O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Milliy g'oyaning rivojlanib yangilanib borishi


Download 35.54 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi35.54 Kb.
#1645595
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish Toshpo\'latov Sh

2. Milliy g'oyaning rivojlanib yangilanib borishi
Globallashuv jarayonlari rivojlanishining yangi bosqichi deb atalayotgan hozirgi davrda insoniyatning hayotida g’oya, hususan milliy g’oya o’zining muhim hamiyat kasb etishi namoyon bo’lmoqda. Bu davrning boshida insoniyat mafkuralashuv, keyinroq mafkuralashuvdan uzoqlashuv va yaqin tariximizda qayda mafkuralashuv jarayonlari kuchaydi. Bu boradagi vaziyatni turlicha tushuntiradigan tahliliy variantlari mavjud. SHunday tendetsiyalardan biri falsafa va postmodernizmning adabiy tanqidida “sub’ektning o‘limi”, “markazdan uzoqlashish” va “shaxssizlanish” rukni ostida ifodalandi. Bu ma’nodagi mafkura sub’ektiv munosabatning har qanday shakllarini birlashtiruvchi ijtimoiy, siyosiy, madaniy mexanizmlarning mavhum majmuasi sifatida tushunila boshlandi. SHu bois ijtimoiy fanlarda mafkura nazariyasiga bag‘ishlangan ko‘plab nazariyalar ishlab chiqilganiga qaramasdan ong va mafkura munosabati masalasida ijtimoiy ong, ijtimoiy-madaniy tuzilmalarning kiritilishi kabi jihatlar tahlilga muhtojdir. Siyosiy tizimdagi yangilanishlar, demokratik tamoyillarga amal qilish, mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qo‘ydi [1]. Bu esa jamiyat hayotining barcha sohalari qatorida mafkuraviy qarashlarni ham qayta ko‘rib chiqish, yangi milliy mafkurani shakllantirishning jamiyatni islohotlar tashabbuskoriga aylantirishdagi amaliy ahamiyatidan kelib chiqdi. Milliy g‘oya muammosining falsafiy tadqiqi zamonaviy jamiyatdagi sifat o‘zgarishlaridan yuzaga kelgan ob’ektiv extiyoj bo‘lib, bu jamiyatning axborot kommunikativ xususiyati, kengayib borayotgan milliy mansublik inqirozi, kuchayib borayotgan geosiyosiy ziddiyatlar dunyo manzarisiga nisbatan shakllanayotgan sinergetik qarashlardan kelib chiqayotgan ob’ektiv zaruratga aylanib ulgurdi. Bunday holatlarda mafkura tarixlararo emas, balki o‘ta tarixiy rolni o‘ynaydi. Ongning yuqori shakli sifatida mafkurani jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini uzluksiz amalga oshirish jarayonidagi ma’naviy kuch sifatida ontologik nuqtai nazaridan tushuntirish muhimdir. Milliy g‘oya jamiyatning faoliyatli ong mahsuli sifatida vujudga keladi va yaratiladi. Bugun jamiyatimizda kuzatilayotgan mafkuraviy muammolar yagona umummilliy dunyoqarashni, birlashtiruvchi mafkurani shakllantirish jarayonini ifodalovchi omillarning butun majmuini puxta va har tomonlama o‘rganish zaruratini keltirib chiqmoqda. Davlat va jamiyat qurilishi va uning amal qilish tamoyillari masalalari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot markazlari, olim va mutaxassislar ma’naviy soha muammolarini ham chetlab o‘tmadi. Ammo ular ma’naviy sohadagi kutailatgan o‘zgarishlarning asosini talqin qilishda “mafkura” atamasini aniqqo‘llamagan bo‘lsalarda ular tomonidan ilgari surilayotgan turlicha talqinlarning zamirida mafkura yotishi aniq ko‘rinib turibdi. Mafkuraviy hodisa mazmuniga nisbatan bugungi kunda umumiy jihatdan ikki xil yondashuvni ko‘rsatish mumkin. Birinchi nuqtai nazar ko‘p jihatdan G‘arbdagi ijtimoiy tafakkurga xos bo‘lib, u mafkurada jamiyatning dunyoqarash tuzilmasiga kiritishni emas, balki muayyan siyosiy vazifalarni nazariy asoslash tarzida ko‘rish xosdir. Ikkinchi nuqtai nazar mamlkatimizdagi jamiyatshunoslarning asarlarida tilga olingan bunday yondashuv mafkuraga ijtimoiy, madaniy, ma’naviy talqin etish doiralarini ancha kengaytiradi hamda mafkurani jamiyat dunyoqarashi, tafakkuri bilan bog‘lanadi. “Yuksak maqsadlar, bunyodkor g‘oyalarga asoslangan mafkura ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotga turtki bo‘ladi, ma’naviyatni yuksaltiradi, insonlarni ulug‘vor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik g‘oyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura bunyodkorlik xususiyatiga ega bo‘ladi” . Mafkuraning mazmuniy “o‘zagida” ma’naviyat alohida o‘rin tutadi. Uning asosida umummilliy maqsad, ijtimoiy ideal, ma’naviy qadriyatlar, umr mazmuni, kelajakka umid va ishonch, tarixiy xotira, vatanparvarlik, vatanparvarlik madaniyatini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bundan – xalqning hayot darajasini oshirish va rivojlantirish, inson huquq va erkinliklari bilan mas’uliyatlari nisbatini uyg‘unlashtirish vazifasi kelib chiqadi. O‘z navbatida, birdamlik, bag‘rikenglik, kelishuv va hamkorlikka yo‘nalganlikni talab qiladi. «Maqsad degani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘ururiftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo‘limizda engilmas bir kuchga aylansin»[1.] Mamlakat birligini xalqqa xos vatanparvarlik tuyg‘usi, madaniy an’analar, tarixiy xotira mustahkamlaydi. U jamiyatning o‘zida pishib etiladi va u xulq mamlakat kelajagini qanday ko‘rishni istashidan kelib chiqadi. Qarashlar, fikrlar, g‘oyalar xilmaxilligi o‘laroq, umumiy qadriyatlar ham mavjud bo‘lib, ular xalqni birlashtirish, jipslashtirishga yordam beradi. Odatda insonni hayotda aniq maqsad harakatlantiradi. Maqsad – bu harakat, unga erishish esa – insonning hayot mazmunidir. Milliy maqsad va milliy idealning qaror topishi bosqichida “ideal – maqsad”, “maqsad – ideal” aloqasi muhim. Industrialaxborot jamiyatini qurish bizning amaliy maqsadimizga aylangan. SHuning o‘zi maqsad va vositadir. YA’ni farovonlik va xavfsizlikka erishish vositasi. Idealni biron-bir tuzum bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Axir farovonlik – bu to‘kin-sochinlik, qulaylik, ma’naviy boylik, ruhiy va jismoniy salomatlik, erkinlik, adolat, xavfsizlik va jo‘shqinlik. Aynan farovonlik milliy maqsad va ijtimoiy ideal bo‘lishi mumkin. O‘ziga xos ziddiyatli ijtimoiy-tarixiy vaziyat ongda doimo ideal ko‘rinishida aks etadi. Bu vaziyat keng ommaning, jamiyat yoki guruhning zaruriy, lekin qondirilmagan ehtiyojlariga to‘la. Bu kishilar ideal ko‘rinishida o‘zlari uchun muayyan voqelikni yaratadilar. Ideal faol va insonlar ongini tashkillashtiruvchi kuch, ularni tarixan vujudga kelgan, muayyan, aniq vazifalarni hal qilish atrofida birlashtiruvchi kuch sifatida yuzaga chiqadi. Ideal qaysi bir shaklda bo‘lmasin, u bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi qator funksiyalarni bajaradi, xususan: me’yoriy, tanqidiy; bilishga oid; prognostik, birlashtiruvchi; safarbar etuvchi va hokazo. Har bir jamiyatdagi mavjud ideallar doirasi turli ijtimoiy-siyosiy kuchlarning ehtiyojlari, manfaatlari va intilishlarini aks ettiradi. Umuman olganda, XXI asrda maqsad va idealning mazmuni inson uchun munosib hayotni qurish bilan mos tushadi. Hozirgi jamiyatda o‘ta keng tarqalgan va hukmron bo‘lgan shunday yo‘nalishlardan biri “globallashuv” hodisasi bo‘lib, u ommaviy ongda bag‘rikeng birlashuv hamda keng ko‘lamli o‘zgrishlar yo‘nalishini aniq belgilab berdi. Ammo bunday turdagi loyihalarning bir turli emasligi hamda hanuzgacha muvofiqlashtirilmagan ziddiyatlari ham umumnazariy ma’noda, ham mafkuraviy va etik jihatdan shubha uyg‘otmoqda. Mazkur muammoshunoslikni yaratishning ham uslubiy mexanizmiga, shuningdek uning aksiologik negizini shakllantirish omillariga bo‘lgan ishonchsizlikni ham shunga kiritish mumkin. Bunday turdagi hodisalarning vujudga kelishi tabiiydir. Bular inson tabiati xususiyatidan yana bir bor kelib chiqadigan fundamental ziddiyatlarning oqibatidir. Uning namoyon bo‘lishi ko‘rinishlaridan biri inson mavjudligining fundamental asoslarini mutloqlashtirishga intilishdir: yo maqsadga munosib yoxud maqsadga mos kelmaydigan ibtidoni tanlash; shuningdek bu ommaviy ongdagi yo individul, yohud jamoaviy hukmron bo‘lgan jihatlarga tegishlidir. Bugungi kundagi ijtimoiy vaziyat ham nazariy va uslubiy tadqiqot daturlarini o‘zgartirishni, ham qadriyatli dunyoqarash maqsadlarini o‘zgartirishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy voqelikda ziddiyatlarning teng tomonli o‘zaro harakati uslubiyatiga asoslangan mafkuraviy ko‘rinishdagina mana shunday imkoniyat vujudga kelishi mumkin. Ijtimoiy ziddiyatlarni yo‘lga solishda bir tomondan nazariy va amaliy ma’nodagi islohotlar tizimidagi uslubiy texnologik ma’noga, boshqa tomondan esa mafkura tuzilmasidagi dunyoqarash hamda aksiologiketnik shakllarga bog‘liqdir. Jamiyatimizda ma’naviy tiklanish, milliy o‘zlikni anglashda yangi aksiologik modelning shakllanish jarayoni bormoqdaki, an’anaviy va yangi qadriyatlarni umumlashtirish mazkur modelga mos. Mazkur jarayon qadriyatlarni qayta baholash, baholovchi qarashlar va tasavvurlarning o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Milliy ong, milliy o‘zligimizni anglashda ham jamiyatning rivojlanishiga mos keluvchi qadriyatli maqsadlarni tanlab olish yuz bermoqda. Milliy qadriyatlar va stereotiplarni nazardan qochirish jamiyatdagi islohotlar jarayoniga, ma’naviy hayotga zarar etkazishi mumkin. Qator SHarq mamlakatlarining tarixiy tajribasi, xususan, bizda ham g‘arbcha qadriyatlar hamda stereotiplarni yuzaki va tez qaror toptirish ma’qullanmayotgani, ba’zan ochiqdanochiq qarshilikka duch kelayotganligini ko‘rsatmoqda. SHu bois, milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tahdidlar masalasiga mazkur mezonlar orqali aniqlik kiritish lozim. Milliy o‘zlikni anglashga nisbatan tahdidlarning negizini mazkur hissiyotlarga qarshi qaratilgan vatanfurushlik, o‘z xalqi taqdiriga befarqlik, millat ishi, milliy islohotlarga nisbatan loqaydlik, milliy madaniyatdan begonalashuv, ona tilini unutish, milliy g‘urur va oriyatning sayozligi kabilardan qidirish kerak[6.14]. Mafkura orqali kishilarning nafaqat manfaatlari, balki hayotiy irodasi ham amalga oshiriladi. Mafkuraning, xususan hukmron mafkuraning qudrati buyukdir. Biroq bu hukmron sinflarning qo‘lida ulkan moddiy kuch va madaniy zahiralar borligidan emas, bunday mafkuraviy kuch muqaddaslashtirish tufayli vujudga keladi. Kishilar aslida ularning hayotiy manfaatlariga butkul dushman bo‘lishi mumkin bo‘lgan qadriyatlar va amaliy siyosatni qo‘llashga va qonuniy deb e’tirof etishga majburdirlar. Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, “yakkahokimlikka intilgan, mutlaq haqiqatni da’vo qiladigan mafkuraning istiqboli yo‘q. CHunki u yakkahukmronlik o‘rnatish barobarida, o‘zini boyitib boradigan manba – fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligidan uzilib qoladi” [2]. Jamiyat moddiy va ma’naviy hayotini uzluksiz amalga oshirish nuqtai nazaridan mafkuraning tizimli ontogneseologik tahlil qilish muhimdir. Bu borada quyidagi bir qator ilmiy muammolarni hal qilishni nazarda tutiladi: “mafkura” tushunchasi mazmuniga turlicha qarashlarni tahlil qilish va ushbu tushunchani ijtimoiy o‘rganishni siyosiy, gneseologik, aksiologik, irratsional – mifologik, madaniy va faoliyat nuqtai nazaridan aniqlashtirish; ijtimoiy fanlar sohasining mafkuraviy-tarkibiy qismini, shuningdek, ijtimoiy amaliyot va ijtimoiy nazariyaning mafkuraviy talqinlari o‘xshashligini tadqiq qilish; ayrim ta’lim konsepsiyalarining mazmunida va shaxsiy bilimda mafkuraviy qarashlarning avval boshdanoq mavjudligini aniqlash. Bizningcha, mafkura hodisasini tahlil qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim: mafkura muammosiga ontogneseologik yondashuvda boshqa ijtimoiy fanlardan olingan usul va tamoyillarni ularning tanqidiy talqini bilan qo‘shib olib borgan holda ushbu tushunchani umumiy yoritishga urinish; sotsial turmush talqini sifatidagi mafkuraning o‘ziga xosliklarini aniqlash; mafkura asoslarini imkon qadar xolis izlanishini amalga oshirish uchun mafkuraning vujudga kelishi borasidagi farazlarni ishlab chiqish; mafkuraning asoslarini aniqlash uchun sotsial amaliyot, sotsial tadqiqotlarni umumlashtirish; mafkuraviy jarayonlar muammosining sotsial tomonlarini tahlil qilish; mafkura sotsial turmushning funksional jihati ekanligini hamda uning maqsadi haqiqatni topish emas, balki kishilarni muayyan hatti-harkatga yo‘naltirish ekanligini asoslab berish; shaxsiy bilimda hamda ayrim ta’lim konsepsiyalarning mazmunida avval boshdanoq mafkuraviy vazifalarning mavjudligini isbotlab berishda namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda boshlangan yangi davrning mavkuraviy muammolarini o‘rganish va zarur tahliliy ishlanmalar yaratish faylasuflar, sotsiologlar, madaniyatshunoslar, siyosatshunoslarning oldiga katta vazifalarni qo‘yadi. Ular o‘z tadqiqotlarda yangi milliy mafkura masalasining turli jihatlarini tahlil qilish asosida keng omma uchun zarur xulosalar berishi lozim. Binobarin, jamiyatning tarixiy o‘tmishi hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘llari masalalari bo‘yicha qandaydir ramziy kelishuvini barpo etish asosidagina ijtimoiy-madaniy parchalanishni to‘xtashish mumkin. Umummilliy mafkuraviy diskursni yaratish YAngi O‘zbekiston atrofida birlashtiruvchi mafkurani sun’iy yo‘l bilan yaratishga intilayotgan guruhlar emas, balki jamiyatimizda vujudga kelgan davlat va jamiyat, ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos muloqot amaliyoti bunga ijtimoiy zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Download 35.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling