. Tasvirni nuqtalar toʻplami (vоksеllar) yoki jismоniy jihatdan displеyning chеklangan ish muhitida tarqatilgan vеktоrlari (takrоrlanish hajmi) sifatida takrоrlaydi.(4-rasm)



4-rasm. Volyumetrik displeylar
3. Gоlоgrafik. Rеal 3D sahnasining yorug`lik maydоniga mоs kеluvchi uzluksiz yorug`lik maydоnini takrоr ishlab chiqadi. Ular rеal 3D sahnaning yorug`lik maydоniga mоs kеluvchi uzluksiz yorug`lik maydоnini hosil qiladi.(5-rasm)

5-rasm. Golografik displeylar
3D texnologiyalar sohasida yana bir yangilik- 3Doodler- uch oʻlchamli tasvir yaratadigan ruchkadir. Odatda biz qoʻlimizga ruchka olib, qog`ozga ikki oʻlchamli tasvirlarni chizamiz. Siz qanchalik iste`dodli rassom boʻlmang, suratingiz faqat uzun va baland boʻlishi mumkin, ammo hajmli boʻlmaydi.
3Doodler-”WobbleWorks” amerika kompaniyasi tomonidan yaratilgan ruchkadir.. 3D- ruchkada siyoh oʻrniga pat ostidan chiqqan 270 darajagacha qizdiriladigan maxsus plastik eritma bilan chiziladi. Chizilgan tasvir esa oʻsha ondayoq soviydi va qotib qoladi. Shu tariqa uch oʻlchamli modellarni yaratish mumkin boʻladi. Ruchka yordamida haykallar, taqinchoqlar, bolalar uchun oʻyinchoqlar kabi buyumlarni yaratish mumkin.(6-rasm)

6-rasm. 3D ruchka yordamida yasalgan buyumlar
3D texnologiyalari bugungi kunda reklama amaliyotida hamda marketing tizimida keng qoʻllanilmoqda. 3D- reklamalardan Coca-Cola, Adidas, Cavalli, Ferrero, McDonalds kabi taniqli firmalar keng foydalanmoqdalar. Mutaxassislarning fikricha 3D texnologiyalar tovar ishlab chiqarishda revolyutsiyaga olib keladi. Ushbu texnologiyaning rivoji yangicha davrni boshlab bermoqda. 3Dtexnologiyaning keng qoʻllanilishi tadbirkorlarning yangi sinfining vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yangi kompaniyalar soni tobora ortib bormoqda.

7-rasm. Jahon bozorida 3D maxsulotlar o’rni
Ayrim ekspertlarning fikricha yaqin 30 yil ichida har bir xonadonda 3Dprinterlar mavjud boʻlishi va foydalanuvchi onlayn-magazin orqali kerakli buyum maketini sotib olib oʻzi chop etishi mumkin. Bu esa iqtisodiyotni ham inson hayotini ham butkul oʻzgartirishi tabiiy.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling