О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan


Barg yuksak o‘simliklar uchun xos organ


Download 44.13 Kb.
bet4/10
Sana02.04.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1319660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.

Barg yuksak o‘simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan va fotosintez, nafas olish va suv bug‘latish kabi muhim fiziologik vazifalarni bajaradi. Bulardan tashqari, uning shakl o‘zgargan ko‘rinishlari organik moddalarni g‘amlash (karamning yoki piyozning etdor barglari va boshqalar), himoya (tikanlar) va vegetativ ko‘payish (begoniya, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham bajarish mumkin.
Odatdagi tuzilishli to‘liq barg barg yaprog‘i, barg bandi va yonbargchalardan tashkil topgan. Barg yaporg‘ining shakli nihoyatda xilma - xildir, u dumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, uchburchak, buyraksimon, o‘qyoysimon, ninasimon, tasmasimon, teskari tuxumsimon, ovalsimon, tangachasimon va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Barglar chekkasining tuzilish xarakteriga ko‘ra tekis qirrali barg va o‘yniqli barglarga ajratiladi. Agar bargning qirrasi butun bo‘lsa (siren, loviya, pista) tekis chetli barg deyiladi. Agarda bargning chekkasi kertikli bo‘lsa qirrali barg deyiladi.
Barg yaprog‘ining chekka qirralarining shakliga qo‘ra ular bir necha xilga ajratiladi: oddiy tishsimon yoki qo‘sh tishsimon; arrasimon yoki qo‘sh arrasimon; to‘garaksimon; yoysimon.
Yaprog‘ining tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab barglar farq qilinadi. Agarda barg bandida faqat bitta barg bo‘lsa, unga oddiy barg deyiladi. Bandsiz barglar ham oddiy barg deb yuritiladi. Murakkab barglarda barglar bimecha sondagi yapoqchalardan iborat bo‘lib, ular qisqa bandlar yordamida umumiy barg bandiga birikkan bo‘ladi. Barglar kertigining qirqilish darajasiga qarab kertiksiz, bo‘laklarga bo‘lingan, bo‘laklarga chuqur bo‘lingan va qirqma barglar farq qilinadi.
Turli o‘simlik barglarining segmentlari soni va joylanish xarakteri hamda shakllariga qarab bir - birlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular uch bo‘lakli (o‘rmalovchi, ayiqtovonda), patsimon (valerianada) va panjasimon (zaharli ayiqtovonda) barglarda ajratiladi.
Yaproqlarining soni va joylashish xarakteriga ko‘ra uch bargli panjasimon va patsimon murakkab barglar farq qilinadi. Barg yaprog‘ida tomirlar turli shaklda joylashishi mumkin. Shuning uchun ham oddiy (ninabarglilarda), dixotomik (ginko bargi), parallel, yoysimon va to‘rsimon tomirlanishlar farq qilinadi. To‘rsimon tomirlanishning patsimon (olma, nok barglarida) va panjasimon (zarangda) ko‘rinishlari mavjud. Parallel va yoysimon tomirlanishlar aksariyat bir pallali o‘simlik barglarida kuzatilib, ikki pallali o‘simliklarda esa ko‘pincha patsimon, panjasimon yoki to‘rsimon tomirlanishlar uchraydi. Tomirlarning vazifasi suv va unda erigan mineral hamda oziq moddalarni poyadan barglarga yoki aksincha, barglardan poyaga o‘tkazishdan iboratdir. Bundan tashqari u bargga tayanch mustahkamlik beradi va turli tashqi mexanik ta’sirlardan (yomg‘ir, do‘l va boshqalardan) muhofaza qiladi.
Ko‘pchilik o‘simliklarning bargi poyaga bandi yordamida birikadi. Bunday barglar bandli barglar deyiladi. U nisbatan uzun (tog‘terakda) yoki qisqa (tollarda) bo‘lishi mumkin. Barg bandi mexanik tayanch vazifasini bajarishdan tashqari interkalar o‘sish xususiyatini uzoq vaqt saqlab qoladi, barg yaprog‘ini yorug‘likka to‘g‘rilab turadi.
Ko‘pchilik o‘simliklarda barg bandi asosida maxsus o‘simtalar bo‘ladi. Bu o‘simtalar yonbargchalar deb atalib, ularning shakli, o‘lchami va vazifalari turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Shakl jihatidan mazkur bargchalar tuksimon, pardasimon, tangachasimon va tikansimon ko‘rinishlarda uchraydi. Yonbargchalar odatda ikki pallali o‘simliklar uchun xosdir. Poya va ildizlardan farq qilib barg dorzoventral tuzilishda bo‘ladi.
Epiderma bargning qoplovchi to‘qimasi hisoblanib, u transpiratsiya va gaz almashinuvini boshqaradi. Hamma o‘simlik barglarining ustki epidermasi kutikula qavati bilan qoplangan. Bu hol ayniqsa qurg‘oqchil sharoitda o‘suvchi o‘simli klar bargida yaxshi ifodalangan, ya’ni epiderma hujayralarning tashqi tomoni kutinlashgan va uning ustidagi kutikula qavati ham juda qalin bo‘ladi.
Mezofill, odatdagi dorzoventral tuzilishli barglar morfologik va qisman fiziologik tomonidan farq qiluvchi ikki turdagi palisad yoki ustunsimon va bulutsimon to‘qimalardan tashkil topadi. Palisad parenxima mezofillning faol fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi to‘qimasidar. Ko‘pchilik o‘simliklarda u bir qavatli bo‘lib, ikki va ko‘p qavatlilari ham uchrab turadi. Palisad to‘qimaning ko‘p qavatligi o‘simlikning yorug‘sevarlik belgisi hisoblanadi. Butulsimon parenxima nisbatan dumaloq va ko‘p sondagi hujayra oraliqlariga ega. Hujayrada xloroplastlar soni ham kamroq.
Bargdagi o‘tkazuvchi boylamlar yopiq kollaterial turdadir. Ba’zan ikki pallali o‘simliklarning asosiy tomirlarida floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy uchraydi, ammo u faollik ko‘rsatmaydi. Ksilema boylamlari bargning ustki tomoniga, floema boylamlari esa ostki tomonga qaragan bo‘ladi.

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling