O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Download 1.14 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1544109
1   2   3   4
Bog'liq
himoya

1994 yil 15 apreldan O’zbekiston respublikasi huhudida Rossiya Federatsiyasi Markaziy Banki tomonidan chiqarilgan banknotlarni muomalaga qo’yish va ular orqali bo’ladigan barcha to’lov ko’rinishlarini qabul qilish ta’qiqlandi. Shu paytning o’zida erkin konvertirlanuvchi valyutada mahsulot sotish va xizmat ko’rsatishga ruxsat berildi

Xususan so’m kuponning to’lov vositasi sifatida muomalada bo’lishi davomida uning ayirboshlash kursi norasmiy bozorda 1 AQSH dollari uchun 1993 yil noyabrdan 2000 so’m kupondan 1994 yil iyulgacha 35 000 so’m kupongacha keskin o’zgarib bordi. Bu paytda so’m kuponning rasmiy ayirboshlash kursi 1 AQSH dollari uchun 1200 dan atigi 5000 so’m kupongacha o’zgardi xolos. Tabiiy ravishda aholining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali xorijiy valyuta sotishi amaliy jihatdan mutlaqo amalga oshmadi.

Milliy valyutani muomalaga kiritish zaruriyati quyidagi salbiy oqibatlar va ular ta’siriga tushmaslik natijasida vujudga kelgan edi:

  • Tovar bilan ta’minlanmagan rublning emissiya qilinishi;
  • Sobiq ittifoqdosh respublikalardan, jumladan qo’shni respublikalardan rublning mamlakatga oqib kelishi;
  • Inflyastion jarayonlarning kuchayishi;
  • Rubl zonasi doirasida pul-kredit nazoratining susayishi;
  • «Rubl zonasi»dan mustaqil respublikalar, shu jumladan O’zbekistonni iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaram qilib qo’yish va boshqalar.

So’mning konvertatsiyasi va uning valyuta siyosatiga ta’siri

Valyuta konvertastiyasi deganimizda bu bir davlatning valyutasini ikkinchi bir davlatning valyutasiga almashtirish tushuniladi. Qattiq valyutalar bilan bir qatorda qattiq bo’lmagan valyutalar bor. Qattiq valyuta deganda valyutaning boshqa davlatlar valyutasiga erkin ayirboshlanishi tushuniladi. Bularga AQSh dollari, Anglya funt sterlingi, Evropa evrosi, Yapon enasi va Shvetsariya franki misol bo’la oladi. Milliy valyutaning konvertastiyasiga erishish uchun birinchidan davlat o’zining milliy valyutasiga ega bo’lishi kerak. Milliy valyutani barqaror saqlab turish kerak. Milliy valyutani barqaror ushlash yo’llaridan biri iqtisodiyotni monetar siyosat orqali tartibga solishdir. Muomaladagi pul massasini tartibga solish, naqd pul mablag’larining, Moni, kerakli miqdoridan ortiqcha muomalaga chiqarmaslik, davlat byudjetining kamomadini pul emissiyasi yuli bilan qoplashni kamaytirish kabi chora - tadbirlar qo’llash zarur. Iqtisodiyotning rivojlanishi ma’lum bir bosqichga yetkizgandan keyin milliy valyutaning konvertastiya qilinishi masalasini o’rtaga tashlash lozim.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling