O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti
Download 397.32 Kb.
|
Maxsus tarix Ilhomjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografik qo’llanma turlari
- Tashqi bibliografik qo’llanma
- Ichki bibliografik qo’llanma
Bibliografik ro’yxat-odatda tor, muayyan mavzudagi yoki mavzudagi ishlar xaqida ma’lumotni o’z ichiga oladi. Odatda tuzilma oddiy xajmi katta emas bo’lib, ma’lumotlar ba’zasi mavjud emas.
Bibliografik tadqiqotlar-bibliografik qo’llanma bo’lib, hujjatdagi izchil ma’lumotlar yoritiladi. Bibliografik anketada adabiyotni tavsiflash zarur tushintirishlar va faktik ma’lumotlar bilan to’ldiriladi. Maqsad va mazmuni, mavzuning tabiati,asarlarning soniga qarab tuzilma oddiy yokimurakkab ekanligini aniqlab beradi. Bibliografik qo’llanma turlari Bibliografik qo’llanmalar quidagi xususiatlarga qarab turlarga bo’linadi. Undagi aks ettirilgan asarning mazmuni, e’lon qilingan vaqti, qamrab olishining to’liqligi, xarakterlash metodikasi va boshqalar. Lekin eng muhim belgisi maqsadli va foydalanishga doir qo’llanma bo’lishidir. Shu bois bibliografik qo’llanma turlarini ko’rib chiqamiz. Bibliografik qo’llanmalar turning maqsadiga qarab davlatga oid, ilmiy-yordamchi, tavsiyanoma va professional bibliografik qo’llanmalarga bo’linadi. Davlatga oid bibliografik ko’rsatkichlarning asosiy maqsadi davlat ro’yxatiga olingan holda mamlakatimizda chop etiladigan turli hilbosma materiallarning nashr etilishi xaqida ma’lumotlar berishdir. ilmiy-yordamchi qo’llanmalar olimlar va mutaxassislarning axborotga bo’lgan extiyojini qondirish uchun mo’ljallangan. Ular ilmiy-amaliy axamiyatga ega bo’lgan mahalliy va xorijiy asarlarga oid ma’lumotlar bilan to’ldirilgan bo’ladi. Tavsiyanomalar umumiy va kasb-hunar ta’lim, o’z-o’zini tarbiyalash va bilimlarni, ta’limni targ’ib qilishga yordam berishga mo’ljallangan. Tavsiyanomaning o’ziga xos xususiyati – foydalanuvchi manzilining kengligi, turlarning xilma-xilligi hisoblanadi. Tashqi bibliografik qo’llanma ishlatilgan yoki tavsiya etilgan bosma asarlar haqida ma’lumotni o’z ichiga oladi. Amaldagi manbalar ro’yxati (tadqiqotlar) ko’p hollarda ilmiy nashrlarda joylashtiriladi va muammoni o’rganishning to’liqligi va mualliflik ishini o’ziga hosligi haqida fikr beradi. Ichki bibliografik qo’llanma (ro’rxatlar, sharxlar) kitoblarga mustaqil material sifatida joylashtirilgan. Bu, masalan, kitobning mualliflari tomonidan ko’rsatkichlar va ishlarning ro’yxatlari bo’lishi mumkin. Ular ilmiy, professional ishlab chiqarish va ommabop ilmiy nashrlarda joylashtirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. uzedu.uz, xtv.uz – Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb sayti. 2. ziyonet.uz – Taʼlim tarmogʻi portali. 3. eduportal.uz – Xalq taʼlimi vazirligi axborot taʼlim portali. 4. cict.uz – Xalq taʼlimi sohasidagi AKTni rivojlantirish markazi. 5. utube.uz – Taʼlim videoportali. Download 397.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling