O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 0.54 Mb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1591125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit audit34

22.Masala.
Bir tashkilotni tekshirish chog’ida, auditorning buxgalteriya hisobi, audit, hisobot yoki boshqa kelishuvlarning o’ziga xosligi holatlaridagi printsiplar bo’yicha fikri faoliyat ko’rsatayotgan buxgalter fikriga mos kelmadi. Ushbu vaziyatda auditor qanday yo’l tutishi lozim.
23.Masala.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlardan korxonadagi ayrim tushunmovchiliklarni hal qilish maqsadida quyidagi masalalar yuzasidan maslahat va amaliy tavsiyalar berish so’raldi:
Yuridik shaxslardan olinadigan yer so’lig’ini kimlar to’lamaydi?
Yer uchastkasidan birgalikda foydalanilganda korxonalardan olinadigan yer solig’ini kimlar to’laydi?
24 masala “Sharq” XF mualliflik sharti bo’yicha 1 mln. So’m to’lab, “buxgalteriya hisobi nazariyasi” kitobini 5 yil davomida 400ming nusxada nashr qilish huquqini sotib oldi. Hisob siyosatida amortizatsiya hisoblash usuli to’g’ri chiziqli usul deb tanlangan. Yil davomida hisoblangan amortizatsiya so’mmasiga berilgan provodka quyidagicha:
Debet 2010 – 400000so’m
Kredit 0500 – 400000so’m
Savol. Agar siz auditor bo’lganingizda, ushbu vaziyatni qanday baholagan bo’lar edingiz?
24.Masala.
“ MAX-CHIQ” OAJda o’tkazilayotgan auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlarga jamiyat buxgalterlari tomonidan jamiyatga chet ellik aksiyador tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi bo’yicha operatsiyalar hisobini yuritishga doir quyidagi masalalarda tushuntirish berishlari iltimos qilindi:
Korxona investitsiya majburiyatlarining yuzaga kelishini qanday aks ettirilishi lozim:
Ular tegishli oldi-sotdi shartnomasini imzolash paytida to’liq hajmda aks ettiriladimi;
Ular amalda kiritilishiga qarab tegishli miqdorlarda hisoblab yozilib, so’ndiriladimi?
Auditor ushbu vaziyatni qanday baholaydi?


25.Masala. Korxona dasturiy ta’minotni QQS bilan birgalikda 246000 so’mga
sotib oldi. Maslahat uchun firma tomonidan QQS bilan birgalikda 36000 so’m
to’langan. Korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari
qilingan.
1.Dasturiy ta’minotga to’lov qilindi:
Debet 6010 -“Mol etkazib bemvchilarga to’lanadigan schyotlar” schyoti-
240000 so’m;
Kredit 5110 -“Hisob-kitob schyoti” schyoti - 240000 so’m.
2.Dasturiy ta’minot sotib olindi:
Debet 0830 -“Nomoddiy aktivlami sotib olish” schyoti- 200000 so’m.;
Kredit 6010 -“Mol etkazib bemvchilarga to’lanadigan schyotlar” schyoti -
200000 so’m.
3. Maslahat xizmati summasiga:
Debet 9420 -“M a’muriy-boshqaruv xarajatlari” schyoti schyoti -30000 so’m;
Kredit 6010 -“Mol etkazib bemvchilarga to’lanadigan schyotlar” schyoti -
30000 so’m.
4. Dasturiy ta’minoti kirimga olindi - 200000 so’m:

Debet 0430 -“Dasturiy mahsulot” schyoti- 200000 so’m;


Kredit 0830 -“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schyoti.
5.Maslahat xizmati uchun to’lov amalga oshirildi.
Debet 6010 -“Mol etkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar” schyoti-
36000 so’m;
Kredit 5110 -“Hisob-kitob schyoti” schyoti - 36000 so’m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yul tutishlari lozim?
4. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to’g’ri
hisobga olinganliginii tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling