Byudjet tashkilotlarida ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar. Schyotlar tizimi haqida tushuncha
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona mehnatga haq to’lash
shakllari,
tizimlari va miqdorini, shuningdek boshqa qo’shimcha haq va ustama haqlarni respublika qonun hujjatlari asosida mustaqil ravishda belgilaydi.
Ish haqi xodimlar daromadining asosiy manbasi hisoblanadi va korxona ishining pirovard natijalarini hisobga olgan holda ularning ishlab chiqarishga qo’shgan mehnat hissasi bilan belgilanadi.
Ish haqi mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni
bajarish, xizmatlar ko’rsatish) xarajatlarining kattagina qismini tashkil etadi. Ish haqi ishlab chiqarish (muomala) chiqimlarining bir qismi sifatida mahsulot tannarxini shakllantirishga va pirovardida korxona tomonidan foyda olinishiga ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun ish vaqtidan tashqari mehnatga haq to’lash va bir me'yordagi ish sharoitidan boshqa chetga chiqishlar singari ish haqiga doir noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ularga yo’l qo’ymaslikka e'tibor berish muhimdir.
Korxona buxgalteriyasining muhim vazifasi - ish haqini to’g’ri hisoblash va uni o’z vaqtida berishdir.
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi va u imzolangandan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to’g’risida imzolagan buyrug’i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona bo’yicha xodimlar jadvali ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi, unda barcha xodimlarning ro’yxati bo’lib, ular maoshining miqdori ko’rsatiladi.
Xodimlar bo’limida har bir xodimga shaxsiy varaqa to’ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi. Keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo’yiladi.