O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Download 34.13 Kb.
bet9/10
Sana23.01.2023
Hajmi34.13 Kb.
#1113667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
geologiya 2 (15)

Termal metamorfizm.
Magma litosferaning yuqorigi qatlamlarigako'tarilishidan cho'kindi va boshqa jinslarini ko'tarib yoki yorib chiqib,atrofidagi tog’ jinslarini o'z issiqligi bilan qizitadi, bir qismini eritadi va ular bilan ximiyaviy reaksiyaga kirishib, o'zgartiradi. Termal metamorfizmni muhim xillaridan kontakt metamorfizm hisoblanadi. Bu hodisa intruzivga yondosh jinslar bilan sodir bo'ladi. Bu jarayon ikki xil tog’ jinsi chegarasida vujudga kelgani uchun kontakt metamorfizmi deb yuritiladi. Kontakt metamorfizm o'z navbatida ikkiga: kontakt termal metamorfizmga va kontakt metasomatik metamorfizmga bo'linadi. Kontakt termal metamorfizmda endo va ekzokontakt o'zgarishlar kuzatiladi. Birinchisiga intruziv jinslar chegarasidagi o'zgarishlar, ikkinchisiga atrof jinslardagi o'zgarishlar kiradi. Termal metamorfizm xillaaridan biri pirometamorfizmdir. Bunda o'zgarishlar suyuq lava va undagi atrof jinslar bo'laklari o'rtasida ro'y beradi. Kontakt metasomatik metamorfizimda magma suv va karbonat kislotasi bilan birga boshqa elementlarni ham chiqarib yoki qabul qilib atrofdagi jinslarning ximiyaviy tarkibini o'zgartiradi. Bu jarayonda skarnlar, rudali, metasomatik jinslar paydo bo'ladi. Termal metamorfizmning regional metamorfizmdan farqi bosimning kuchsizligi va magmaning yon jinslarga qisqa vaqt ta’sir etishidadir. Shuning uchun o'zgargan tog’ jinslarining zonasi uncha katta bo'lmay, u faqat ikki jins kontakti atrofida mavjud bo'ladi. Natijada magma yonidagi cho'kindi jinslar qayta kristallanadi, ba’zan hatto ximiyaviy tarkibi o'zgarib ketadi. Masalan, kontaktga yaqin joydagi ohaktosh qatlami kristallanib marmarga aylanadi. Gil va qumtoshli jinslar rogovik va kristalli jinslarga aylanadi. Magma chegarasidan uzoqlashgan sari cho'kindi jinslar metamorfizmning intensivligi kamaya boradi. Bunday jinslarni yer yuziga chiqib qolgan va yemirilgan joylarda uchratish mumkin. Masalan, O'zbekistonning g’arbidagi Qoratepa va Zirabuloq tog’laridagi granit intruzivi kontaktdagi jinslar bunga juda yaxshi misol bo'la oladi.

Download 34.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling