O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya yoʻnalishi 21


Download 68.82 Kb.
bet10/17
Sana21.04.2023
Hajmi68.82 Kb.
#1368122
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
o\'zbekistonda suv resurslarini ifloshlanish manbalari

2.4 O’ZBEKISTONDA SUV MUAMMOLARI
Asrning ikkinchi yarmidanoq tabiatni muhofaza etish dolzarb muammoga aylandi. Insoniyat madaniyati va svilizatsiya taqdiri xuddi ana shu muammoni hal etishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Insonning turmush tarzi, yashashi tabiat, atrof – muhit bilan chambarchas bog'liq. Hozirgi kunda jahonning deyarli barcha mamlakatlarida aholi soni o'sib bormoqda. Aholi sonining o'sishi bilan ularning atrof-muhitga salbiy ta'siri ham ortib bormoqda. Suvga bo'lgan talab ayniqsa, sanoat va qishloq xo'jaligining suvga bo'lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Suv hozirgi davrdayoq jahon muammosiga aylandi. Agar kelajakda oziq-ovqat mahsulotlari, ayrim tugaydigan tabiiy resurslar va boshqa narsalar yetishmasa, ular o'rnini boshqa usullar bilan yaratilgan mahsulotlari bosishi mumkin. Lekin suvning o'rnini boshqa biror bir narsa bosa olmaydi. Shu bois suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish juda muhim masaladir. Bu esa dunyo olimlarini bu muammoni yechish yo'llarini izlashga majbur qilmoqda. Ichimlik suvini muhofaza qilishning eng asosiy shartlaridan biri uni tejab-tergab sarflash, asrab-avaylashni va qadriga etishni yo'lga qo'yishdan iboratdir. Chunki suv bu hayot manbaidir.
Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va er osti suvlari har taraflama inson faoliyati ta'siriga uchramoqda. Mintaqaning yana bir muammosi suvni muhofaza qilish va tejash tadbirlari majmuini amalga oshirish zaruriyati bilan bog'liqdir. Bu tadbirlar suvning isrof bo'lishini eng kam darajaga keltirish maqsadida sug'orish tarmog'ining rejim va o'lchamlarini sug'orish texnikasi bilan mustahkam bog'lashni o'z ichiga oladi.
Endilikda kollektor–zovur suvlarni tashlab yuborishni tartibga solish, oqava suvlarni Daryo va suv omborlariga oqizishni batamom to'xtatish zarur. Suv zaxiralarining sifati eng muhim muommalardan biridir. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya–gigiyena va sanitariya epidemologiya vaziyatlarini yomonlashtirmoqda. Shuningdek, Daryo suvlari tarkibida har xil tuzlarning mavjudligi tuproqning sho'rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo'shimcha melioratsiya ishlarini amalga oshirishda, zovur tizimlarini barpo etish va tuproq sho'rini yuvishda yaqqol sezilmoqda. O'zbekiston sharoitida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Insoniyat suvdan foydalanish strategiyasini o'zgartirishga to'g'ri keladi: suvdan foydalanishning tabiiy siklidan antropogen siklini ajratish zarur. Bu amaliyotda suv bilan ta'minlashning yopiq, kam suv sarflanadigan va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etishga, suvni kamroq ishlatishga va oqova suvlarni tozalashga olib keladi.
Keyingi yillarda Respublikamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta e'tibor berib kelinmoqda. Bir qator qonun va qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Hozir Respublikamizda suv ob'ektlari holati muntazam kuzatilib, ular ustidan qattiq nazorat o'rnatilgan.
Hozirgi davrda chuchuk suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni tiklash, suv havzalari ifloslanishining oldini olish, yangi yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish kabi yo'nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda. Xo'jalik-maishiy va sanoat korxonalari oqova suvlarini tozalash muammosi respublikamiz uchun ahamiyatlidir. Ammo turli tabiiy-antropogen sharoitlar uchun har yoqlama (universal) yechimlar yo'q, chunki o'ziga xos xo'jalik faoliyati va ob'ektlari bo'lgan hududlar ifloslanish xarakteri turlichaligi tufayli tozalashning o'ziga mos texnologiyalarini tanlashni talab qiladi.
Ma'lumki, oqova suvlarini tozalashda mexanik, fizik, kimyoviy va biologik metodlar qo'llaniladi. Hozirgi davrda oqova suvlarni tozalashning biologik metodi, ya'ni tozalash inshooti biotsenozining organik va noorganik birikmalarni o'zlashtirish xususiyatidan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Bunda biologik hovuzlardan foydalaniladi. Ulardagi oqova suvlarning tarkibi va tabiati gidrobiontlarning turiga, o'sishi va rivojlanishiga, pirovardida oqova suvlarning tozalanish jadalligiga ta'sir qiladi.

Download 68.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling