O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Download 17.23 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi17.23 Kb.
#1568785
  1   2
Bog'liq
IQTISOD ERALI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT NAZARIYASI
Fanidan MMT 74 guruh
Avlayarov Eroli
Oraliq nazorati 21 variant
1. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
2. Daromadlarni davlat tomonidan qayta taqsimlash g’oyasi, maqsadi va dastaklari
1 . Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha darom adlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi ham daromadlardagi farqlarni bartaraf qila olmaydi. O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi sabablar:  kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatidagi farqlar;  yangidan yaratilgan qiymatning taqsimotidagi notenglik;  ayrim kishilarning merosga egaligi, tasodifiy omadi kelishi;  kishilarning tadbirkorlik layoqatidagi farqlar;  mehnat bozoridagi monopoliya va turli xil kamsitishlar; Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi farq daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib farq yo‘qoladi.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng yuqori va 10% eng kam ta‘minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 8 barobarni tashkil etgan. Bu jahonda eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir. Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffistienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatgich italiya iqtisodchisi va statistigi Korrado DJini (1889-1965) nomi bilan ataladi. Mazkur ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya‘ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi.Jamiyat a‘zolari daromadlari tenglashib boradi.
Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi, bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulkka uy-joy, ko‘chmas mulk, aktsiya (va boshqalar)ga ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan oilalarning to‘plagan mol-mulki meros qoldirilishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro‘y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste‘mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlilikni ta‘minlab borish muammolari yuzaga chiqadi. Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a‘zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta‘minlashga qaratiladi. Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va tengsizlikni yumshatishning eng zo’r vositasi hisoblanadi.

Download 17.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling