O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi iqtisodiyot fakulteti
Download 64.21 Kb.
|
Амалиёт хисоботи Рахмонова Тиллаой
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistratura bo’limi T.M.Raxmonova AUDIT-519-21 guruhi talabasi Boshlanish : 23.01.2023yil Tugashi : 06.05.2023yil
- Tashkilotdan ilmiy amaliyot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI MAGISTRATURA BO‘LIMI IQTISODIYOT FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI ILMIY(STAJIROVKA) AMALIYOTI BOYICHA HISOBOTI Magistratura bo’limi T.M.Raxmonova AUDIT-519-21 guruhi talabasi Boshlanish : 23.01.2023yil Tugashi : 06.05.2023yil Ilmiy (stajirovka) amaliyot joyi О‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat Tashkilotdan ilmiy amaliyot rahbari Institut tomonidan ilmiy amaliyot rahbari prof A.F.Xurramov Hisobot bahosi _________ Qarshi-2023 Mundareja Kirish
Amaliyot o‘talgan korxona haqida ma’lumot
Amaliyot davomida o‘rganilgan bo’lim va bajarilgan ishlar Korxona moliyaviy holati to‘g’risida ma’lumot Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlat
Mamlakatimizda moliyaviy va jamoatchilik institutlarini tizimli ravishda shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi, ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Auditorlik faoliyati xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati ochiqligini ta’minlashda muhim instrumentlardan biri hisoblanadi. Auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida auditorlik tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligiga baho beradi. Xususan, moliyaviy hisobotning to‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki ushbu moliyaviy hisobotga ishonib bo‘lmasligi haqida o‘zining asoslangan fikrini bayon qiladi. O‘z navbatida o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi barcha darajadagi korxona va tashkilotlarning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Biz ushbu mavzu yuzasidan amaliyot bulayotgan holatlarni о‘rganish, ularni tahlil qilish va kamchiliklar boʼyicha ilmiy-nazariy jixatdan tadqiqot utkazish maqsadida “Shurtan gaz kimyo majumasida” MChj da amaliyot utadik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi 4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorida barcha yirik soliq to‘lovchi korxonalar 2021 yilning 1 yanvar sanasidan boshlab moliyaviy hisobotlarni Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (keyingi o'rinlarda MHXS) asosida tayyorlashlari nazarda tutilgan boʼlib, 2021 yil 1 yanvardan boshlab “Shurtan gaz kimyo majumasida” MChj tomonidan Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida hisobot tayyorlana boshlangan boʼlib, hozirgi kunda 2021 yil va 2022 yillar uchun hisobotlar tayyorlanib boʼlingan. Korxona tomonidan 2021 yil uchun Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan hisoboti boʼyicha 2022 yilda “ERNST & YOUNG” halqaro auditorlik tashkiloti tomonidan ijobiy xulosa berilgan xamda 2022 yilda yil uchun xozir auditorlik xulosa berish uchun ushbu tashkilot tomonidan moliyavyi hisobtlar urganib chiqilmoqda. Ilmiy amaliyot magistratura talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘laydi va uni mustahkamlaydi. 70410101 – “Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bо‘yicha)” mutaxassisligi magistratura talabalari mutaxassislik fanlaridan 4 semestr davomida nazariy bilim oladilar. Bu davr davomida magistrantlar Buxgalteriya hisobini tashkil etish borasida milliy va xalqaro standartlari talablarini hamda korxonaning buxgalteriya, moliyaviy hamda boshqaruv hisobotlarini tuzishgacha bo‘lgan amallarni o‘rganadilar. Download 64.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling