O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlari
Download 323.67 Kb.
|
Inflyasiyaga qarshi siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm Aholini inflyasion kutilmalari dinamikasi, foizda
- 5-rasm Tadbirkorlik sub’ektlarining inflyasion kutilmalari dinamikasi, foizda
- 31 foizga
- 20,2 foizni
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlaritahlili Inflyatsiya mamlakatning iqtisodiy holatini tavsiflovchi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasini hisoblash iste’mol narxlari indeksi(INI) ya’ni iste’molchi o’rtacha xarid qiladigan tovar va xizmatlarning miqdori ma’lum davr mobaynida o`zgarmas bo`lgan holida, aholining iste`mol xarajatlari umumiy miqdorining o`zgarishini ifodalash orqali aniqlanadi. Iste`mol narxlari indeksida, mamlakatning barcha hududlari bo`yicha xilma-xil tovar va xizmatlar narxlarining harakati o`rtacha holga keltiriladi. 2021 yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya ko‘rsatkichlari oraliq maqsadli ko‘rsatkich darajasida shakllanib, 10 foizni tashkil etdi. Markaziy bank tomonidan “2021 yilning IV choragi uchun pul-kredit siyosati sharhi"da ma’lum qilindi. Bu oxirgi 5 yillikdagi eng yaxshi minimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Inflyatsion kutilmalar Makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysiga ko‘ra, joriy yilda Markaziy bank tomonidan nisbatan qat’iy pul-kredit siyosatining saqlab qolinishi ko‘zda tutilgan. 2021 yil dekabr oyi so‘rovlari natijalariga ko‘ra, kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari sentabr-noyabr oylaridagi o‘suvchi tendensiyadan keyin pasayish trendiga o‘tdi hamda mos ravishda 15,7 va 14,9 foizni tashkil etdi. 4-rasm Aholini inflyasion kutilmalari dinamikasi, foizda 2021 yil oktabr-dekabr oylarida kelgusi 12 oy davomida narxlar yuqori darajada oshishini bildirgan respondentlarning ulushi qisqargan bo‘lsa, chorak oxirida respondentlarning 39 foizi kelgusi 12 oy davomida narxlar o‘tgan 12 oy darajasida oshishini bildirishgan. Aholi kelgusida narxlar oshishiga asosiy omil sifatida import tovarlari hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishini (35 foiz) keltirgan, deyiladi bayonotda. 5-rasm Tadbirkorlik sub’ektlarining inflyasion kutilmalari dinamikasi, foizda Aholi vakillarida bo‘lgani kabi 2021 yil oktabr-dekabr oylarida kelgusi 12 oy davomida narxlar yuqori darajada oshishini bildirgan iqtisodiyot subyektlarining ulushi qisqargan bo‘lsa, chorak oxirida respondentlarning 36 foizi kelgusi 12 oy davomida narxlar o‘tgan 12 oy darajasida oshishini bildirgan. Inflyatsiya kutilmalarining omillari ro‘yxatida valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi asosiy xatarlar sifatida qayd etilgan. Tijorat banklari tomonidan 2021 yilda iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 2020 yilga nisbatan 31 foizga o‘sgan bo‘lsa, kreditlarning qaytuvchanlik darajasi sezilarli darajada yaxshilanib, 71 foizga yetdi. Shuningdek, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 42 foizga o‘sib, aholining iste’mol va ipotekaga bo‘lgan talabini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Shuningdek, banklar tomonidan milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha taklif etilayotgan o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari dekabr oyida jismoniy shaxslar uchun 20,2 foizni, yuridik shaxslar uchun 15,1 foizni tashkil etib, mos ravishda inflyatsion kutilmalarga nisbatan ham ijobiy tafovut hosil qildi. Bu o‘z navbatida, so‘mdagi jami muddatli depozitlar hajmining o‘tgan yilda 1,5 barobarga, shundan, jismoniy shaxslarnikini — 1,7 barobarga o‘sishiga xizmat qildi. 2021 yilning so‘nggi oylarida milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining ham muvozanatlashuvi kuzatilib, yil boshidan kuzatilayotgan 20−22 foizlik koridor doirasida bo‘lgani qayd etildi. Xususan, dekabr oyida milliy valyutadagi qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 21,2 foizni va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha 20,5 foizni tashkil etdi. Download 323.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling