O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 247.5 Kb.
|
Kurs ishi Shahlo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
Mavzuning dolzarbligi
Davr va fanlarning taraqqiyoti tadqiqotchilar zimmasiga har doim yangi mas‘uliyatni yuklaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda erishilgan milliy istiqlol va jamiyatda yuz bergan ma‘naviy-mafkuraviy o‘zgarishlar fanlar, xususan, o’zbek tilshunosligi kabi milliy fanlar oldiga muayyan talablarni qo‘ydi. Ma‘lumki, tilda, chunonchi, uning grammatik qurilishida ham, millat ruhiyati aks etadi. Prezidentimiz «Ona tili – millatning ruhidir» iborasini bejiz ta‘kidlamagan edilar. Istiqlol sharofati o‘laroq, o’zbek tili hodisalarini uning substansial tabiatidan kelib chiqqan holda tekshirish o’zbek milliy ma‘naviyatini o‘rganish, milliy mafkura va milliy g‘oyani targ‘ib qilishning ko‘rinishlaridan biriga aylandi. Bu esa o’zbek tili grammatik hodisalariga ham unda milliy ruhiyat aks etgan mavjudlik sifatida yondashishni taqozo qiladi. Bu – birinchidan. Ikkinchidan esa, grammatik hodisalarni o‘rganishning yangi bosqichiga ko‘tarilish, ya‘ni grammatik hodisalarni o‘zbek tilshunosligidagi lisoniy tizim yaxlitligi qonuniyatidan kelib chiqqan holda turli umumiyliklar majmuidan iborat butunlik sifatida tekshirish, grammatik ma‘noni tarkibiy qismlarga bo’lib o‘rganishni, ularning nutqiy voqelanishini lisoniy va nolisoniy omillar yaxlitligida o‘rganishni taqozo qiladi. Bu dissertatsiya mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Ko’makchining morfologik ma’no ifodalash imkoniyati uning sintaktik imkoniyatidan keng. Chunki ular mustaqil so’z va gapga qo’shimcha ma‘no yuklashi bilan ahamiyatli. Shu sababli ko’makchi kelishik bilan qo’llanishga ehtiyoj sezadi. Ko’makchilar grammatik vazifa jihatidan ayrim kelishiklar bilan sinonim hisoblanadi: uchun, tomon ko’makchilari jo’nalish kelishigi bilan (onam uchun oldim – onamga oldim, maktab tomon bordim – maktabga bordim); orqali, bilan ko’makchilari o’rin-payt va chiqish kelishiklari bilan (telefon orqali gaplashdim – telefonda gaplashdim, radio orqali eshitdim – radiodan eshitdim) bilan sinonim bo’la oladi. Kurs ishining vazifalari Yordamchi so‘zlar haqida ma’lumot Yordamchi so‘zlarning turlari Ko‘makchi haqida umumiy ma’lumot Ko‘makchining turlari va uning vazifalari Boshlang‘ich sinflarda ko‘makchi mavzusini o‘qitish metodlari Download 247.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling