O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 154.82 Kb.
|
MIZAMOVA DILSHODA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya usuli
- Ma’naviy ahloqiy tarbiya
Tarbiya jarayoni – tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va xatti – xarakatni asta – sekin ko’nikmaga aylantirib borish lozim.
Tarbiya – keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga aval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifasi. Tarbiya usuli - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir. Tarbiya maqsadi – talaba – yoshlarda milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari qo’llaniladi. Ma’naviyat – ( arabcha – ma’nolar majmui ) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, ahloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, ahloqiy qiyofa tushunchasi bo’lib ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi umumam hayotdir. Ahloq – inson hayotida o’z – o’zini idora qilish me’yorlarini, boshqalar bilan munosabatda bo’lish ma’daniyatini, halol ishlab, to’g’ri xayot kechirish me’zonlarini o’rgatadi. Ma’naviy ahloqiy tarbiya – ma’naviy ongni bir maqsadni ko’zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg’ularni rivojlantirish hamda xulq – atvor ko’nikmalari va odatlarini xosil qilishdan iborat. Prezidentimizning ijtimoiy-madaniy sohadagi farmonlari, qarorlarini bajarishda xalqimiz qo’lga kiritgan yutuqlarini, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borish mavzuli kechalarning ushbu yo’nalishida markaziy o’rinni tutadi. Bu kechalarda doimo mehnat, kundalik turmush, har kungi ishlarimiz, voqeligimizdagi sifat o’zgarishlari solnomasi namoyish etiladi. Ma’naviyat va madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlarni eks ettirish ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, milliy madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashdagi muammolar, kundalik hayotimizda sodir bo’layotgan milliy qadriyatlarimizga havf solayotgan voqea-hodisalarni tanqidiy yondashuv bilan aks ettirish muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyamiz va milliy istiqlol g’oyamizning asosiy tamoyillaridan bo’lgan diniy bag’rikenglik tamoyilini oyoqosti qilmoqchi bo’ldilar. Ularning Konstitutsiyamiz va milliy istiqlol g’oyamizga qarshi harakatlari, ayni paytda Vatanimizga, uning osoyishtaligi va barqaror rivojiga qarshi qaratilgan harakat edi. Mana shu haqiqatni yoshlarga ta’sirchan qilib ochib berilsa, ularning Vatanga nisbatan muhabbat tuyg’ulari jo’sh uradi, mustahkamlanadi. Bayramlarning tarbiyalanuvchiga o’tkazadigan ma’naviy-ahloqiy ta’siri shu tadbirlarning ularga qanchalik yoqqani yoki yoqmaganiga bog’liq ekanini nazarda tutib quyidagicha tajriba o’tkazdik. Bayram tadbirlarida ishtirok etganlarga “Siz bayram tadbirini tayyorlashda ishtirok etdingizmi yoki yo’qmi?”,“Sizga o’tkazilgan tadbir yoqdimi yoki yoqmadimi?” degan savollar bilan murojaat qildik. O’tkazilgan bu tajribamiz ham mavzuli kechalar haqidagi tajribaga yaqin natijalarni ko’rsatdi. XULOSA Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan o‘ta qabul qiluvchanlikni, sharoitning o‘zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta'limiy vazifalarni amamalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi – qomat, gigiena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish. Boladagi harakat ko‘nikmalari (yemaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va h.k) nisbatan yengil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiena malakalarini egallash bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki bilimlar shakllantiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar va hokazolar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhimdir. Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga), to‘la aylanish, fizkultura asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim – kechak va poyafzalga qarash qoidasini bilishlari kerak. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida bolada tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur. Download 154.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling