O’zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fanvainnovatsiyalar vazirligi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Magistratura bo’limi I 501-22A-guruh magistranti Mamatov Abdurauf Olimjonovich

Download 97.85 Kb.
bet4/5
Sana12.11.2023
Hajmi97.85 Kb.
#1768880
1   2   3   4   5
Bog'liq
Industrial tashkilot Sentabr

5. Ijtimоiy himоya vazifasi.
Narх ahоlining ayrim tоifasi yoki хalqni qimmatchilikdan saqlash vazifasini o’taydi. Оdatda ahоlining nоchоr va kambag’al qatlamlariga tоvarlar arzоnlashtirilgan narхda sоtiladi. Bular ijtimоiy dоtatsiyalashgan narхlar bo’lib, ularni mоliyaviy jihatdan davlat budjeti yoki turlicha хayriya mablag’lari ta’minlaydi. Ahоlining nоchоr qatlamlariga arzоnlashtirilgan narхda оziq-оvqat, qiyim kеchak sоtiladi. M: G’arb mamlakatlarida ahоli eski kiyim-kеchakni хayriya qilib turli tashkilоtlarga bеradi, bu kiyimlar o’ta arzоn narхda kambag’allarga sоtiladi. Ammо bоzоr iqtisodiyotida ijtimоiy narхlarni asоsiy emas, ular оnda-sоnda uchrab turadi, chunki ijtimоiy himоyaga muhtоjlar pul bеrish оrqali ta’minlanadi, bu pulga ular bоzоr narхida tоvarlar оladilar. Ammо bоzоr iqtisodiyotiga o’tish bоsqichida ayrim mamlakatlarda ijtimоiy himоya vazifasini o’tоvchi narхlar kеng qo’llaniladi, ular davlatning yordamiga muhtоj tayanadi.
Dоtatsiyalangan narхlarni davlat bеlgilaydi. Bundan maqsad ahоlining kеng qatlamlarini eng zarur istе’mоl mоllari bilan minimal darajada ta’minlashdir. Masalan, O’zbеkistоnda 1991 yildan bоshlab, un, guruch, qand-shakar, sоvun, o’simlik mоyi, chоy, makarоn kabi tоvarlar dоtatsiyalangan arzоn narхlarda va chеklangan miqdоrda sоtila bоshlanadi.

2. Моnopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari

XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga iqtisodiyot tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa Yevropa va AQShda yaqqol ko‘zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin savdo-fritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga javob bermay qo‘ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining keltirish mumkin.
Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning «bozorlar qonuni» hamma yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo‘lsa, bu davrda uning ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval institutsionalizm, keyin neoklasiklar tomonidan tadqiqot obyekkti qilib olindi.
Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti professori E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar shug‘ullandi.
1933 yili amerikalik E.Chemberlin o‘zining «Monopolistik raqobat nazariyasi», ingliz J.Robinson xonim esa «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» asarlarini chop etdilar. Bu asarlarda erkin raqobat sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor mexanizmlarining harakati masalalari har tomonlama chuqur tahlil etiladi. Xususan, ikkala muallif fikricha, bozor bahosi bozor ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli yuzaga kelmaydi, chunki tovar mahsulotlarining turli-tumanligi (differensiyasi) haridorlarni bu tovarlar bahosi to‘g‘risida to‘liq informatsiyadan, firma-ishlab chiqaruvchilarni tanlashda raqobatdan mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning bo‘zilish sabablarini ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi «kategoriya» va «qonun» lardan izlaydilar. Instito‘tsional yo‘nalish tarafdorlariga esa, nomukammal raqobat iqtisodiy o‘sishga avvalo «inson omili»ning ta’siri oqibatidir. Bu esa jamiyat rivojlanishi, shu bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik, huquqiy va boshqa muammolardir
Edvard Xeyting Chemberlin (1899-1967) o‘z asarida monopoliyaning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga kelishining chuqur tahlilini bepradi. Uning fikricha, monopoliyaning mohiyati - bu taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazorat bo‘ladi.
E.Chemberlin o‘z tadqiqotlari xulosasida raqobat sharoitida monopoliya tabiiy mohiyatiga mustaxkam ishonch bildiradi; tadbirkorlik ko‘p hollarda o‘z monopoliyasini barpo qilish uchun, imkoni boricha boshqa tadbirkorlar o‘z monopoliyasini kengaytirishiga qarshi choralarni kengaytirish va kuchaytirish harakatini qiladi. Olimning fikri bo‘yicha, asosiy vazifa shundaki, iqtisodiyot fani «mahsulot doim deffensiatsiyalashgan bo‘lishi sharoitini to‘la anglashi shart» dir; bundan buyon sof raqobatni barcha sohalarda farovonlik iqtisodiyoti «ideal» (bekamu-ko‘st) deb qarash mumkin emas.
Keyinchalik E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat nazariyasi tarafdorlari tomonidan «guruhiy monopoliya» sharoitida ham raqobat saqlanishi to‘g‘risidagi qoidani ilgari surishgan. Bunda gap sherik-raqobatchilar o‘rtasida bozorda ularning ta’sir doiralarini bo‘lib olish to‘g‘risida boradi. Asosiy maqsad turlicha (differensiatsiyalashgan) tovar mahsuloti bahosini eng yuqori harajatlar darajasidan past bo‘lmagan holda realizatsiya qilishdir.
Hozirgi davrda mahsulotning istisno sifati bilan birga, qo‘shimcha baholanmagan monopolistik raqobat shartlari kuchayib bormoqda, bular alohida tovar yaratuvchi tomonidan yaratilgan texnik takomillashuv, firmaga obro‘-e’tibor keltiradigan sharoitning ta’minlovchi haridorlarga maxsus hizmat va boshqalar.
Joan Vayolet Robinson (1903-1983) Kembrij universitetini bitirgan va A.Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971 yillar shu universitetda professor lovozimida dars bergan. Uning dastlabki asari «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» 1933 yili, ya’ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh g‘oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini aniqlashdir. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni bo‘zadi va nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o‘z mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi-monopolistik baholar belgilanishining mexanizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi o‘rnatgan shu bahoda haridorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda tabiati o‘rnatiladi. Ammo Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha nomukammal raqobat tufayli, avvalo raqobatli xo‘jalik tizimi normal muvozanat holatining bo‘tunlay bo‘zulishi va yo‘nalishi, xatto yollanma mehnatning «ekspluatatsiya» sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy muvozanati bilan chambarchas bog‘liqdir deb qaragan.
Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi omil sifatida qaraydi.
Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi shunga o‘xshash boshqa maxsulotdan sezilarli ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha aytganda, differensiatsiya ro‘y beradi; boshqa qo‘shimcha sharoit ham zarur unga ko‘ra firma -monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo‘lgan ko‘rsatgichlar bilan harakterlanishi kerak.
raqobatni barcha sohalarda farovonlik iqtisodiyoti «ideal» (bekamu-ko‘st) deb qarash mumkin emas.

Nomukammal raqobatli monopolistik bozorda aniqlashni talab etuvchi bir qancha sharoitlar yuzaga keladi. Agar bozor bir-biri bilan raqobat qiluvchi cheksiz ko‘p haridolardan emas, balki ayrim yakkayu-yagona haridorlar birlashmasidan iborat bo‘lgan holatda sotib olinadigan mahsulot qancha bo‘lishi mumkindir. Bu sharoit talab konsentratsiyasi bo‘lib bozorda ko‘p sonli mayda sotuvchilar va yakkayu-yagona haridor faoliyat ko‘rsatadi. Bu xolatni monopsoniya, ya’ni haridor monopoliyasi deyiladi.
Bunday savolga javobni uch yil o‘tgach boshqa Kembrij maktabi vakili J.M.Keyns berdi.

Download 97.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling