O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi
Download 323.67 Kb.
|
Inflyasiyaga qarshi siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Inflyatsiya iqtisodiyotdagi eng muhim masalalardan biridir. Chunki, inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Bu esa inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qarama- qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga so’zlagan Murojaatnomalarida ―…biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashimiz shart. Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas”1 deb bejiz ta’kidlamaganlar. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi. Bugungi kunda inflatsiya darajasi yurtimizda keskin ko’tarilishi kutilmoqda va bunga qarshi chora-tadbirlar ko’rib chiqilmoqda. Inflatsiyaning jadallashuvi bir qator qiyinchiliklar tug’diradi. Bular jumlasiga ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanish va investitsiya kiritishga qiziqishni susaytirish kiradi. Bu esa Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo’nalishi ―Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish‖dagi tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdagi islohotlarga katta to’siq qo’yadi. Bularga qo’shimcha tariqasida katta odimlovchi inflyatsiya moliyaviy bozorlarning me’yordagi faoliyatini izdan chiqaradi. Qanday foizda kredit berish va qarz olish, qimmatli qog’ozlardan qancha daromadlilikni kutish kerak – bularning barchasi kutilayotgan inflyatsiya sur’atlariga bog’liq bo’ladi. Bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga o’ta noxush ta’sir ko’rsatadi. Kurs ishining maqsadi: Inflatsiyani kelib chiqish sabablarini va unga qarshi siyosatni o’rganish va shu asosda tegishli xulosalar chiqarishdan iborat. Download 323.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling