O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
Daromadlarni davlat tomonidan qayta taqsimlash g’oyasi, maqsadi va dastaklari
Download 17.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqIQTISOD ERALI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-keys masala
2. Daromadlarni davlat tomonidan qayta taqsimlash g’oyasi, maqsadi va dastaklari.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet tizimi orqali aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi. Bundan ko‘zlangan ―...maqsad – iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi, eng muhimi, odamlarning hayot darajasidagi jiddiy tafovutni bartaraf etishdir‖ O‘zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, byudjetning ijtimoiy yo‘naltirilganlik tavsifi saqlab qolinadi. Davlat byudjeti harajatlar qismining 60 foizdan ortig‘i ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishga qaratiladi. Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o‘ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‘arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o‘zida qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o‘zgartirishda respublikada joriy etilgan yangi yagona ta‘rif setkasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash imkonini berdi. Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi - ichki iste‘mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada ushlab turish hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab - quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib boriladi. Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy sohani rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. ―Harakatlar strategiyasida uning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi: aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish; aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish; arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta‘minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish; yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. 3-keys masala Ipoteka banki SARDOR fermer xo’jaligiga yillik ssuda foizi stavkasi 20 % hisobidan bir yil muddatga 1 mln so’m qarz berdi. Fermer xo’jaligi kredit uchun qancha haq to’lashi kerak. Yechish: (1 000 000:100)*20=200 000 jami 1200 000 ssuda uchun 200 000 Download 17.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling