O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment(mmb) guruh talabasi Otajonova Sabinaning


Download 136.42 Kb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi136.42 Kb.
#1540962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish, sertifikatlash va standartlashtirish

Bir turdagi xizmatlar

Umumiy talablarga doir standartlar

  • Turistik va ekskursion xizmatlarni amalga oshirish;

  • Ekskursiya;

  • Turistik safarlar; - Reklama - axborot

xizmatlari;

  • belgilash

  • xavfsizlik

  • ijroning aniq va o’z vaqtida bo’lishi

  • ergonomlilik

  • estetiklik

  • ekologik

  • qulaylik

  • kafolatlar va boshqalar

Xizmatlarni standartlashtirishning asosiy vazifalari:


- xizmatlar va turistlarga xizmat ko’rsatish sifat ko’rsatkichlari nomenklaturasini belgilash;
- xizmatlar turistlarga xizmat ko’rsatish va ularning nazorat usuli sifatiga o’sib borayotgan talablarni belgilash;
- xizmatlar xavfsizligi, aholi sog’ligini qo’riqlash, atrof-muhit himoyasi, ijroning aniq va o’z vaqtida bo’lishi, xizmat ko’rsatishning estetikligini ta’minlovchi talablarini o’rnatish;
- turistik xizmatlar sertifikatsiyasiga bo’lgan talablarni belgilash;
- turistik korxonalar faoliyati boshqa turistik ekskursion xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi korxonalar bog’liqligini ta’minlash;
- standartlashtirish sohasida terminlar va asosiy tushunchalarni aniqlashni va aholiga turistik-ekskursion xizmat ko’rsatish sifatini boshqarishni belgilash.
Aholiga turistik-ekskursion xizmat ko’rsatishni standartlashtirish obyektlariga quyidagilar kiradi:
- turistik xizmatlar;
- turistik-ekskursion xizmat ko’rsatish jarayoni.
O’zdavstandart Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan hamkorlikda xavfsizlikni, aholi sog’lig’i va hayotini, atrof-muhit himoyasi ijrosining aniq va o’z vaqtida bo’lishini, majburiy-umumiy talablarni, shuningdek, xizmat ko’rsatish turlariga tavsiya etuvchi talablarni o’rganadi. Ularning rasmiy qarashligidan qat’i nazar, barcha turistik-ekskursion xizmat ko’rsatish korxonalari va tashkilotlari tomonidan amal qilinishi kerak. Shuningdek, aholiga turistik-ekskursion xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi firmalar, qo’shma korxonalar va fuqarolarga ham tegishlidir. Aholiga turistik-ekskursion xizmat ko’rsatish sohasidagi standartlarning asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat:
• asosiy standartlar;
• umumiy texnik standartlar;
• ishlab chiqarish jarayonlari (texnologik, boshqarishni tashkil etishni ta’minlovchi) standartlari; • xizmatlar standarti.
Sertifikatlash – bu aholi salomatligini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari sifatini tartibga solish jarayonidir.Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlash nafaqat chetdan kelayotgan import tovar va xizmatlarga, balki mahalliy ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga ham tegishlidir.
Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2,5 mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifikatlanadi. Turizm va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish majburiy hisoblanadi.
Turizm sohasida tovar va xizmatlarni sertifikatlash quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi:
– inson hayoti, atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlarni, huquqiy va jismoniy shaxslar mulkini sotishni nazorat qilish;
– jahon bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash;
– iste’molchini insofsiz ishlab chiqaruvchidan himoya qilish;
– mahsulotning yaratilgan (kelib chiqqan, ishlab chiqarilgan) manzilini tasdiqlash;
– ishlab chiqaruvchi taqdim etadigan mahsulotlarningxizmatlarning sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.
Turizmda sertifikatlash «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida»gi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Uning obyektlari jumlasiga mahsulotlar, xizmatlar hamda sifat tizimlari kiradi.
Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlashning ikki turi qo‘llaniladi: ixtiyoriy va majburiy sertifikatlash. Ixtiyoriy sertifikatlash quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: uchinchi shaxslar yoki qo‘shma korxonadagi chet el sheriklari ishlab chiqariladigan tovarlar va taqdim etiladigan xizmatlar uchun qo‘shimcha sertifikatni talab qilgan vaziyatlarda foydalaniladi.
Sertifikat beruvchi davlat organi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Standartlash, sertifikatlashtirish va metrologiya agentligi («O‘zdavstandart») hisoblanadi. Bundan tashqari, alohida sertifikatlashtirish markazlari, tadqiqot labarotoriyalari, sertifikatni nazorat qilish organlari hamda «O‘zdavstandart» tomonidan tan olingan va akkreditatsiyadan o‘tgan sifat ekspert-auditorlari ham faoliyat ko‘rsatadi. Sertifikatlash muddati sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar va xizmatlarning toifasiga bog‘liq ravishda 1 kundan to 1 oygacha bo‘lishi mumkin.
Sertifikatlashtirish organiga beriladigan hujjatlar soni ham sertifikatlash muddatiga ta’sir ko‘rsatadi. Turistik korxonalarning turistik xizmatlarini sertifikatlash olti bosqichdan iborat.
O‘zbekistonda turizmni sertifikatlash jarayonining bosqichlari:
1. Buyurtmachi «O‘zbekturizm» MKga sertifikatlashni o‘tkazish uchun ariza beradi. Sertifikatlash bo‘yicha tashkilot uni qabul qiladi va qayd etadi.
2. «O‘zbekturizm» MK dastlabki tahlil o‘tkazish maqsadda mazkur hujjatning (korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar – korxona nomi, ustav fondi, rahbarning malakaviy darajasini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi) faqatgina bir qismini to‘ldirish taklifi bilan buyurtmachiga anketa-savolnomalarni jo‘natadi (u ariza bilan bir vaqtning o‘zida ham taqdim etilishi mumkin). To‘ldirilgan anketani olgandan so‘ng, «O‘zbekturizm» MK arizaga binoan sertifikatlash sxemasini tanlash bo‘yicha qaror qabul qiladi, xizmatlarni tekshirish natijalarini ko‘rib chiqadi, buyurtmachi va «O‘zbekturizm» MK o‘rtasida sertifikatlash bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risidagi shartnomani tayyorlaydi. Agar salbiy qaror qabul qilinsa, bu holatda uning sabablari buyurtmachiga yozma ravishda xabar qilinadi. Ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati – ariza qabul qilingan kundan boshlab1 oy.
3. Buyurtmachi turistik xizmatlarni sertifikatlash uchun to‘lovni amalga oshirib, shartnomani imzolagach, «O‘zbekturizm» MK sertifikatsiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha komissiyani tuzadi (komissiya tarkibi kompaniya xodimlaridan va shtatdan tashqari mutaxassislardan iborat bo‘ladi) va ishlarni amalga oshirishga kirishadi.
4. Komissiya sertifikatlash nazoratini buyurtmachiga anketasavolnomaning ikkinchi qismini to‘ldirishni taklifi etishdan boshlaydi (asosan, korxonaning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan savollar) hamda qator tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni suraydi. Turagentlikni sertifikatlashda idora (ofis, ish tartibi, aloqa vositalari va hokazo), litsenziya, turoperatorlar bilan shartnoma, ishchi xodimlar malaka-tajribasi va hokazolarni tekshiriladi.
5. Sertifikatsiya tekshiruvi tugaganidan so‘ng barcha materiallar asosida buyurtmachini sertifikatlashni o‘tkazish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi.
6. Komissiya tomonidan dalolatnoma tuzilganidan so‘ng «O‘zbekturizm» MK barcha materiallar ekspertizasini o‘tkazadi (dalolatnomani, ekspert xulosalarini, anketa natijalarini va hokazolarni) hamda imzolangandan so‘ng 10 kun muddat ichida qaror qabul qiladi:
a) maxsus reyestrda qayd qilingan sertifikatni berish to‘g‘risida;
b) hujjatni berishni rad etish to‘g‘risida. Agar buyurtmachi «O‘zbekturizm» MK qaroridan norozi bo‘lsa, u O‘zdavstandart qoshidagi maxsus komissiyaga appellatsiya (qayta ko‘rish uchun ariza) berish huquqiga egadir.
XULOSA

Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda turizm faoliyati litsenziyalanadi hamda bu jarayonni o’tkazish mexanizmi tegishli me’yoriy hujjatlar va qonun bilan belgilangan. Turizm biznesini tashkil etish uchun rasmiyatchilikni o’ziga xos xususiyatlarini bilish zarur, jumladan, litsenziyalash sohasini va boshqa ruxsatnoma xilidagi hujjatlarni mukammal bilish talab etiladi.


Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi quyidagi me’yoriy hujjatlar: «Turizm to’g’risida«gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189son Qaroriga asosan ishlab chiqilgan “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash choratadbirlari to’g’risida»gi Farmonda turizm sohasida litsenziya berish, sertifikatlashtirish hamda boshqa ruxsatnomalar berish tartibtaomillarini takomillashtirishga qaratilgan davlat tomonidan boshqariladigan bir qator prinsipial yangi mexanizmlar belgilab qo’yildi. Jumladan, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab turizm faoliyatiga litsenziya berish vazifasi Vazirlar Mahkamasidan yangi tashkil qilingan davlat qo’mitasiga o’tkazildi, bunda mehmonxonalar va odamlar yashaydigan boshqa joylarning litsenziya olishlari to’g’risidagi talab bekor qilindi.



Download 136.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling