O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 233.17 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi233.17 Kb.
#1525269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
botijon

Ko’rsatkichlar

Tartibga soluvchi organlar

Moliyaviy hisobotni tuzish

Hisobvaraqlar rejasi

MHXS bo’yicha

Mustaqil buxgalterlar va auditorlar uyushmalari

Mustaqil buxgalterlar va auditorlarning malakaviy darajasida muhokama qilinadi

O’zbekistonda

Davlat organlari tomonidan tartibga solinadi

Davlat tomonidan nazorat qilinadi

Yagona hisobvaraqlar rejasi amal qiladi

1 – jadval


Shuningdek, 2000 yildan to shu kungacha buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuzaga kelgan muommolarni bartaraf etish va uni takomillashtirishga oid 30 dan ortiq tarmoq xususiyatini hisobga olgan Nizomlar, yo’riqnomalar va turli tartib qoidalar qabul qilingan. Masalan, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun xujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida” 2013 yil 7 oktabrdagi O’zRQR-355-son Qonunga asosan 12 – moddasiga o’zgartirishlar kiritildi. Bunda qonunning 9-moddasi birinchi qismi quyidagi jumla bilan to’ldirildi: “Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan to’lovlar (ishlar, xizmatlar) haqqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda to’langanida to’lov terminallarining cheklari ham boshlang’ich hisob hujjatlari deb tan olinadi”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilda qabul qilingan PQ-1001, 20-son Qarori, hamda 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453 sonli Farmoyishiga muvofiq hisobotlarni tuzish va topshirish tartibidagi so’ngi o’zgarishlarni keltirish mumkin.
Jahondagi har bir mamlakat o’z milliy buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo’lganligi yaxshi holat. O’z ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy holati va qadriyatlariga asoslangan buxgalteriya hisobi tashkilot faoliyatini to’liq va shaffof ma’lumotlar bilan aks ettirilishini ta’minlaydi. Biroq ushbu hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga qiyinlik tug’diradi. Hisobotdan foydalanuvchi avval ushbu mamlakatning ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy holati, qadriyatlari va boshqa sohalarini, buxgalteriya hisobi tamoyillarini o’rganishi, hisobotini o’qiy olish, uni boshqa subyektlarning ko’rsatkichlari bilan solishtirish uchun qaytadan hisobotni moslashtirilgan holda tuzib chiqishga to’g’ri keladi. Ushbu holatda hisobotdan tashqi foydalanuvchi hisobot ma’lumotlari o’rganish va qaror qabul qilishdan oladigan nafi hisobotni tushunishga sarflanadigan vaqti va mablag’idan kam bo’lganligi sababli, hisobotdan foydalanmaslikka qaror qiladi. Bu esa o’z navbatida subyektlarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimiga MHXSni qabul qilish bo’yicha tutgan o’rni ijobiy, biroq MHXS ni amaliyotda qo’llashni jadallashtirish va integratsiya jaroyonida faol ishtirok etishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Fikrimizni korporativ buxgalteriya hisobi va hisoboti haqida davom ettiradigan bo’lsak, buxgalteriya hisobi Moliya vazirligi tomonidan tartibga solinib kelinmoqda. O’z navbatida xo’jalik subyektlari o’rtasida raqobat va sog’lom muhitni shakllantirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini oshirish, moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish uchun ma’lum hisobotlar talab qilinadi. Ushbu hisobotlar faqatgina xo’jalik subyektining sog’lom faoliyatini nazorat qilishga yo’naltirilganligi bois, ushbu hisobotni statistik hisobot sifatida tasniflash mumkin. Huddi shu kabi Davlat Soliq Idoralariga ham soliqlarni to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanilishini nazoratga olish uchun hisobotlar talab qilinadi, ushbu hisobot foydalanuvchi va foydalanish qamrovi tor doirada bo’lganligi sababli ushbu hisobotni to’la qonli moliyaviy hisobot sifatida tasniflash maqsadga muvofiq emas. Xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilayotgan hisobotlar keng qamrovli bo’lib, undan foydalanuvchilar: aksiyadorlar, investorlar, xaridorlar, bank, mol yetkazib beruvchilar, mulk egalari, auditorlar va boshqa yuqori tashkilotlar, subyektning faoliyatidagi raqobatchilar va boshqa yuqori tashkilotlar, subyektning faoliyatidagi raqobatchilari va hamkorlari ushbu hisobot ma’lumotlariga tayangan holda moliyaviy, boshqaruv va boshqa sohalardagi qarorlarni qabul qiladi. Shu bois, moliyaviy hisobotlar bu subyektning yuzi va reklama vositasi hisoblanadi. Biroq hisobotda faqat yutuqlar emas, balki qaror qabul qilishda ta’sir qiladigan barcha holatlar o’z ifodasini topishi lozim.
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini me‘yoriy tartibga solish tizimi va uning asosiy elementlarini to‘rt pog‘onaga bo‘lish mumkin. Asosiy element pog‘onalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular bir – biriga ta‘sir qiluvchi biri ikkinchisini qamrab oluvchi tushunchalardir.
Pog‘onalar:
1) O‘zbekiston Respublikasi ―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun
2) O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari
3) Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar va boshqalar
4) Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonaning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki tashkiliy-uslubiy hujjatlar to‘plami. Bu tizim elementlari yuqoridan pastga qarab bir –biriga asosan tuziladi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga asosan, shu qonunga zid bo‘lmagan holda tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari esa Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―”Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar” ishlab chiqarishning huquqiy – me‘yoriy va uslubiy asosi hisoblanadi.So‘ngra yuqoridagi uchta pog‘onaning mantiqiy davomi Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonalarning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki hujjatlar to‘plami shakllantiriladi. BHMSlar quyidagi qismlardan tashkil topgan. Standart nomi, umumiy qoidalar, standartning maqsadi, amal qilish sohasi, qo‘shimcha axborot, asosiy tamoyillar, standart tarkibiga kiruvchi tushunchalar. BHMSlarning qo‘llanilishidan asosiy maqsad Buxgalteriya hisobini yuritish usullarini to‘liq va haqqoniy qo‘llanilishi va ularni yuritishda yuz beradigan kamchiliklar ichiga kirib borish, o‘z navbatida ushbu kamchiliklarni bartaraf etishdir. BHMSlar asosida olib boriladigan korxona siyosati nechog‘lik aniq va lo‘nda tuzilsagina xo‘jalik yurutuvchi sub‘ekt faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish, shunchalik aniq bo‘ladi. BHMSning ahamiyati shundaki, buxgalteriyada sodir bo‘ladigan har bir muomala standartlardan chetda qolmaydi, bu muomalalarni hisobga olishda tegishli standartlardan foydalaniladi, qolaversa korxona faoliyatining ko‘zgusi bo‘lgan moliyaviy hisobotni tayyorlashda va uni tekshirishda tegishli xulosalar yoziladi, undagi ma‘lumotlarni tahlil qilishda foydalaniladi.

Download 233.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling