О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vairligi Jizzax Davlat Pedogika Universiteti Sirtqi bo’lim biyologiya fakultuti Biyologiya o’qitish metotikasi kurs ishi mavzu: A. Engler va A. Taxtadjyanlarning filogenetik sistemalari taxlili


Download 187.08 Kb.
bet11/16
Sana26.10.2023
Hajmi187.08 Kb.
#1725171
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Eragashov O\'lmasov

Belgi

Minoga

Antilopa

Oqbosh suvburgut

Alligator

Dengiz okuni

Oʻpka

0

+

+

+

0

Jagʻ

0

+

+

+

+

Pat

0

0

+

0

0

Halqum

0

0

+

+

0

Yung

0

+

0

0

0

Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0 ʼga tegishli “Taxonomy and phylogeny: Figure 4” (Taksonomiya va filogeniya: 4-rasm) nomli jadval oʻzgartirib olindi.
Keyingi qadamda berilgan belgilarning qaysi biri ajdodlarga tegishli, qaysi biri yangi paydo boʻlganini aniqlashimiz zarur. Misol uchun, oʻpkalarning mavjudligi ajdodlarda boʻlganmi yoki yangi paydo boʻlganmi? Eslatib oʻtamiz, ajdod belgi bu bizni qiziqtirgan organizmlar guruhi uchun umumiy boʻlgan ajdoddagi belgi sanaladi. Yangi belgilar esa ajdod turdan ajralib chiqish natijasida paydo boʻladi.
Oʻtmishni koʻrmasdan turib (zoʻr boʻlgan boʻlar edi, afsuski, iloji yoʻq-da) qaysi belgilar ajdodga tegishli, qaysilari yangi paydo boʻlganini qanday bilib olishimiz mumkin?

  • Test ishlayotganingizda yoki uyga vazifani bajarayotganingizda sizdan soʻralgan savolda odatda belgilarning qaysi biri ajdodga tegishli yoki qaysilari yangi paydo boʻlgani aytiladi.

  • Agar siz ilmiy ish ustida ishlayotgan boʻlsangiz, odatda ajdod va yangi belgilarni bir-biridan farqlash uchun yetarli bilimga ega boʻlasiz (masalan, qazilma qoldiqlariga asoslanib).

  • Sizni qiziqtirayotgan turlar guruhiga nisbatan uzoqroq qarindoshlik darajasiga ega boʻlgan tashqi guruh haqida maʼlumot ham beriladi.

Agar tashqi guruh berilgan boʻlsa, u shartli ravishda ajdod tur boʻlib xizmat qiladi. Yaʼni u ajdod turning belgilarini oʻzida namoyon qilgan deb hisoblashimiz mumkin. 

Filogenetik daraxtlarni tuzish paytida bizni qiziqtirgan turlar guruhida bor, lekin ularning ajdodida boʻlmagan belgi yangi paydo boʻlgan belgi deb ataladi. Bizning misolimizda hurpaygan dum, katta quloqlar va moʻylovlar boʻlishi yangi paydo boʻlgan belgi, ingichka dum, kichik quloqlar va moʻylovlarning boʻlmasligi ajdod belgilari sanaladi. Shuni yodda tutish kerakki, yangi belgilarga oldin mavjud boʻlmagan belgi ham, mavjud belgining yoʻqolishi ham kiradi. Misol uchun, agar yuqoridagi misoldagi E turda dum yoʻqolganida, u ham yangi paydo boʻlgan belgi sanalar edi.


Toʻplangan maʼlumotlarda turlar yoki boshqa guruhlar ichida paydo boʻlgan yangi belgi filogenetik daraxtlarni tuzishda juda muhim oʻrin tutadi. Yuqoridagi misolda keltirilgan umumiy yangi belgilar turlar evolyutsiyasidagi shoxlanishlar sodir boʻlgani haqida muhim maʼlumot beradi.
Toʻplangan maʼlumotlardan foydalanib filogenetik daraxt tuzayotganimizda asosiy maqsadimiz hozir mavjud turlardagi yangi paydo boʻlgan belgilardan foydalangan holda ularning evolyutsiyasidagi shoxlanishlarni aniqlashdir. Muammo shundaki, bizni qiziqtirgan turlarning rivojlanishini va yangi belgilar ularda qachon paydo boʻlganini oʻz koʻzimiz bilan koʻra olmaymiz.
Buning oʻrniga biz teskari yoʻnalishda harakatlanamiz. Yaʼni oldin A, B, C, D va E turlarning belgilarini tahlil qilamiz, keyin esa ularning qaysi biri ajdoddan oʻtgan, qaysilari yangi paydo boʻlganini aniqlaymiz. Soʻngra olingan maʼlumotlar asosida yuqorida berilgandek daraxt tuzamiz. Bu usul bilan tuzilgan daraxt organizm turlari belgilarining shoxlanish qonuniyatlarini tushuntirib beradigan eng sodda sxema boʻlib, turlarning evolyutsion tarixi haqidagi gipoteza hisoblanadi.

Download 187.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling