­O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi


Download 62.33 Kb.
bet9/10
Sana02.06.2024
Hajmi62.33 Kb.
#1834289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy ta\'lim fan vainnovatsiyalar vazir-fayllar.org

Viloyatlar va urbanizatsiya

14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida besh yillik hududiy dasturlar amalga oshiriladi. Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4−1,6 baravarga oshirish vazifasi qo‘yilgan.


Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda «millionlik shaharlar»ga aylantirish rejalashtirilmoqda. 450 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir nechta mavzelarini qurib, foydalanishga topshirish, Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 50%ga yetkazish rejalashtirilgan.
Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi «Shaharlar qulayligi» indeksi joriy etilishi kutilmoqda.
To‘rtta hududda Toshkent shahrida barpo etilgan «INNO» innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparklari paydo bo‘ladi.
Aholini joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish, renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 mln kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilaning yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida hududlarning «o‘sish nuqtalari»dan kelib chiqib, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish davom ettiriladi.
Hududlarda qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyani qurish va yangilash rejalashtirilgan.
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87%ga yetkazish (2020 yilda — 67,4%), 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahrida oqova suvini tozalash tizimi shahar hududidan tashqariga chiqarilib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi inshootlar barpo etiladi.

Turizm

Keyingi 5 yilda xizmat ko‘rsatish hajmi 3 baravarga oshishi, sohada jami 3,5 mln yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.


Savdo va yo‘lbo‘yi xizmatlarini rivojlantirish orqali 130 ta zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini 3 baravarga qisqartirish kutilmoqda (hozir bu YAIMning 50%dan ortig‘ini tashkil qiladi).
Xizmatlar sohasining jozibadorligini oshirishda sohadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.
Mahalliy sayyohlar sonini 12 mln nafardan oshirish, xorijiy turistlar sonini 9 mlnga yetkazish, shuningdek, 2026 yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etiladi, 300 mln AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirilib, 25 ming ish o‘rinlari yaratiladi.
Samarqandni «Turizm darvozasi»ga aylantirish orqali kelgusi 5 yilda turizm xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish rejalashtirilgan. 2022 yilda «Abadiy shahar» tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan Samarqand turizm markazi va zaruriy infratuzilma tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘istonda va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha dasturni amalga oshirish, Navoiy viloyatida ziyorat va ekoturizmni rivojlantirish, Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida turizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahrida turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash rejalashtirilgan.
Barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish, shuningdek, Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.


XULOSA
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan soliq islohotlarining amaliy natijasi asosan harakatdagi soliqlarni soddalashtirish va unifikatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat byudjeti bilan hisob-kitoblari mexanizmini takomillashtirish, soliq hisobotlarini taqdim etish holatlarini kamaytirishga qaratilgan.
Respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari yuridik va jismoniy shaxslar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishga, soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga, soliq stavkalarini pasaytirishga, soliqqa tortiladigan ob’ektlarni maqbul darajada kamaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Soliq amaliyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini maqbullashtirish masalasi quyidagilarda namoyon bo’lishi bilan e’tiborlidir.
Birinchidan, korxonalar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish ularning o’z vaqtida va so’zsiz to’lanishi, qonunchilikka aniq rioya qilinishi bilan belgilanadi. Bunda buxgalteriya va boshqa hisobotlar shakli aniq hamda to’g’ri yuritiladi, qonunchilikka qattik rioya qilinadi.
Ikkinchidan, soliq yukini optimallashtirishning yana bir shakli bu soliq to’lovchi kamroq soliq to’lash maqsadida amaldagi qonunchilik imtiyozlardan va boshqa preferentsiyalardan foydalangan holda soliq majburiyatlarini maqbullashtirishga erishishi mumkin.
Soliq yukining pasaytirilishi, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoridan soliqlar shaklida byudjet ixtiyoriga olinayotgan mablag’lar bir qismining shu sub’ektlar ixtiyoriga qoldirilishini anglatadi. Bunday vaziyatda soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjetga borib tushmaydigan mablag’larni byudjet manfaatlari nuqtai-nazaridan qoplash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda iqtisodchi-olimlar tomonidan soliq yukining pasaytirilishidan kutiladigan yo’qotishlami qoplashning bir necha yodlari taklif qilinmoqda. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
  1. Soliq yukining pasaytirilishi avtomatik ravishda ishlab chiqarishning jonlanishiga, rivojlanishiga yoki kengayishiga olib keladiki, bu narsa, oxir- oqibatda soliqqa tortish ob’ekti (bazasi)ning ko’payishi (ortishi)ni ta’minlaydi. Bu esa, o’z navbatida, soliq yukining pasayishi natijasida “yo’qotilgan” mablag’larning byudjet uchun “kompensatsiya” qilinishini ta’minlashi mumkin.


Bu variantning oqilona yo’l ekanligi quyidagi savollarning javobini aniq topishimizga bog’liq. Soliq yukining pasaytirilishi haqiqatdan ham ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanib ketishiga olib keladimi yoki yo’qmi? Agar shu narsa sodir bo’ladigan bo’lsa, u qancha vaqt ichida sodir bo’lishi mumkin? Uning sodir bo’lishi “cho’zilib” ketadigan bo’lsa, unda nima qilishimiz kerak? “Bugun soliq yukini pasaytirsak, ertaga ishlab chiqarish rivojlanib ketadi” degan kafolatni bizga kim beradi va kim buning uddasidan chiqadi? Uddasidan chiqa olmasak, unda ahvolimiz ne kechadi?


  1. Byudjet soliq yukining pasaytirilishi natijasida “yo’qotgan” mablag’larini qarzga olish yo’li bilan kompensatsiya qilsa bo’ladi.


Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu variant tanlanayotgan paytda bizning stolimiz ustida quyidagi savollarning aniq javobi turishi kerak: Qarzga olinishi kerak bo’lgan mablag’larning miqdori qancha? Bizga shuncha mablag’ni kim yoki kimlar berishi mumkin? Lekin buning natijasida ham qator muammolar kelib chiqadi.


  1. Soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjet yo’qotmalarini kompensatsiya qilishning o’zi xos varianti, ma’lum ma’noda, byudjet xarajatlarini qisqartirishdir. Lekin bu variantning tanlanishi “Byudjet xarajatlarini qisqartirishning imkoni bormi o’zi? Bor bo’lsa, uning qanchagacha qisqartirilishi maqsadga muvofiq? Byudjet xarajatlari qisqartiriladigan bo’lsa, bu, eng avvalo, kimlarning manfaatlariga ta’sir etishi mumkin? Byudjet xarajatlari qisqartirilsa, buning oqibati nima bo’ladi? Ularning qisqartirilishi, yana o’zimizga qimmatga tushmasmikan?” degan savollarning paydo bo’lishiga olib keladi. Va bu ham o’z navbatida qator ijtimoiy muammolarga sabab bo’ladi.


Har bir variantda keltirilgan savollar juda oddiygina bo’lsa-da, unga arzirli, asosli, to’g’ri va oqilona javobni berish hammaga ham nasib qilmagan va qilmaydi ham. Ularga malakali javob berish, eng avvalo, soliqlar va soliqqa tortishning o’ziga xos bo’lgan hayotiy tamoyillarini so’zsiz idrok etilishini taqozo etadi. Bunday hayotiy tamoyillarni inobatga olmasdan berilgan javob bir tiyinga qimmatligicha qolaveradi.


Shuning uchun ham og’zimizga to’g’ri kelgan har qanday «javob», o’zimiz o’ylaganimizdek, bu savollarning javobi emas. Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, soliq yukining og’irligini kamaytirish masalasi hozirgi kunda iqtisodiy hayotimizning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga doir izchil siyosat olib borish natijasida har yili soliq yukini kamaytirish choralari amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ular ishlab chiqarishni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, aholining real daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarni birxillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarini oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga doir korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hol Respublikamizda qodlaniladigan soliq tizimini halqaro me’yorlar va andozalariga muvofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi.



Download 62.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling