O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Download 86.54 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi86.54 Kb.
#1559188
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asqaraliyev Islomjon 111 20-g UPP 1-M

assotsiativ oqimi vujudga keldi. Assotsiativ oqimining asoschisi David YUm (1711-1776) bo’lib, uning maslakdoshlari David Gartli (1705-1757), Djozef Pristli (1733-1804) psixik hodisalar, holatlar, jarayonlar, tasavvurlarning yaxlit bo’lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta`limotni yaratdilar.
Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egalladi. Asrimizning boshlarida Germaniyada Vyurtsburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K.Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Nartsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish mumkin. Ushbu maktab namoyondalari o’zlarining eksperimental tadqiqotlari bilan tafakkur muammosining rivojiga ma`lum darajada hissa qo’sha oldilar.
XIX asr oxirlarida, aniqrog`i, 1879 yilda nemis olimi Vilgelm Vundt Leybnits universitetida dunyoda birinchi eksperimental psixologik laboratoriyaga asos soldi, unda o’tkazilgan yuzlab tajribalar va eksperimentlar psixologiyaning ham alohida fan sifatida o’zini ko’rsatishga haqli ekanligini isbotladi. Aynan shu insonning psixologiya ilmi maktabini yaratganligida ma`no bor. CHunki V.Vundt tibbiyot fani bo’yicha ham mukammal bilimlarga ega bo’ldi, keyin fiziologiya sohasida muvaffaqiyatli ishladi, so’ngra falsafaga berilib ketdi. Balki, aynan bir qator fanlarni – ham gumanitar, ham tabiiy fanlar asoslarini yaxshi bilganligi ob`ektiv sabab bo’lgandirki, olim inson psixologiyasi, unda ro’y beradigan jarayonlar – oddiy sezishdan tortib, mavhum tafakkurgacha bo’lgan jarayonlarni, hissiy holatlarni amaliy tarzda eksperimentlarda o’rgana boshladi. Uning maqsadi – eng avvalo inson ongini tashkil etuvchi sof elementlarni ajratib olishdan iborat edi. SHuning uchun ham psixologiyada u asos solgan yo’nalish strukturalizm deb nomlandi.
V.Vundtning ta`siri shu qadar kuchli bo’ldiki, er kurrasining boshqa bir tomonida – Amerika Qo’shma SHtatlarida
Download 86.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling