Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻzbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli


Download 0.65 Mb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1577665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1KURS ISHI AXMATJONOVA XURSHIDA автовосстановление

1.3 Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli
Insonning motivlar oqimi to’g’risida mulohazalar. Insonning motivlari tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo’naltirishning strategik rejasini ishlab chiqish muammosini psixologik jihatdan tushuntirish uchun bolaning psixik rivojlanishi tahliliga o’ziga xos ravishda taktik yondashish ma'qul. Shaxsning motivlari oqimi muammosi uning ham metodologik, ham nazariy munosabatni tekshirish demakdir. Chunki to hozirgi davrgacha sobiq sovet psixologiyasida uning ko’pgina qismlari o’z yechimini topa olmagan. G’arb mamlakatlari hamda AQSh psixologlari orasida "biologik eshtiyojlar asosida inson motivlari yotadi", degan qarashlar majmuasi keng ko’lamda qo’llanib kelinmoqda. Chunonchi, AQSh psixologi B.Damellning fikricha, to’qimada vujudga kelgan ehtiyojlar qo’zg’atuvchining asosiy manbai hisoblanadi. Mazkur g’oya yuzasidan mulohaza yuritgan Danlep esa "qo’zg’alish biologik to’qimalardan chetga chiqmaydi", degan fikrga qat'iy ishonadi. Gilfordning ta'kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan" iboratdir. Lekin muallif o’z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi. Bu vaziyatni baholashda psixologik muammolar oqimi bilan motivlarning biologik oqimi o’rtasida yuz beruvchi o’zaro o’rin almashishning sodir bo’lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqmaslik lozim. Chunki biologik hartlangan reja faollik manbai o’zaro o’rin almashish jarayonlari assimilyasiya va dissimilyasiya sifatida namoyon bo’ladi. Holbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan, ular birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi.
Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari. Ikki-uch yoshli bolaning motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan, shuningdek, ularning qat'iy ierarxiyasi yo’qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo’ladi. Bola shaxsiga aloqador motivlar tizimi bir qator motivlar yig’indisini ifodalovchi, o’zaro bir-biri bilan tasodifiy o’rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni o’zaro o’rin almashish jarayonida yagona anglashish darajasidagi nazorat tizimiga bo’ysunmaydi. S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif beradi: "Bevosita bolaga ta'sir etuvchi har bir qo’zg’atuvchi (qo’zg’ovchi) ilk bolalik davrida uning o’sishida hukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar hali mustaskam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa quzg’atuvchi hukmronligiga tobe bo’lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib motivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog’liq. Muallif vaziyatning stixiyali ta'siri haqida mulohaza yuritib, u bolalik beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta'sirini ko’rsatib turishini ta'kidlaydi. Nazariy va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat xususiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang’ich genetik qobig’idagi shakllanish pallasidagi motivining dinamik asosi - xatti-harakati qo’zg’alishini muvaqqat, tor mhitidan tashkil topadi. Chunki bola shali motivlashgan ustanovkalarni uzoq vaqt ushlab tura olmasligi sababli u tez yo’qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi qo’zg’alishlarda bola chalg’isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi. Eshtiyoj qondirilishida, affektiv reaksiyalarda, chalg’ish jarayonida qo’zg’alish berilgan vaqt doirasidan chetlashadi. Psixologik doiradagi boshqarishning o’ziga xos vositalari, faoliyatni tashkil etishni ta'minlovchi motivlar - inson faoliyatining energetik darajasini strukturaviy aks ettiradi. Bolaning intellektual darajasi va bilimlarning yetarli emasligi oqibatida kichik bir amaliy tajriba yaqqol amaliy faoliyat muhitini siqib chiqarishi mumkin. Bola biron-bir ob'ektga yo’naltirilgan faoliyatni, uni boshqarishni yuksak funksional energetik bosqichida motivlarni o’z holicha uzoq vaqt saqlab yurish imkoniyatiga ega emas. Inson faoliyatining samaradorligi (mahsuldorligi)ni oshirish haqidagi psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan dalillab berdi. L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tahlil qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi hamda ularning har birini alohida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi mustaqil faoliyat strukturasining takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina motivlar tuzilishining takomillashuvi va rivoji namoyon bo’ladi. Muallifning fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan maqsadga bo’ysundirilishi kichik maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy xulq-atvor shakllanishining boshlang’ich davri bo’lib hisoblanadi..


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling