O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud


Download 1.14 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1544109
1   2   3   4
Bog'liq
himoya

Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud:

Diskont siyosati. Valyuta siyosatining shakli bo’lib, valyutani tartibga solishda foiz stavkasi orqali qo’llaniladi.

Deviz siyosati. Valyuta siyosatining shakli bo’lib, valyutani tartibga solishda valyuta intervenstiyasi orqali qo’llaniladi.Ma’lumki, markaziy bank deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta intervenstiyasi hisoblanadi.

Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi. O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha yig’ilishlar bo’lib o’tdi. Jumladan, 1975 yil Rambueda (Fransiya) oltita yetakchi mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida; 1976 yiddan "Katta yettilik"ni (AQSh, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig’ilishlarini sanab o’tish mumkin.

Mustaqillikning ilk yillarida hali yagona rubl hududini barpo etish jarayonida valyuta siyosatining huquqiy bazasi shakllantirildi. 1993 yilning may oyida “Valyutani tartibga solish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuni10 qabul qilindi. Xalqaro kredit hisob – kitoblari va ichki ho’jalik mexanizmi munosabatlarida, valyuta resurslarini boshqarish va tartibga solishda davlat organlariga vakolat berishda, valyuta qimmatliklariga ega bo’lish, foydalanish, tasarruf etishda jismoniy, yuridik va chet el fuqarolarining huquq va majburiyatlarini belgilashda, shuningdek, ularning

valyuta nazorati asoslari va respublikaning valyuta boshqaruvi siyosatida qonunchilikni buzish oldidagi javobgarliklarni aniqlashda mazkur qonun tayanch tamoyillarni taqdim etdi. So’m kuponning oraliq to’lov vositasi sifatida muomalada bo’lishi davomida O’zbekiston hukumati tomonidan xorijiy valyuta bo zorini rivojlantirish uchun qator chora – tadbirlar ishlab chiqildi. 1994 yilda xorijiy valyutadagi foydadan soliq olish yo’lga qo’yildi. Ushbu soliq Respublikaga valyuta fondiga 10% hisobida, mos mahalliy hokimiyat organlarning valyuta fondlariga 5% hisobida to’lanadigan bo’ldi. Xorijiy valyutadagi foydadan soliq to’lovchi korxona, bir paytning o’zida O’zbekiston respublikasi Markaziy Banki va Moliya vaziligi o’rnatgan tartibga muvofiq xarijiy valyutadagi foydaning 15% ini Markaziy Bankka sotuvni amalga oshirishga majbur edi12. Yuqoridagi soliq 1994 yil 15 aprelda bekor qilindi va ushbu sanadan e’tiboran uning o’rniga barcha korxonalar uchun xorijiy valyuta fondining 30%ini Markaziy Bankka majburiy sotish yo’la qo’yildi. Mazkur 30%ning 10%i Moliya vazirligi tomonidan Respublika valyuta fondiga yo’naltirilish uchun, 5%ini mahalliy hikimiyat organlari tomonidan mahalliy valyuta fondini shakllantirish uchun sotib olinadigan bo’ldi.


O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish bosqichlari

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling