2 – jadval. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining
asosiy elementlari
Korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:
korxona faoliyati va uning natijalari to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni shaklantirish;
korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash;
moliya – xo’jalik faoliyatidagi noxush xolatlarning o’z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlarini aniqlash va safarbar etish;
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to’g’ri aks ettirish;
korxona xodimlarining mehnatiga haq to’lashni nazorat qilish;
moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o’z vaqtida taqdim etish.
Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida belgilangan talablarga rioya qilish zarur.
Qishloq xo’jalik korxonalari hisob yuritish shakli qanday bo’lishidan qat’iy nazar hisobot davrida sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini hisobda o’z vaqtida to’liq aks ettirish shart. Fermer xo’jaliklari hisob va hisobot amaliyotida bu jarayon ayrim holatlarda to’lig’icha amalga oshirilmasligi oqibatida hisob axborotlarining aniqligi va ishonchligiga putur yetadi.
Hisobda joriy xarajatlar va kapital qo’yilmalarni alohida hisobga olish
Hisobot davridagi xo’jalik operatsiyalarini hisobda to’liq aks ettirish
Daromadlar va xarajatlarni hisobot davrlariga to’g’ri olib borish
Sintetik va analitik hisobning tengligi
Do'stlaringiz bilan baham: |