O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Download 86.54 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi86.54 Kb.
#1559188
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asqaraliyev Islomjon 111 20-g UPP 1-M

Assotsiativ psixologiya. F.Bekon va T.Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elementlarni aniqlashdan iborat edi. YUqorida aytilganday, F.Bekon bilan T.Gobbs tasavvur hamda sezgini shunday elementlardir deb hisobladilar. Psixologlar psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va jarayonlarga birikishidan bo’ysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan: T.Gobbs psixik hodisalar intilish va qochish qonuniga bo’ysunadi deb hisoblagan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari David YUm va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar g`oya – tasavvurlarning yaxlit bo’lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta`limotni ilgari surdilar. Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta`limot bir vaqtda ham idealistik, ham materialistik yo’nalishda paydo bo’ldi. Idealistik yo’nalishning vakili va umuman assotsiativ oqimning asoschisi David YUm (1711-1776 y.) edi. Uning ta`limotiga ko’ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsullari va o’zining “men” ekanligi (o’z-o’zini) anglash, o’zaro tashqi bog`lanishlar – assotsiatsiyalar bilan bog`langan “tasavvur birikmalari”dir, xolos.
Materialistik oqimning vakillari Gartli (1705-1757 y.) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804 y.) edilar. Ular assotsiativ tasavvurlarni miyadagi fiziologik bog`lanishlarga tenglashtirib qo’ydilar. Gartli psixologiyaga ruhning fizikasi deb qaradi.
D.Pristli barcha psixik jarayonlar miyaning tebranishlaridir, deb jar soldi. U psixik va fizik hodisalar o’rtasidagi printsipial farqni inkor qildi va psixologiyaga fiziologiyaning bir qismi deb qaradi.
Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli haqidagi ta`limot XIX asrda juda keng tarqaldi. Empirik psixologiyaning ichida “assotsiativ psixologiya” deb atalgan alohida oqim paydo bo’ldi. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida hukmron mavqeni egallab oldi.
XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Mil (1773-1836 y.), Djon Styuart Mil (1806-1837 y.), Aleksandr Ben (1818-1903 y.), Gerbert Spenser (1820-1903 y.) edilar. Bularga Frantsiyada T.Ribo (1829-1916 y.), Germaniyada Teodor TSigen (1862-1950 y.)larni va qisman Ebbingauzni (1850-1909 y.) ham kiritish mumkin.
Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik jarayonlar (xotira, tafakkur, nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo’lgan sezgilardan va ularning nusxasi bo’lgan tasavvurlardan hosil bo’ladi deb da`vo qildilar. Ayrim sezgi va tasavvurlar assotsiatsiyalarning qonunlariga binoan, o’zaro mexanik bog`lanishlar bilan birlashadilar. Masalan, xotira jarayonlari assotsiatsiyalarga tenglashtirib qo’yiladi, ya`ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushirish esa avval mustahkamlangan assotsiatsiyalarning jonlanishidir. Assotsianistlarning fikricha, tafakkur ruhning alohida bir qobiliyati yoki maxsus psixik qobiliyati emas, tafakkur ham faqat tasavvurlarning assotsiatsiyalar qonuniga binoan harakatlanishidir. Masalan, muhokama faqat ikkita tasavvurning assotsiatsiyaga bog`lanishidir. Bunda ongning boshqa jihatlari yo’q. Xulosa chiqarish ikki yoki bir qancha hukmlarning assotsiatsiyasi (bog`lanishi)dir, ulardan ham assotsiatsiya bo’yicha yangi hukm hosil qilinadi, ya`ni xulosa chiqariladi. Tushunchalar ham bir qancha so’zlarning o’zaro o’xshash tasavvurlar bilan bo’lgan assotsiatsiyasi (bog`lanishi)dir deb ta`riflanadi.
Assotsiativ psixologiya vakillarining fikricha, nutq ham tasavvurdir. Masalan, Ebbingauzning aytishicha, nutq – bu “ikki element”ning mustahkam assotsiatsiyalar bo’lib qo’shilishidir: bir tomondan, so’z va gaplarning ularning ma`nolari bilan, ikkinchi tomondan esa so’z va gaplarning narsalar bilan birikishidir. Gap va so’zlarning haqiqiy mohiyati nutq organlari faoliyati orqali hosil bo’ladigan, “ohang va shovqinlar”dan va bu faoliyat natijasida harakat va holatni sezishdan, ya`ni eshitish va kinestetik yoki nutq taassurotlaridan iboratdir.
Qayd qilingan har ikkala so’z elementlari ham o’zaro mustahkam assotsiatsiyalar bilan bog`langan, deb ta`kidlaydi Ebbingauz. Nutq jarayonlarida, ya`ni fikrning shakllanishida, fikrni o’zgalarga bayon qilishda va o’zgalarning fikrini o’zlashtirishda assotsiativ jarayonlar, alohida tasavvurlar, xususan so’zlarning asosiy elementlari bo’lgan harakat (kinestetik) tasavvurlar bilan tovush tasavvurlari o’rtasida bog`lanishlar hosil bo’ladi. Nutq maxsus funktsiya sifatida tafakkur bilan tashqi – assotsiativ bog`lanishlardan tashqari hech qanday munosabatda bo’lmaydi.
Bu psixologlarning ta`limotiga ko’ra, diqqat ongimizda qolgan barcha tasavvurlarni siqib chiqargan, qandaydir bitta tasavvurlar gruppasining hukmron bo’lishi bilan izohlanadi, emotsiyalar xush va noxush hislarni anglash bilan birlashgan sezgi hamda tasavvurlar yig`indisidir va hokazo. Assotsianistlar inson shaxsining o’zini ham o’z tanasini sezishga va shunga mos keladigan tasavvurlarga “tasavvurlar birikmasi”ga asoslangan ancha barqaror va doimiy psixik hodisalar komplekslari deb tushunadilar.
Assotsiativ psixologiya vakillarining xizmati shundan iboratki, ular ongning yuksak murakkab jarayonlarini, ya`ni tafakkur, nutq va irodalarni tajriba asosida (asosan o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan) o’rganishni diqqat markazida tutdilar.
Biroq keyinchalik assotsiativ psixologiya vakillari va boshqa psixologlarning bu ta`limoti amalda o’zining yaroqsizligini ko’rsatdi. Psixik hayotning murakkab hodisalarini faqat assotsiativ jarayonlarga tenglashtirib qo’yish mumkin emasligi ma`lum bo’ldi.
Tafakkur jarayonini har tomonlama tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, tafakkurda mavjud bo’lgan ba`zi vaqtlarni tafakkurlarning oddiy assotsiatsiya yo’li bilan oddiy bog`lanaverishlariga tenglashtirish mumkin emas va shu vaziyatlar bilan tafakkur oddiy assotsiativ jarayonlardan tubdan farq qiladi.
Biz assotsiativ jarayonda, avvalo, tasavvurlar harakatini ko’ramiz, bunda ongimizda hosil bo’lgan har qanday tasavvur avvalgi tasavvurlar yoki idrok tufayli hosil bo’ladi. Lekin, bir xil turtki (idrok yoki tasavvur) orqali birin-ketin paydo bo’lgan tasavvurlar o’z yo’lida har xil yo’nalishlarga ega bo’lishlari mumkin.
Birinchidan, tafakkurda ham, albatta, tasavvurlar yoki boshqa psixik mahsullar (hukm tushuncha)ning harakati sodir bo’ladi. Lekin bu erda bu harakat avvalgi idrok va tasavvurlar turtkisi sodir bo’lmasdan, balki dastavval qo’yilgan maqsad va vazifa bilan belgilanadi va boshqariladi. Tafakkur maqsadga muvofiq yo’naltirilgan jarayondir. Tafakkur jarayoni hamma vaqt birorta masalani hal qilishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ikkinchidan, assotsiativ jarayonlar esa passiv jarayonlardir. Assotsiativ qonunga binoan tasavvurlar harakati go’yo o’z-o’zicha ro’y beradi, bu harakat oldindan belgilanmasdan, ongli kuch sarflanmagan holda boraveradi. Agar tasavvurlarning assotsiativ oqimida aktivlik bo’lsa ham, u beixtiyor aktivlikdir.
Bu o’rindagi beixtiyor aktivlik shaxsning emotsional holati bilan mavjud tasavvurlar tufayli ro’y beradigan emotsional vaziyatlar bilan belgilanadi.
Tafakkur esa, aksincha, oldindan ongli kuch (diqqat) sarflash yo’li bilan sodir bo’ladigan jarayondir. To’g`ri, tafakkur jarayonlarida ham passiv xolatlar bo’ladi, lekin ular bu o’rinda faqat qo’shimcha va yordamchi ahamiyatga ega bo’ladilar. Passiv xolatlar tafakkurni belgilab bermaydilar, ular birlamchi emas, balki ikkilamchidir, ko’pincha aqliy taraqqiyotning yuksak bosqichlarida paydo bo’ladilar.
Uchinchidan, assotsiativ jarayonlarda faqat esga tushirish, tajribadan hosil bo’lgan, sezilgan va idrok qilingan narsalardan nusxa ko’chirishgina bordir. Tasavvurlar assotsiatsiyasi faqat reproduktiv (takrorlovchi) jarayondir. Bu jarayonlarda ongimizda yangi mazmun hosil qilinmaydi.
Tafakkur mahsuldor (produktiv) jarayondir. Bunda ongimiz yangi mazmunga, yangi mahsulotga ega bo’ladi. Bu yangi mahsulot ob`ektiv borliqning shunday vaziyatlarni aks ettiradiki, bu momentlarni bevosita sezgi organlari orqali bilish mumkin emas, binobarin, tasavvurlarda ham takrorlash mumkin emas.

Download 86.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling