O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Download 52.75 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi52.75 Kb.
#1732080
  1   2   3
Bog'liq
1Eliboyeva Umida


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYA VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI
Pul va Bank fanidan


NAZORAT ISHI

MAVZU: Pul isloxotlarini amalga oshirish zarurligi va usullari
GURUH: SBXA 93/21
BAJARDI: Eliboyeva Umida

REJA:



  • Pul islohotini amalga oshirishning zarurligi.

  • Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari.

  • Pul islohoti turlari va ularni amalga oshirish usullari

  • Demonitizatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi

  • O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ulrning o’ziga xos xususiyatlari.

Pul islohoti - pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat


tomonidan pul tizimini o‘zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, II Jahon urushidan keyin oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o‘tkazildi.
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning harid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib boorish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshib boradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish zarurki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’yekylarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
So’mning barqarorligini ta’minlashda undan oqilona va tejabtergabfoydalanish ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi. Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Pul-kredit siyosatini shakllantirish jarayonida bir vaqtning o‘zida ikkita bir-biriga qarama qarshi vazifani xal qilishga to‘g‘ri keladi. Bir tomondan, muomaladagi pul massasining o‘zgarishini mumkin qadar moslashuvchan qilish, xo‘jalik konyukturasi (holati)dagi har qanday o‘zgarishlarga tezkor munosabat bildira olish, o‘sib borayotgan amaliy faollikni qo‘llab-quvvtlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan – muomaladagi pul massasining ko‘payishini ma’lum darajada cheklash hamda muomalaga ortiqcha bo‘lgan to‘lov vositalari massasining tushushiga yo‘l qo‘ymaslik.

Download 52.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling