5. Xorijiy davlatlarda narxni tartibga solish tajribalari
AQShda 10-15 % narxlar davlat tomonidan tartibga solinadi. Davlat tomonidan narxlarni tartibga solish ishlab chiqarish xarajatlarini subsidiyalash vositasida hamda ishlab chiqaruvcliilarga sotish narxlarini kafolatlasli yordamida ham amalga oshiriladi. AQShda bozor narxi kafolatlangan quyi chegaradan tushib ketgan taqdirda davlat budjetidan ishlab chiqaruvehilarga subsidiyalar ajratiladi.
- Yaponiyada narxlarni tartibga solish uchun hukumatning maxsus narx byurosi mavjud. Byuro vazirliklarni minimal narxlar bo'yicha bergan takliflariga xulosa beradi. Fransiyada qishloq xo'jaligi mahsulotlari, gaz, elektr energiyasi, transport xizmatlari narxlari to'g'ridan to'g'ri tartibga solinadi. Shvetsariyada narxlarni nazorat qilish bo'yicha federal muassasa mayjud. Narxlar asosan davlat tomonidan moliyalashtiriladigan tarmoqlarda, xususan qishloq xo'jaligi, transport, ta'lim, sog'liqni saqlash sohalarida tartibga solinadi.
6. Davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati iqtisodiyotni tartibga solish shakllaridan biri sifatida
Tovar va xizmatlami sifatiga bog'liq bo'lmagan holda narxning oshishi bevosita inflatsiyani yuzaga keltiradi. Inflatsiya pul birligini qadrsizlantiradi va xarid qobiliyatini pasaytiradi. Ishlab chiqarishdagi nomutanosiblik, avvalo, pul massasining tovar va xizmatlar massasiga mutanosib emasligi inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab hisoblanadi va u tovar va xizmatlar bilan ta'minlanmagan pulni chiqarilishi bilan bog'liqdir.
Inflatsiya jamiyatni barqaror rivojlanishini izdan chiqaradi, ko'zda tutilmagan taqsimlash jarayonlarini, kapitalni qayta taqsimlashni, bankdagi jamg'armalarining qadrsizlanishi va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.
Davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati va uning zarurligi inflatsiya iqtisodiy o'sishni pasaytirishi va ba'zi hollarda ishlab chiqarishni inqiroz sabablaridan biri bo'lishi bilan asoslanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |