O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OOP)


Download 183 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi183 Kb.
#1210409
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dildora

Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OOP) — bu kompyuter dasturlash modeli boʻlib, bunda maʼlumotlar va obyektlar asosida dasturiy taʼminot dizaynini ishlab chiqiladi. Bu dasturlash paradigmasida bir qator asosiy tushunchalar bor:

  • Klass

  • Obyekt

  • Abstraksiya

  • Inkapsulyatsiya

Obyekt — bu tegishli holat va xatti-harakatlarning jamlanmasidir. Dasturiy taʼminot ob’ektlari koʻpincha kundalik hayotda uchraydigan real dunyo ob’ektlarini modellashtirish uchun ishlatiladi[1]. Yaʼni sodda tilda tushuntiriladigan boʻlsa har bir obyektning xuxsiyati va holati boʻladi. Masalan kundalik hayotdagi insonni bir obyekt sifatida qaraydigan boʻlsak, uning koʻzi yoki sochini rangi, uzunligi bu uning xususiyati va insonning nafas olishi, harakatlanishi, kulishi bu uning xatti-harakati yoki holati deb ataladi. Dasturlashda ham mana shu inson kabi obyektlarni tasvirlash uchun obyekt tushunchasidan foydalaniladi.[2]
Klass — bu ob’ektlar yaratish uchun prototip yoki shablon. Ushbu tushuncha real dunyo ob’ektining holati va xatti-harakatlarini modellashtiruvchi anglatadi. Yaʼni obyektlar oʻzlarida maʼlumot saqlasalar, klasslar esa obyektlar qanday maʼlumotlar saqlay olishini belgilab beradi.[1] Quyida java dasturlash tilida klass qanday yaratilishi keltirilgan:
public class ClassName{
field;
method;
}


public class Person{
String name; //field

String getName(){


return this.name;
} //method
}
Metod — obyektning harakati ifodalovchi malumot turlari, ular funksiyalarga oʻxshaydi yaʼni amalni bajaradi. Yuqorida keltirilgan misoldagi getName() metodi Person klassining name fieldini qaytarish uchun ishlatilinadi.[2] Metodlarning foydalanshning afzalligi koddan qayta foydalana olish va optimizatsiya qilishdir. Yaʼni siz maʼlum bir amalni bajaruvchi metodni yozasiz va qachonki siz oʻsha amalni bajarmoqchi boʻlsangiz shunchaki oʻsha metodni chaqirib qoʻysangiz kifoya. Bu sizga kodning takrorlanmasligini taʼminlab beradi. Bu esa, keyinchalik yozgan kodingizda xatolik topilsa, metod ichidagi kodni oʻzini oʻzgartirish orqali xatolik bartaraf etilishi imkonini yaratadi.[3]
OYP murakkab programmalarni yozishni soddalashtiradi va bu jarayonga ixchamlik xususiyatini beradi. OYP ning asosiy afzalligi shundaki programma qo`llash sohasini o`zgartirishga dastruni o`zgartirmasdan, faqat obyektlar iyerarxiyasiga yangi o`zgartirishlar (satxlar qo`shish) orqali erishish mumkin.
Obyektlarni aniqlash. Obyekt-tarkibida o`zaro bog`langan har xil turdagi o`zgaruvchilar (ma`lumotlar maydoni) va ularni qayta ishlaydigan protsedura va funksiyalardan (metodlar) tashkil topgan tuzilmadir. Obyekt turini aniqlash uchun “Object” maxsus so`z aniqlangan va u quyidagicha e`lon qilinadi.
Obyektni e`lon qilishda metodlarning sarlavxalarigina yoziladi. Protsedura va funksiyalar e`loni programma e`lon qismining boshqa bo`lagida bo`lishi mumkin. Obyekt maydonlariga murojaat yozuv (Record) maydonlariga murojaat bilan bir xil («.» –nuqta va With operatori orqali). Lekin obyekt ma`lumotlariga quyidagicha murojaat ijobiy baholanmaydi.
ObjPos_Var.Line :5;
ObjPos_Var.Col :15;
Umuman, OYPda obyekt ma`lumotlariga murojaat faqat metodlar orqali amalga oshiriladi.

Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling