O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya yoʻnalishi 21


KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 68.82 Kb.
bet2/17
Sana21.04.2023
Hajmi68.82 Kb.
#1368122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
o\'zbekistonda suv resurslarini ifloshlanish manbalari

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ma`lumki, minglab yillar davomida ajdodlarimiz suvni muqaddas bilib, suvga ifloslasang ko’r bo’lasan degan so’zlarni qonun sifatida ko`rib, suvni e’zozlashgan, undan oqilona foydalanishgan, ariqdagi suvlardan bemalol ichimlik suv sifatida foydalanishgan. Keyinchalik sanoat va agrokulturaning rivojlanishi natijasida turli kimyoviy vositalarning qo’llanilishi natijasida suvlar ham yaroqsiz holga keldi. Natijada suv va suvdan foydalanishni ham davlat tomonidan nazorat qilish nafaqat zarur, balki shart bo’lib qoldi. Bu esa ichimlik suvlarining ifloslanishi manbalarini aniqlash, ularni zararsizlantirishning samarador usullarini ishlab chiqishga alohida e`tibor qaratish zarurligini anglatadi va u hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir .
Ishning maqsad va vazifasi. suv resurslari barcha tirik va notirik tabiat komponentlariga doimiy ravishda zarur manbadir. Barcha tirik organizmlarni asosiy massasini suv tashkil etadi. Shuningdek, ifloslangan suv resurslari iste’mol qilish natijasida tirik organizmlarda xavfli kasalliklarni avj olishi, turlarning populyatsiyasi kamayishi, turli xildagi nizolarni kelib chiqishi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu muammolarni hal etish bugungi kunning asosiy maqsadi bo‘lishi zarur. Suvdan foydalanishda insonlarda madaniyatni uyg‘otish, yangi ilg‘or texnikalarni joriy qilishni taqazo etadi.
Mavzuning o‘rganilishida ishning amaliy ahamiyati. Viloyatdan oqib o‘tadigan daryolarning yana baliq ovlashda, rekreatsion maqsadlarda ham ahamiyati katta. Daryo suvlarida laqqa, oq amur, sazan kabi baliq turlari mavjud bo‘lib, bu baliqlar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmasa-da, ma’lum ma’noda, aholini baliq mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Undan tashqari daryoda yashaydigan boshqa mavjudotlar ham suvning qayta tiklanishida o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Yuqorida qayd qilinganidek, daryo trassalari va vodiylarida aholining dam olish maskanlari tashkil etilgan. Bu maskanlar o‘zlarining mikroiqlimi bilan jazirama yoz oylarida aholining dam olish va salomatliklarini tiklashga xizmat qiladi.
So‘nggi vaqtlarda viloyatimizdagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida zovur – drenaj suvlari miqdorining ko‘payishi, ishlab chiqarish korxonalaridan, maishiy tarmoqlaridan, transport va sog‘lomlashtirish tashkilotlardan, ayniqsa, aholi xo‘jaliklaridan chiqayotgan iflos-oqova suvlar miqdorining ortib ketishi, ularning daryo va kanallarga oqizilishi tufayli katta suv havzalari suvining tabiiy holati buzilib, ifloslanib bormoqda bu esa o‘z navbatida suvdan foydalanish muammolarini keltirib chiqarmoqda.

Download 68.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling