O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


O‟zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‟oyasini amalga oshirishda davlatning bosh islohotchilik roli


Download 35.54 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi35.54 Kb.
#1645595
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish Toshpo\'latov Sh

3. O‟zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‟oyasini amalga oshirishda davlatning bosh islohotchilik roli
O‟zbekistonning o‟tgan mustaqil taraqqiyot davri mobaynida, mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o‟ta muhim bir maqsadga, ya‟ni hokimiyatlar bo‟linishi konstitusiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‟rtasida o‟zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta‟minlash bo‟yicha g‟oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‟rishga qaratilgan edi. Mustaqil O‟zbekiston dunyoning ilg‟or davlatlarining tajribasini har tomonlama o‟rganib va mamlakatimizning muayyan sharoitlarini inobatga olib, xalqning an‟analari va mentaliteti bilan hisoblashib, bu tizimni yuzaga keltirdi. O‟zbekiston o‟zining milliy mustaqilligini qo‟lga kiritganidan so‟ng milliy istiqlol g‟oyasi davlatimiz tomonidan olib borilgan siyosatda “O‟zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan iborada ifodalandi. Mustaqillikni mustahkamlash, yaratuvchilik ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun millik jipslik, ichki osoyishtalik nechog‟li zarurligini hisobga olib, milliy g‟oya ifodasi yanada aniqlashtirildi, yanada soddaroq shaklda ifodalandi – “Bizdan ozod va obod Vatan 209 qolsin”. Ushbu g‟oyaning mohiyati quyidagi fikrda o‟z ifodasini topgandir. Shu aziz Vatan barchamizniki, uning mustaqilligini ko‟z qorachig‟iday avaylab-asrash, har tomonlama rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga teng huquqli a‟zo bo‟lish, kelajak avlodga obod Vatan qoldirish lozim. Mustaqil taraqqiyotning, mamlakatimizda o‟tkazilayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi inson ekanligi avval boshdanoq e‟tirof etilib, “Islohotlar islohotlar uchun emas, balki inson uchun” tamoyili yangi jamiyat barpo etishning tamal toshiga aylandi. Erkin fikrlaydigan, ijtimoiy mas‟ullikni to‟g‟ri tushunadigan shaxs iqtisodiyotni rivojlantirishning, jamiyatni demokratiyalashtirishning, erkin va farovon turmushni qaror toptirishning muhim sharti va asosiy sub‟yektidir. Shuning uchun O‟zbekistonning milliy istiqlol g‟oyasi “Ozod va obod Vatanda – erkin va farovon yashash”, deb oydinlashtirildi. Milliy g‟oya – mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to‟g‟risidagi yaxlit va izchil ta‟limotdir. Milliy g‟oya mamlakatdagi har bir millat, elat, ijtimoiy guruh, din, partiya yoki ijtimoiy qatlam vakili uchun umumiy mezon bo‟lib, u ko‟pmillatli O‟zbekiston xalqining umumiy g‟oyasidir. Xalqning mustaqil davlatchilik an‟analarini ta‟minlash hamda fuqarolarga yot va begona g‟oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni erkin, demokratik fuqarolik jamiyati barpo etish yo‟lida birlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi ishiga safarbar etish bu g‟oyaning asosiy maqsadi va vazifasi sanaladi. Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotganligi, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotganligi, xalqimizning ma‟naviy boyib, ilmziyo salohiyati yuksalayotgani Vatan ravnaqining asosi bo‟ladi. Bugungi kunda O‟zbekistonda ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantirishga, yangi zamonaviy innovasion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishga, chet el investisiyalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga tatbiq etib, yangi ish o‟rinlarini yaratishga katta e‟tibor qaratilmoqda. O‟zbekiston jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan o‟zaro manfaatli shartnomalarni imzolab, 2018 yilda O‟zbekistonda 3764 ta qo‟shma korxona, 3196 ta xorijiy korxonalar faoliyat olib bordi. O‟zbekistonda sanoat sohasida 2818 ta, savdoda 1484 ta, sog‟liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 210 ko‟rsatishda 90 ta, axborot va aloqada 181 ta, tashish va saqlashda 207 ta, qishloq, o‟rmon va baliq xo‟jaligida 286 ta, yashash va ovqatlanish bo‟yicha xizmatlarda 289 ta va qurilishda 425 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar tashkil etilib, bu korxonalarning olib borayotgan faoliyati Vatan ravnaqiga xizmat qilmoqda. Vatan ravnaqi – milliy mafkuramizning asosiy g‟oyalaridan biri bo‟lib, bu g‟oya har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‟unlashtiradigan, uni xalq baxt-saodati yo‟lida xizmat qilishga da‟vat etadigan bunyodkor g‟oyadir. U milliy g‟oyaning oliy maqsadlaridan biri bo‟lgan, barchamiz uchun muqaddas sanalgan Vatanimizning ravnaqini ta‟minlash, uning jahon maydonida munosib o‟rin egallashiga erishishini nazarda tutadi. Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlariga, ularning ma‟naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog‟liq bo‟lib, bu o‟z navbatida har bir yurtdoshimizni zimmasidagi yuksak fuqarolik mas‟uliyatini his etishga, o‟z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‟unlashtirib yashashga da‟vat etadi. Vatan ravnaqi g‟oyasini amalga oshirish bevosita jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy-ma‟rifiy rivojlanishiga bog‟liqdir. Vatan ravnaqi g‟oyasini amalga oshirishda hozirgi davrda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat, O‟zbekistonning xalqaro miqyosda obro‟-e‟tiborini oshirish, iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar bilan shartnomalarni tuzib, iqtisodiyotga zamonaviy innovasiyalar, chet el investisiyalarini joriy etish, ilm-fanni taraqqiy ettirish muhim ahamiyatga ega bo‟lib, shu bilan birgalikda ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‟rikenglik, jamiyatni boshqarishda ommaviy tashkilotlar, birinchi navbatda mahallaning mavqeini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tamoyillariga amal qilish ham Vatan ravnaqi g‟oyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‟ladi. Vatan ravnaqi g‟oyasini amalga oshirishda hayotda demokratik tamoyillarning ustuvorligi, jamiyatning barcha jabhalarini erkinlashtirish, bozor munosabatlariga xos muqobil mulkchilikning shakllanishi, ishbilarmonlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish muhim omil bo‟lib xizmat qiladi. Tarixiy merosimizning tiklanishi, aholi intellektual salohiyatini oshirish, fan va ilmiy muassasalar, san‟at va adabiyotni rivojlantirish, komil insonni tarbiyalash bo‟yicha milliy ta‟lim 211 dasturining qabul qilinishi va izchil amalga oshirilishi, xalqaro madaniy aloqalarni kuchaytirish ham Vatan ravnaqiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligiga erishish, huquqiy demokratik jamiyat qurish sohasidagi tajribalar, davlatimizning xalqaro huquq normalariga amal qilishi Vatan ravnaqini ta‟minlashga xizmat qiladi. Vatan ravnaqi g‟oyasi har bir insonning taqdirida o‟z ifodasini topadi, kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun hammaga birdek mas‟uliyat va majburiyat yuklaydi. Vatan ravnaqi g‟oyasi har bir yurtdoshimizni o‟zining ma‟naviy kamoloti uchun yuksak mas‟uliyatni his etishga, o‟z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‟unlashtirib yashashga da‟vat etadi. Milliy g‟oya O‟zbekistonning barcha fuqarolarida «O‟zbekiston – yagona Vatan” degan tuyg‟usini shakllantiradi.
Download 35.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling