­O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi


-rasm. Yalpi talab o’zgarishining narxlar darajasiga ta’siri3


Download 323.67 Kb.
bet5/10
Sana03.05.2023
Hajmi323.67 Kb.
#1423661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat

2-rasm. Yalpi talab o’zgarishining narxlar darajasiga ta’siri3





3
Endi u AD3 holatini egallaydi va taklif egri chizig’ini klassik yoki vertikal kesmada kesib o’tadi. Bu yerda muvozanatli narx P3* darajada, ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y* nuqtada o’rnatiladi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat narxlar darajasini o’zgarishiga olib keladi, ishlab chiqarish hajmlari esa bunda o’zgarishsiz qoladi.
Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.
Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda yalpi talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Baho o’zgarmasligining sababi shundaki, katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q.
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi.
Taklif inflyatsiyasi - bu mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Yalpi taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Yalpi taklif yoki muayyan, narx darajasida bozorda taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi narx-navoga bog’liq bo’lmagan bir qator omillar ta’siri ostida bo’ladi. Bu omillar yalpi taklifni goh kamayishini, goh ko’payishini keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi holatda yalpi taklif egri chizig’i chapga, ikkinchisida o’ngga suriladi (3-rasm).
Shunga muvofiq e1 muvozanat nuqtasi Ye2 va Ye3 holatiga suriladi, narxlarning muvozanatli darajasi va ishlab chiqarishning muvozanatli miqdori ham o’zgaradi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ma’lum bir narxlar darajasida ish haqi oshgan va xodimlarni ijtimoiy sug’urtasiga ajratmalar ko’paygan bo’lsin. Iqtisodiyotdagi bunday vaziyat mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar o’sishiga, foydani, demakki, yalpi taklifni ham qisqarishiga olib keladi. AS1 egri chizig’i chapga AS2 gacha suriladi. Ushbu berilgan jami talabda egri chiziqlar Ye2 nuqtasida kesishadi, narxlar P1* dan P2* gacha o’sadi, ishlab chiqarish esa Y1* dan Y2* gacha qisqaradi.Ya’ni bu yerda ishlab chiqarish xarajatlarini o’sishi bilan yuzaga kelgan inflyatsiya mavjud bo’ladi. O’z navbatida ishlab chiqarishning qisqarishi ishsizlikni o’sishiga olib keladi. Bunday vaziyatni, qachonki, narxlarning o’sishi (inflyatsiya) ishsizlikni o’sishi bilan kuzatilayotgan bo’lsa stagflyasiya deb ataladi. Agarda, narxga bog’liq bo’lmagan omillar yalpi taklifni kengaytirish tomon ta’sir etsa, masalan, yerning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va buning oqibatida mahsulot birligiga ketadigan sarf-
xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig’i o’ngga suriladi va yalpi talab egri chizig’i Ye3 nuqtada kesib o’tadi. Bunda narxlarning muvozanatli darajasi P1* dan P3* gacha pasayadi, ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1* dan Y3* oshadi, ya’ni iqtisodiy o’sish holati mavjud bo’ladi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko’payishidan kelib chiqadi.
Iqtisodchi olimlarning fikriga ko’ra, taklif inflyatsiyasi o’z-o’zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo’shimcha o’sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o’sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi.
Р
P2
P1* P3*

* Y1*
Y2 Y1 Y3 Y



Download 323.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling