O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 233.17 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi233.17 Kb.
#1525269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
botijon

_________________
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidintening 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi “O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami”, 2017-yil 13- fevral , 6- son, 70-modda
1.Biznes sub’ektlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirishning dolzarb masalalari

“Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”1


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishga qaratilgan. Shu bois so‘nggi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan e'tibor pirovard natijada barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli ham oshib bormoqda. Shu ma'noda 1996 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni sohadagi munosabatlarni tartibga solish, biznesdagi samaradorlik va natijalarning haqiqiy ahvolini o‘z vaqtida baholab borishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.
__________________
1O’zbekiston Respublikasi qonuni “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”, 9-modda

Biroq, o‘tgan yigirma yil mobaynida milliy iqtisodiyotimizda yuz bergan tarkibiy o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar turi va soni oshib borayotgani hamda sohaga joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo etmoqda.


O’zbekistonda buxgalteriya hisobi sohasida ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar Respublikamizdagi buxgalteriya hisobi tizimi bu borada Kontinental modelga asoslanishi haqiqatga yaqinroqligini ko’rsatmoqda. Ushbu modelning mohiyati shundaki, buxgalteriya hisobini tartibga solishda hukumat xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Qat’iy qonunchilik talablari asosida va soliq siyosatiga mos holda konservativ tartibda hisob yuritiladi. Shuningdek, yagonda hisob varaqlar rejasi amal qiladi.
Buxgalteriya hisobi tizimi Moliya vazirligining “Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti Bosh boshqarmasi” tomonidan tartibga solinadi hamda Buxgalterlar va auditorlar uyushmasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi
yoki Auditorlar Palatasi kabi jamoatchilik tashkilotlari esa, buxgalteriya hisobini amaliyotga tadbiq etishda maslahatchi bo’lib xizmat qilmoqda. O’z navbatida xo’jalik subyektlari uchun yagona hisobvaraqlar rejasi ham mavjud
(21 – son BHMS “Xo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi” O’z.R AV tomonidan 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan).
Buxgalteriya hisobi va hisobotining tartib qoidalarini ishlab chiqishda jahon mamlakatlari uchta guruhga bo’linadi: xalqaro standartlar (Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarni – MHXS, International Financial Reporting Standats – IFRS) to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib oluvchi mamlakatlar, MHXS asosida o’z kodeksi, nizom yoki standartlarini yaratuvchi mamlakatlar hamda MHXSlarni tan olmaydigan (o’zining alohida – hisob standartlariga yoki tamoyillariga ega bo’lgan) mamlakatlar. Xususan, O’zbekiston MHXS asosida o’zining milliy standartlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi, ya’ni
buxgalteriya hisobi tizimi o’z mlliy standartlariga asoslanadi(banklardan tashqari).
Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimidagi amalga oshirilayotgan ishlar “bosqichma-bosqich rivojlanish” tamoyillariga asoslanib kelmoqda.
birinchi bosqich: 1994 yil “Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida”gi Nizomni ishlab chiqilishi;
ikkinchi bosqich: 1996 yil “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunning qabul qilinishi;
uchinchi bosqich : 1998 yil “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari”ni yaratilishi;
to’rtinchi bosqich: 2002 yil “Moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish” bo’yicha turli me’yoriy xujjatlarning qabul qilinishi;
beshinchi bosqich: 2012-2015 yillar “Tadbirkorlik subyektlarida statistic, soliq va moliyaviy hisobotlarni soddalashtirish, topshirishning elektron tizimi” ga to’la o’tkazilishi.

Shuningdek, Respublikamizda buxgalteriya hisobi sohasida o’tkazilgan islohotlarga qaramay, buxgalteriya hisobiga kontinental model bo’yicha yondashish, yuqorida ta’kidlanganidek, qat’iy qonunchilikka asoslangan hisob yuritish qoidalari hamon saqlanib turibdi. Vaholanki, MHXS talablari kontinental modeldan deyarli farq qiladi:






Download 233.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling