O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali
O‘zbekiston davlat boshqaruviga Hindiston tajribasini qo‘llash mumkinmi?
Download 260.98 Kb.
|
hindiston
O‘zbekiston davlat boshqaruviga Hindiston tajribasini qo‘llash mumkinmi?
Hindiston bir paytlari [o‘tgan asrning 60 yillarida] xomashyo resurslarining eksportiga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lib, u davlat va biznes o‘rtasidagi sherikchilikni instititutsializatsiya qilish orqali iqtisodiyotni sanoatlashtirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun maqbul siyosiy va iqtisodiy sharoitlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Buni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv tizimini butkul o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda davlat boshqaruvi, davlat xizmatlari isloh etilib, davlat organlari funksional, tashkiliy va moliyaviy jihatdan optimallashtirilgan. Ana shu tajribani O‘zbekiston o‘z misolida qo‘llay oladimi? Hindistonning davlat boshqaruvidagi ish usuli O‘zbekiston uchun maqbulmi? 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsiya va boshqaruv yechimlari laboratoriyasida «Hindistonning ma'muriy islohotlar sohasidagi tajribasini o‘rganish: O‘zbekiston uchun xulosalar» mavzusida ma'ruza muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ma'ruzani BMT Taraqqiyot dasturining «Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga ko‘maklashish» loyihasining milliy konsultanti Kamoliddin Hamidov taqdim etdi. Ma'ruzachi yuqoridagi savollarga qisman javob berishga harakat qildi. «Bugungi kunda Hindiston hukumatining faoliyati tarkibiy islohotlarni mustahkamlash, aholi daromadini oshirish va global muammolarni hal qilishga qaratilgan. Mamlakatda «raqamli iqtisodiyot»ni keng joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqdaki, bu nainki jug‘rofiy nuqtai nazardan, balki jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishga qaratilgan. Hindiston tajribasi yurtimizda keng islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda O‘zbekiston davlat boshqaruviga qo‘llash imkoniyatlari nuqtai nazaridan qimmatli tajriba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Hindiston 1957 yilda mustaqillikka erishgan bo‘lib, 70-yillarga qadar hukumat faoliyati davlatning istalgandek rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatmadi. Shu munosabat bilan davlat boshqaruvi tizimidagi muammolar o‘rganilib, tahlil qilindi, va shuning asosida uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlandi. O‘sha davrda islohotlar davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga, davlat xizmatlarini mukammallashtirishga, jamoat ishtirokini kuchaytirishga, mahalliy hukumat organlarining mustaqilligini oshirishga qaratilgandi. Shu bilan bir qatorda 1966 yili davlat rivojlanishining 5 yillik rejasi qabul qilinib, u import mahsulotlarining o‘rnini bosuvchi siyosatni yurituvchi yagona iqtisodiy dasturga aylandi. 80-yillarda davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kamaytirilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilishiga barham berish asosiy vazifalardan biriga aylandi. Davlat korxonalari xususiylashtirildi, sanoat tovarlarini eksport qilish esa strategiya darajasiga ko‘tarildi», — deydi Kamoliddin Hamidov. Ma'ruzachining aytishicha, makroiqtisodiy boshqaruvning asosiy vositasi fiskal siyosat bo‘ldi. Bunda soliq tizimi anchayin sodda bo‘lib, unda boshqa davlatlarda keng qo‘llaniladigan ko‘plab soliqlar bo‘lmagan. «Budjet-soliq siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirilishiga xizmat qildi, dunyo bozorida raqobat kuchaygan bir paytda ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini o‘sishiga olib keldi. 1990 yillardayoq Hindiston hukumati kelajak iqtisodiyotining katalizatori sifatida AKTning muhimligini anglab yetgandi. Shu bois ham mazkur yo‘nalish so‘nggi 20 yil davomida hukumat ahamiyatiga molik sohaga aylandi. Hindiston bugunda raqamli iqtisodiyot va raqamli hukumat dasturlarini amalga oshirmoqda. Ular AKT va IT-sanoatni, elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, biznes jarayonlariga innovatsiyalarni tatbiq etish orqali raqamli iqtisodiyotga xususiy biznesni jalb qilishdan iborat», — deydi u. Boshqaruv hisobi kontseptsiyasi Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ko p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, unda xususiy mulkning etakchi o rin egallashini ta minlash, xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish, xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish sharoitida korxona faoliyatining barcha jarayonlarida boshqaruv axborotiga nisbatan xolislik, haqqoniylik, o z vaqtidalik va aniqlik kabi yangi talablar qo yilmoqda. «Bankrotlikka uchramaslikning yana bir muhim omili, - deb ta kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - bu o z biznesini boshqarishni takomillashtirish, boshqacha aytganda, menejment san atini puxta egallashdir. Katta biznesga nisbatan kichik biznesda menejmentning roli ko proq ahamiyat kasb etadi, chunki kichik biznes sohasida ishlab chiqarishning tezkorligi, moslashuvchanligi katta biznesga nisbatan ancha yuqori bo lishi lozim» 1. Hozirgi sharoitda olingan axborot ishonchli va sifatli, ichki va tashqi foydalanuvchilar talabini qondiradigan, taqdim etiladigan axborot zarur, muhim va maqsadga muvofiq bo lishi, ortiqcha ko rsatkichlarni istisno etishi zarur. Shuningdek, boshqaruv axboroti eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf qilgan holda shakllantirilishi zarur. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni ta kidlash lozimki, boshqaruv axboroti buxgalteriya hisobining o zi uchungina emas, balki uning ichki va tashqi foydalanuvchilariga foydali bo lishi, taxminlash, rejalashtirish, tahlil va nazorat jarayonlarini amalga oshirish ya ni samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishning muhim vositasi bo lishi uchun zaruriy asos bo lib xizmat qilishi kerak. Boshqaruv hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta minlashda asosiy mas uliyatni o z zimmasiga oladi va u bilan yuqori malakali mutaxassislar shug ullanadilar. Uning ko pgina unsurlari an anaviy buxgalteriya va operativ- 1 I.A.Karimov. Jamiyatda tadbirkorlik ruhini qaror toptirish taqqiyot garovi. Menejmentda eng asosiy vazifa - bu odamlar bilan ishlashdir. Menejment haqidagi keltirilgan tavsiflar shundan dalolat beradiki, u boshqaruv ma’nosini bildira turib, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodi boshqaruvdan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagicha: Download 260.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling