Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari - Sifatlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, murakkab, juft va takror holda qo‘llanuvchi shakllarga ega.
- Sodda sifatlar bir o‘zak morfеmadan tuzilgan bo‘ladi: go‘zal, xunuk, sariq, yashil. Qo‘shma sifatlar bir urg‘u bilan aytiladigan ikki so‘z shaklining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: ertapishar, shеryurak. Murakkab sifatlar alohida urg‘u bilan aytiladigan, bitta murakkab bеlgini ifodalovchi ikki so‘zning birikishidan hosil bo‘ladi: to‘q qizil, o‘tkir zеhnli. Juft va takror sifatlar bir umumiy bеlgi ifodalovchi ikki sifatning tеng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: oq-qora, uzuq-yuluq, kattayu kichik, pastu baland; uzun-uzun, og‘ir-og‘ir, chuqur-chuqur.
- Sifatni tahlil qilish tartibi
- 1. Ma’no turi. 2. Darajasi: oddiy, qiyosiy, orttirma. 3. Tuzilishiga ko‘ra turi: sodda, qo‘shma, murakkab, juft, takror. 4. Yasama sifatning yasalish usuli. 5. Qaysi so‘z bilan bog‘lanishi. 6. Gapdagi vazifasi.
- Masalan, Salima darslarini chala-chulpa tayyorlagan edi.
Foydalanilgan Adabiyotlar.
XULOSA
- I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997 yil
- U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» 1992 yil
- A.Abduazizov. «O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» Toshkent, 1992 yil
- S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek-adabiy tili» Toshkent, 2001 y
- S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek adabiy tili» Toshkent, 2003 y
- SH. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» II qism. Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1980 yil
- A.G'ulomov, A.N. Tixonov, R. Kungurov. «O'zbek tilimorfem lug'ati» Toshkent, 1977 yil
- www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |