Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Elektron taxeometrlarning konstruktiv xususiyatlari


Download 0.63 Mb.
bet2/2
Sana13.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1193308
1   2
Bog'liq
Geodezik asboblar

Elektron taxeometrlarning konstruktiv xususiyatlari Elektron taxemetrning ishlashi uchun kompensator yoki asbobning aylanish o‘qining biro‘qli (ikki o‘qli) qiyalik datchiki kerak. 7 Kompensator, masalan, TaZM (UOMZ), EltaR50-EltaR45 (Carl Zeiss) taxeometrlarda optik teodolitlaridek, asbob aylnish o‘qining turli qiyalanishlarida, bir vizir nishonga vizirlangandi vertikal doira bo‘yicha sanoqning doyimiyligini avtomatik ravishda ta’minlaydi. 2.2-rasmda TaZM taxeometrining vertikal doirasida kompensator ta’svirlangan. TaZM ning vertikal burchak indeksi o‘zi o‘rnatuvchi mayatnik ramkasida, sharikli podshipnik bilan o‘qga osilgan, limb shtrixi tasvirini bir tomondan boshqa tomonga uzatuvchi proeksiyalovchi sistema urnatilgan. Vizirlash yo‘nalishida taxeometr qiyalanganda, 6 pentaprizmadan, 5 vertikal doira linza ko‘prigidan va 4 yopqichli prizmadan tashkil topgan proeksion sistema shovun yo‘nalishi holatini egallaydi. 10–mayatnik magnitli dempfer bilan ta’minlangan. Bu kompensatorlik, 3 podshipniklarni ishlatishda podshipniklar bir xil diametrli shariklar bilan tayyorlanmaganligi oqibatida uni ishlash aniqligi pasayishiga olib keladi. Kollimatsion va unga perpendikulyar (faqat ikki o‘qli datchiklarda) tekislikda,bir va ikki o‘qli qiyalik datchiklari, asbobning qiyaligi tufayli yuzaga keluvchi tasodifiy xatoliklarni kompensatsiyalaydi. Bu holda o‘lchangan gorizontal yo‘nalishlar va vertikal burchaklarga, asbobning mikro EHMlari yordamida, natijalar tabloga chiqarilmasdan oldin yoki qayd qilinmasdan burun asbobning vertikal o‘qining qiyaligi uchun tuzatma kiritiladi.
Odatda tasvirni qabul qiluvchi sezuvchan maydonda yorug‘likmanbaning taqsimlanishi bir tekis emas va barcha yuza bo‘ylab fotopriyomnikning sezuvchanligi xam birdek emas, shu sababli fotopriyomnikqurilmasining statik xarakteristikasichiziqli bo‘lmaydi. Priyomnik ayrim kanallarni ulashda jamlama-ayirma sxemalariniqo‘llash bu xatoliklarni kamaytirish imkonini beradi. Statik xaraktiristikani liniarizatsiyalash (chiziqli) kilishmikro EHM yordamida, algebrik usul bilan amalga oshiriladi. To‘rta maydonchali fotodoid montaj jarayonida ko‘rish trubasining gorizontal aylanish o‘qiga va vazir o‘qiga nisbatan shunday tarzda o‘rnatiladiki, asbobning aylanish o‘qi vertikal holatdaligida qiyalik datchiki orqali o‘lchanuvchi burchaklar kollimatsion va unga perpendikulyar tekislikda nolga yaqin bo‘ladi. Datchik «nol o‘rnini» noto‘g‘ri aniqlash tufayli yuzaga keladigan xatolik ikkala yo‘nalishda asbobni tadqiqod qilishda aniqlanadi va uning mikro EHMni xotirasiga yoziladi. Elta seriyasidagi asboblarni tadqiqqilishda nolni siljishi(dreyfi) aniqlanilgan, uning yuzaga kelishiga sabab manba nurlanish xaroratining o‘zgarishi va nurlanish quvvatining pasayishidir.
Ananaviy usul bilan asbobning aniqligi ko‘rilganda ananaga ko‘ra uning elementlarining, uzellarining va qurilmalarining xususiy xatolik to‘plami va ularning o‘zaro joylashishi taxlil qilinadi 7,12. Elektron taxeometrlar xatoliklarining ta’sirini taxlil qilish muammosiga kirish uchun 2.12-rasmda berilgan ularning klassifikatsiyasini ko‘ramiz. Taxeometrlarni barcha xatoliklarini bir necha guruhlarga ajratishimiz mumkin: asbobning geometrik sxemasini buzilishi va orientirlash xatosi; nishonga to‘g‘rilash xatosi; yo‘nalish va burchaklarnihisoblash sistemalarining xatosi; svetodalnomer blokining 22 xatosi; qaytargich yoki ob’ektning qayttaruvchi yuzasidan kelib chiqadigan xatolik. Rasmda alohida bloklar bilan belgilangan, asbob vertikal o‘qi qiyalik datchikining xatosi, avtomatik ravishda nishonga to‘g‘irlash sistemasining xatosi; qaytargichdan kiradigan xatolik, dinamik va xarorat tasiridan kelib chiqadigan –defarmatsion xatolik. Kuzatuv rejimida,o‘lchash aniqligiga ta’sir etuvchi xatoliklarni hisobga olish zarur.Ya’ni: doiraviy prizma bilan kiritiluvchi qiyalik datchigidagi suyuqlik sindiruvchi yuzaning tebranishi tufayli asbobning vertikal o‘qining qiyaligini noaniq aniqlashdagi xatolik; svetadalnomer lazer tutami ko‘ndalang kesimida fazali frontning bir jinsli emasligidan kelib chiqadigan xatolik. Oxirgi xatolik ta’sirida, kuzatuv rejimida tripelprizmali qaytargich markaziga aniq to‘g‘irlashni amalga oshirib bo‘lmaydi. Alohida bloklarning yuqorida keltirilgan klassifikatsiyalarida belgilangan va tashkil etuvchi xatoliklar ta’siriga tegishli axborotlarni va boshqa texnik adabiyotlarda topish mumkin.To‘liq bo‘lmagan xatoliklarning klasifikatsiyasi, oldingi bo‘limlardagi materiallarni umumlashtirish va sistematizatsiyalash va elektron taxeometirning natijalovchi asbob xatoliklarini aniqlash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishga o‘tish maqsadida tuzilgandir. Natijalovchi xatoliklarni umumiy holda, doimiy sistematik xatoliklar,o‘zgaruvchi sistematik xatoliklar va tasodifiy xatoliklarning yig‘indisi ko‘rinishida yozish mumkin.
Xulosa.
Insоniyat tоmоnidаn o’rgаnilgаn muhim fаnlаrning biri zаmоnаviy geоdeziya hisоblаnаdi. U dunyo miqyosidаgi kundаn-kungа rivоjlаnib kelаyotgаn fаndir. Охirgi pаytlаrdа mutахаssislаr tekshiruvi nаtijаsigа ko’rа geоdezik ishlаr хаjmi nаmunаli rаvishdа o’sib kelmоqdа. Umumаn оlgаndа geоdezik ishlаr yer tuzish ishlаridа аsоsiy yetаkchi rоl o’ynаydi. Sputnikli аppаrаturаlаr qаtоridа, ko’proq аhаmiyatgа egа bo’lmish hаr хil turdаgi tоpоgrаfik-geоdezik ishlаrni bаjаrishdа, аn’аnаviy geоdezik o’lchаsh uslublаri vа teхnik vоsitаlаrdаn fоydаlаnish zаrur. Bundа, hаmmаsidаn ko’rа sоdir etilgаn vоsitа, аyni pаytdа burchаk vа yuqоri аniqlikdаgi chiziqli o’lchаmlаrni hаmdа to’g’ri burchаkli kооrdinаtа vа bаlаndliklаrni elektrоn tахeоmetr hisоblаydi. Oxirgi yillar geodezik amaliyotda, injenerlik - geodezik ishlarni ishlab chiqarishda va avtomatlashtirilgan taxeometrik syomkalarni bajarish uchun mo’ljallangan sifatli geodezik o’lchash vositasi, keng tarqalgan elektrоn tахeоmetrlar vujudga keldi. Bizning yurtimizda lektron taxeometrga (ET) ishlov berish va ishlab chiqarish O’zGASHLITI da amalga oshiriladi. Zamonaviy bo’lgan elektron taxeometr (ET) ni quyidagicha taqsimlash mumkin: oddiy, universal va robotlashtirilgan. Oddiy elektron taxeometr (OET) – eng kam avtomatlashtirilgan va g’oyat katta dasturiy ta’minlangan asbobdir. Zamonaviy elektron taxeometrlarning yaratilishi, oxirgi o’n yilliklar ichida, qachonlardir yaratilgan optik-mexanik taxeometrlar, kodli teodolitlar va elektron dalnomerlar, geodezik asboblarning rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Yer tuzish ishlarini olib borishda geodezik ta’minlash murakkab va o’lchashlar ko’p vaqtni oladi. Endi, fanning tez rivojlanishi bilan eski uslublar va anjomlar o’rniga zamonaviy taxeometrlar kirib keldi. O’tkazilgan tahlil ishlari ma’lumotlariga ko’ra, namoyish qilingan kuzatish natijalari elektron taxeometrning sifat jihatidan ustunligini ko’rsatadi
Foydalanlilgan adabiyotlar:
1. Agafonov Yu.N., Maslennikov A.S. Polevыe ispыtaniya svetodalnomera 2ST10. Geodeziya i kartogrfiya, 1990, №2, s.48-50.
2. Aliev T.M., Stendal P.R. Avtomaticheskaya korreksiya pogreshnostey sifrovыx izmeritelnыx priborov. – M.6 Energiya, 1975 g. – 216s.
3. Analogo-sifrovыe periferiynыe umtroystva mikroprotsessornыx sistem/ Grushevskiy R.I., Mursaev A.X., Smolov V.B. –L.: Energoatomizdat. Leneingr. Otd-nie, 1989 g.-160s.
4. Belov I.Yu. Razrabotka i metodika ucheta vliyaniya vneshnix usloviy na rezultatov geodezicheskix svetodalnomernыxizmereniy. Dissertatsiya na soiskanie stepeni k.t.n. GUZ.
5. Bugaev Yu.G., Maslennikov A.S., Rogozin N.I. Izmerenie rasstoyaniy dalnomerom KTD-1 s povыshennoy tochnostyu. Geodeziya i kartogrfiya, 1990 g., №12, s.15-17
Internet manbaalar:
https://staff.tiiame.uz/storage/users/154/books/wDfIcxZfvPjm0mOrXvjx8orhrffPtvUkD5Bneght.pdf
https://znanio.ru/media/geodeziya-sohasida-foydalaniladigan-qurilma-taxeometr-haqida-2664228
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling